Adabiyotshunoslik nazariyasi fanidan «Badiiy obraz turlari»



Yüklə 151,36 Kb.
səhifə1/8
tarix07.01.2024
ölçüsü151,36 Kb.
#203117
  1   2   3   4   5   6   7   8
badiiy obraz 11.12


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VAO`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG`ONA DAVLAT UNIVERSITETI

Filologiya fakulteti
O`zbek tili yo`nalishi
20.93-guruh talabasi Mamhammadjonov Asadbekning


Adabiyotshunoslik nazariyasi
FANIDAN
«Badiiy obraz turlari » mavzusidagi
KURS ISHI
Ilmiy rahbar: R.Umurzoqov
MUNDARIJA:

Kirish………………………………………………………………………………3
I Bob. Badiiy obraz hayotning in'ikosi
1.1 Badiiy asarda inson obrazi………………..…………………………………...6
1.2 Badiiy obraz va uning turlari………………………………………………....13
II bob. Obrazli tafakkur (obrazlilik) san'atning spetsifik xususiyati sifatida
2.1. Obraz va obrazlilik, badiiy obrazning xususiyatlar…………………………..19
2.2. Obrazli tafakkur va badiiy to’qima……………………………………..……27
Xulosa…………………………………………………………………………….35
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………………………………….38

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Ijtimoiy-siyosiy hayotimizning barcha sohalari qatori xalq ma’naviyatining ko‘zgusi bo‘lmish adabiyot , xususan, adabiyotshunoslik rivoji ham davlatimiz,jamiyatimizning doimiy e’tiborida bo‘lib kelmoqda . Adabiyot har vaqtda bir-biri bilan dini, millati, tili boshqa bo‘lgan insonlar uchun tarjimon bo‘lib kelgan. Adabiyot uchun asosiy tasvir vositasi inson bo‘lib, adabiyot uni turli rakurslarda tasvirlaydi. Inson hayoti, o‘y-xayollari, xarakteri, ruhiyati adabiyot o‘zagi sanaladi. Vaqt silsilsasi inson tafakkuriga ta’sir qilganidek, uning mahsuli bo‘lgan adabiyotda ham ulkan evrilishlar hosil qiladi. Demakki, adabiyot insonning butun tafakkuri va ma’naviyatiga ta’sir qila oladi. Birinchi Prezdentimiz I.A.Karimov aytganidek1 “Barchamizga a’yonki, XXI asr intellektual salohiyat , tafakkur va ma’naviyat asri sifatida insoniyat oldida yangi –yangi ufqlar ochishi bilan birga, biz ilgari ko‘rmagan, duch kelmagan keskin muammolarni ham keltirib chiqarmoqda.Bugungi murakkab va tahlikali zamonda yozuvchining bashariyatning ertangi kunini o‘ylab odamlarni ezgulikka, insof –diyonat, mehr – muhabbat va bag‘rikenglikka da’vat etishga qaratilgan haroratli so‘zi har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etmoqda”,-deb ta’kidlaydi 2“Adabiyotga e’tibor- ma’naviyatga , kelajakka e’tibor “ asarida. Ijod harakatdagi jarayondir. Uning amaliyotdagi ifodasida ham ushbu qonun o‘z kuchini ko‘rsatadi. U ko‘pchilik norma sifatida qabul qilgan ifoda tarzi, fikr yo‘siniga zid o‘laroq doim mavjud bo‘lgan va qayta –qayta vujudga kelaveradi.
Borliqni badiiy idrok etishni maqsad qilgan badiiy adabiyotning asosida inson obrazi turadi, chunki borliqning o‘zida inson shu xilda mavqe egallaydi. Shunday ekan, borliqni badiiy idrok etishni maqsad qilgan badiiy adabiyotning bu yo‘ldagi asosiy vositasi inson obrazi bo‘lishi ham tabiiydir.

Yüklə 151,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin