«Boqchasaroy fontani» poemasi va Mirtemir ijodi 1 «Boqchasaroy fontani» poemasi A.S.Pushkinga katta shuh-
rat keltirgani ma’lum. Aslida bu asar, V.M.Jirmunskiyning yo
zishicha, J.Bayronning «Korsar» poemasi ta’sirida yozilgan
2
.
O‘zbek adabiyotida mazkur asarning ijodiy ta’siri Mirtemir-
ning «Suv qizi» poemasining yaratilishiga asos bo‘lgan.
«Boqchasaroy fontani» poemasining «Tatar qo‘shig‘i» qis
mida tutqun qiz Maryamning taqdiri hikoya qilinadi. Bu g‘amli
hikoya asarga epik mazmun baxsh etgan. Natijada qahramon
larning tuyg‘u-kechinmalari, o‘y-fikrlari yaxlit syujetni vujud
ga keltirgan. Shu jihatlar inobatga olinsa, Pushkin va Mirtemir
poe malaridagi mushtarakliklar quyidagilarda ko‘zga tashlanadi:
1. Har ikki poema ham ertak ruhida yaratilgan. «Boqcha-
saroy fontani»da ertakka xos an’anaviy boshlanma yo‘q. «Suv
qizi»da esa bunday boshlanma («Qadim chog‘da, dengiz bo‘yi
da... Hayot ko‘rgan ekan bitta chol») mavjud. Biroq ikkala poe-
madagi obrazlar xam ertakmonand. Binobarin, Pushkin poe
masida podsho Taroy, Zarema, Maryam, Maryamning otasi,
og‘a; Mirtemirda sulton, chol, uning qizi Orzi, qaroqchi Ali
bobo qiyofalarida namoyon bo‘lgan. Bu esa ruhiy-ma’naviy
jihatdan o‘xshash obrazlarni yuzaga keltirgan.
1
Қувватова Д. «Боқчасарой фонтани» поэмаси ва Миртемир ижоди.
2
Жирмунский В.М. Байрон и Пушкин. – Л.: Наука, 1978. – С.116.
2. Har ikkala poemada ham mehribon otalar va qizlar obrazi yaratilgan. «Boqchasaroy fontani»da Maryam tasviri: Uning yumshoq sevimli nozi, Tabiati, laziz ovozi. Yonib turgan moviy ko‘zlari. Dona-dona shirin so‘zlari Bir-biridan jozibadordi; Hammasida ajib kuch bordi 1 . «Suv qizi»da Orzi tasviri: Bo‘lar ekan cholning bir qizi, Shamshod uning bo‘yiga xushtor. Labi pista, yuzi qirmizi, Dastor olma kabi zab naqshdor. Sochlariga ilhaq majnuntol. Qo‘shig‘iga bulbullar xumor. Ko‘zi shahlo va tillari bol 2 E’tibor berilsa, qahramonlar portretidagi o‘ziga xoslik
milliylik bilan aloqador. Pushkin o‘z qahramonini moviy ko‘zli,
Mirtemir esa shahlo ko‘z tarzida ifoda etadi. Ular dagi ru
hiy-ma’naviy yaqinlik nafaqat tashqi ko‘rinishi, balki iste’dodi
orqali ham namoyon bo‘ladi. Chunki Maryam ham, Orzi ham
qo‘shiq kuylaydi. Mirtemir Sharq mumtoz adabiyoti mavjud
an’anaviy o‘xshatishlarni (bo‘yning shamshodga qiyoslanishi,
labning pistaga, yuzning qirmizi olmaga o‘xshatilishi kabi)
mohirona qo‘llaydi.
1
Пушкин А.С. Танланган асарлар. – Тошкент: Адабиёт ва санъат, 1999. – Б.171.
2
Миртемир. Асарлар. Уч томлик. Иккинчи том. – Тошкент: Адабиёт ва санъат, 1971.
– Б.385.