Adabiyotlar sharxi


TUPROQSHUNOSLIK VA AGROKIMYO ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI HAQIDA MA’LUMOT



Yüklə 175,84 Kb.
səhifə4/8
tarix05.10.2022
ölçüsü175,84 Kb.
#64592
1   2   3   4   5   6   7   8
Safarov G Amaliyot hisoboti

TUPROQSHUNOSLIK VA AGROKIMYO ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI HAQIDA MA’LUMOT
Tuproqshunoslik va agrokimyo yoʼnalishlaridagi eng muhim muammolarni hal etish va ilmiy-amaliy asoslarini takomillashtirish yuzasidanilmiytadqiqotlarolibborish, tuproqunumdorliginisaqlashvaoshirish, yerlardanoqilonafoydalanishvaunimuhofazaqilishboʼyichailmiyishlanmalarishlabchiqish, qishloqxoʼjaligidafoydalaniladigantuproqlarningsifatbahosinianiqlash, tuproqlarningagrokimyoviy, ekologikvameliorativholatinioʼrganishinstitutningasosiyvazifasihisoblanadi.
Institut faoliyatining asosini – Yer resurslaridan samarali foydalanish, tuproq unumdorligini boshqarishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish va tuproqlarning meliorativ holatini yaxshilash, shuningdek iqlim oʼzgarishlari sharoitida sugʼoriladigan, lalmi va yaylov yerlarning degradatsiyasini oldini olishga yoʼnaltirilgan zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqish boʼyicha tasdiqlangan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy loyihalarni bajarish, tuproqlarni sifatini baholash, qishloq xoʼjaligiga yaroqli yerlar tuproqlari holatini monitoringini olib borish, tuproqlarning agrokimyoviy holatini oʼrganish, ularning shoʼrlanishi, turli toksikantlar bilan ifloslanishi, degradatsiya va sahrolanish jarayonlarini oldini olishga qaratilgan tadqiqotlarni amalga oshirish, tuproqlar unumdorligini saqlash, qayta tiklash va oshirish, ularning ekologik-meliorativ holatini yaxshilashga doir yangi innovatsion resurstejamkor usullar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy qilishni tashkil etadi.
§ 2.1. Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti tarixi.Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti 1920 yilda Tuproqshunoslik va geobotanika instituti nomi bilan Turkiston davlat universiteti huzurida tashkil etilgan. 1932 yilda Butunittifoq paxtachilik ilmiy tadqiqot instituti qoshidagi Oʼgʼitlar va agrotuproqshunoslik Markaziy stantsiyasi sifatida qayta tashkil qilindi, 1943 yilda Oʼzbekiston Fanlar akademiyasi tarkibida Tuproqshunoslik instituti nomi bilan qayta tashkil qilingan. 1972 yildan Institutda agrokimyo yoʼnalishi tashkil qilinib Tuproqshunoslik va agrokimyo instituti nomi bilan yuritilgan. 1998-2014 yillarda Institut Oʼzbekiston Respublikasi “Yergeodezkadastr” davlat qoʼmitasi tarkibida, 2014-2017 yillar mobaynida Oʼzbekiston qishloq xoʼjaligi ilmiy ishlab chiqarish markazi, 2017-2020 yillarda Oʼzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʼmitasi tarkibida faoliyat koʼrsatdi. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7 sentyabrdagi “Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PF-6061-son Farmoni hamda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7 sentyabrdagi “Oʼzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʼmitasi huzuridagi Kadastr agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-4819-son qarori asosida Qishloq xoʼjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʼjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tasarrufida faoliyat olib bormoqda.


Yüklə 175,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin