Masalan, 0 ‘zbekiston ensiklopediyalar nashriyotida shunday
jam g'arm a bo‘lgan. Terminlami to ‘plash, saralash va tartibga
solish ishi bilan so ‘zlik tahririyati shug‘ullangan, fan-texnika va
barcha sohalarga oid terminlar tegishli tahririyatlar tomonidan
kartochkaga olinib, so‘zlik tahririyatiga topshirilgan.
Sohaviy
terminlar
so‘zligini
tuzishda
muayyan
soha
terminlarini sohaga yondosh fan, texnika, san'at, siyosat, ilmiy
sohalar bilan kelishib olish muhim ahamiyatga ega. Masalan,
falsafa va tarix, tilshunoslik va etnografiya, matematika va mantiq,
iqtisod va texnika, fizika va kimyo, biologiya va tibbiyot, ekologiya
va
tabiatshunoslik,
ekologiya
va
botanika
fanlariga
oid
terminlarning ko‘pgina guruhi bir-biri bilan jips bog'liq. Ayrim
terminlar borki, ular fanning qaysi sohasiga oidligini aniqlash
qiyin. Bunday terminlami umumiy terminlar sifatida qarab, uni
qismma-qism izohlash uchun tegishli tahririyatlarga topshirish
lozim.
Universal yoki sohaviy ensiklopediyalar so‘zligiga kiritish
mumkin b o ‘lgan, y a ’ni ensiklopediya terminlar ja m g ‘armasida
uchramaydigan yangi term inlami aniqlash maqsadida sohalarga oid
ilmiy-tadqiqot, ta’lim muassasalariga murojaat etish maqsadga
muvofiqdir.
Terminlar so‘zligi tahlil etilgandan, taklif va tavsiyalar
o ‘rganib chiqilgandan so'ng tasdiqlanadi.
Universal ensiklopediya terminologik so‘zligini tuzishda
xususiydan
umumiyga
boriladi.
Har
bir
tahririyat
o ‘zi
ixtisoslashgan soha(lar) bo‘yicha terminlarning alifboli so‘zligini
tuzadi. Har bir termin alohida varaqchada qayd etilib, alifbo
tartibida yashikchalargajoylanadi. So‘ng ular birlashtirilib umumiy
alifboga solinadi, natijada, har bir tahririyat ixtisoslashgan
soha(lar) ga oid (universal ensiklopediya qismi b o ‘yicha) umumiy
kartoteka - alifbolangan so ‘zlik yuzaga keladi.
Dostları ilə paylaş: