migratsiyaning alohida turi sifatida xalqaro ayollar savdosi
hisoblanadi (1990-yillar oxirida ushbu savdoning hajmi yiliga 700-
800 ming kishini tashkil etgan).
Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT) iqtisodiy va ijtimoiy
masalalar bo‘yicha departamentining ma’lumotlariga ko‘ra, 2019
yilda jahonda xalqaro migrantlar soni 272 million kishiga yetdi. Bu
esa 2010 yilga nisbatan 51 million kishiga ko‘pdir.
Xalqaro
migrantlar butun dunyo aholisining 3,5%ni tashkil etadi. Bu
ko‘rsatkich 2000 yilda 2,8%ni tashkil etgan
193
. Xalqaro migrantlar
sonining o‘sib borishiga sabab, bir tomondan rivojlanayotgan (Janub)
mamlakatlaridagi ishsizlik darajasining yuqoriligi bo‘lsa,
ikkinchi
tomondan rivojlangan (Shimol) mamlakatlarida ish kuchining
yetishmasligi va malakasiz hamda kam malakali ishchi kuchlariga
talabning ortib borayotganligidir. Xalqaro migrantlarning katta qismi
norasmiy, noqonuniy migrantlar tashkil etadi. Buning natijasida odam
savdosi ham kuchayib bormoqda.
Bu muammo O‘zbekistonga ham tegishli bo‘lib, migrantlar soni
yildan –yilga ko‘payib bormoqda. 2020 yil boshida O‘zbekistonda
mehnat bozorida 13,6 million kishi ish bilan band bo‘lib, ulardan 5,6
million nafari rasmiy va 7,9 million
nafari norasmiy sektorda, shu
jumladan, 2,6 million kishi mehnat migranti sifatida faoliyat
yuritmoqda. Migratsiya koeffitsiyenti taxminiy hisob-kitoblarga
ko‘ra, 7%ni tashkil qiladi. Migratsiya koeffitsiyenti O‘zbekistonda
jahondagi o‘rtacha ko‘rsatkichlardan (3,2%)
va aholi jon boshiga
o‘rtacha
darajadagi
daromad
to‘g‘ri
keladigan
boshqa
mamlakatlardagi ko‘rsatkichlardan (2,7%) ikki barobar yuqori.
Vizasiz tartib, tarixiy o‘zaro aloqa va rus tilini bilishi tufayli o‘zbek
migrantlarining katta qismi Rossiyaga to‘g‘ri kelmoqda
194
(qarang:
10.2.2-rasm).
193
Qarang: International Organization for Migration (IOM), The UN Migration
Agency. World migration report 2019. International Organization for Migration. 17 route
des Morillons. P.O. Box 17.1211 Geneva 19
194
Qarang: Муҳитдинов Э.М. Аҳолини иш билан
бандлигини таъминлашда
меҳнат миграциясининг роли. Иқтисодиёт фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD)
диссертацияси автореферати.-Т., 2019.-17-бет.