Abu Rayhon Beruniy psixologik qarashlar Abu Rayhon Beruniy



Yüklə 8,42 Kb.
səhifə1/4
tarix22.12.2022
ölçüsü8,42 Kb.
#77294
  1   2   3   4
Abu Rayhon Beruniy psixologik qarashlar-fayllar.org


Abu Rayhon Beruniy psixologik qarashlar

Abu Rayhon Beruniy psixologik qarashlar

Abu Rayhon Beruniy

Abu Rayhon Beruniy-953-1050 yilda o’zining qator falsafiy asarlarida psixologik va pedagogik qarashlarini bayon qiladi. Bular inson shaxsining shakllanishi, ahloqiy kamoloti, aql-idroki, tafakkuri haqida fikrlaridir.Beruniyning «qadimgi avlodlar obidalari» asarida ba’zi odamlar shaxsining shakllanishida ularning xulq - atvorida mavjud bo’lgan ziqnalik, yolg’onchilik, munofiqlik, xushomadgo’ylik, ikkiyuzlamachilik kabi illatlarning shaxs taraqqiyotiga salbiy ta’siri haqida to’xtalib o’tadi.

Beruniyning fikricha oqil odamlar

Bu illatlarga qarama-qarshi oqil odamlar haqida o’z fikrini bayon qiladi. Beruniyning fikricha oqil odamlarning taraqqiyoti va uning ruhiyatining rivojlanishi hech bir to’siqlarsiz ijobiy rivojlanishga ega bo’ladi deb tushuniladi. Beruniy psixologiya sohasida aniq bir asar yozmagan bo’lsa ham, Farobiy ta’limoti ta’sirida inson shaxsining kamoloti, uning aql-idroki, ruhiy taraqqiyoti haqidagi o’zining psixologik va pedagogik qarashlarini hamma asarlarda to’liq bayon qiladi.

Beruniy Abu Ali ibn Sino bilan bo’lgan munozaralari

Beruniy Abu Ali ibn Sino bilan bo’lgan munozaralarida barcha narsalarning asosida 5 ta element, ya’ni suv, olov, havo er, bo’shliq yotishini hamda dunyoni bilish jarayonida bilimlarimizning manbaini sezgi a’zolarimiz va ular orqali qabul qilgan hissiy bilmimiz tashkil etadi deb ta’kidlangan. U «agar sezgi a’zolarimiz bo’lmaganda olam tasavvurga ega bo’lmasdik. Umuman inson narsa va jismlarning rangini bilmagan bo’lardik» deydi. Bunda Beruniy sezgi organlar fasliyatiga baho berib materialistik pozitsiyada turganligini ko’ramiz.

Abu Rayhon Beruniyning fikricha inson hayvondan aql bilan farq qiladi. Lekin insonning hayvondan tubdan farq qiladigan bu xususiyati qanday bo’lganligini tushuntirganda xudoga murojaat qilib, insonni xudo azaldan shunday yaratgan deydi. Beruniyning ruhiy va moddiy ehtiyojlarning roli haqidagi fikri o’sha davr uchun nihoyatda qimmatli fikr edi. U jamiyat yuzaga kelishida kishilarning moddiy ehtiyojlari rolini ko’ra oladi. Beruniyning fikricha, aql, mehnat, erkin tanlash insonning hayotini va ijtimoiy holatini belgilaydi. Inson o’z ehtiyojlarini mehnat tufayli qondiradi deydi.


Yüklə 8,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin