Abu rayhon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti stansiya va podstansiyalarning elektr qismi



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/30
tarix16.12.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#180804
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
СПЭҚ Laboratoriya mashg\'ulotlari

 
 
 
 
 


2- LABORATORIYA ISHI 
 
GENERATORLARNING ISH REJIMLARINI TADQIQ QILISH. 
Ishdan maqsad:
Generatorlarning turli xil ish rejimlarini o„rganish. 
Qisqacha nazariy ma’lumot. 
Generatorlarning ish holatlarini boshqarishda 
stator va rotor havo oralig„idagi magnit oqimini kerakli darajada ushlab turishga 
bog„liqdir. Stator toki qo„g„atish toki hosil qilgan magnit maydonga teskari 
bo„lgan magnit maydon hosil qiladi. Natijaviy magnit maydonni o„zgarishni 
rostlash qo„zg„atgich hosil qilgan magnit maydonini o„zgartirish orqali rostlanadi. 
Buning uchun generatorning ish rejimiga bog„liq holda generatorning qo„zg„atish 
toki keng diapazonda o„zgarishi lozim.
Qo„zg„atish toki normal ish holatlarida generatorning kuchlanishiga, 
statorning aktiv va reaktiv tokiga bog„liqdir. Shuningdek qo„zg„atish tokini 
o„zgartirish orqali sinxron mashinadagi kuchlanish tushuvini kompensatsiyalashi 
lozim. 
Generatorni qo„zg„atishni ikki holati mavjud: o„ta qo„zg„atish va 
qo„zg„atilmagan. O„ta qo„zg„atish holatida tarmoqqa aktiv va reaktiv quvvat 
uzatiladi. Qo„zg„atilmagan holatida generator reaktiv quvvat iste‟mol qiladi. 
Kopmensator holatida ishlayotgan sinxron generator tomonidan ishlab 
chiqarilayotgan yoki iste‟mol qilinayotgan reaktiv quvvat qo„zg„atish tokiga 
bog„liq. Qo„zg„atish tokini o„zgarishi bilan stator chulg„amidagi EYuK Ye
k
ham 
o„zgaradi. Generatorning EYuK qiymati jihatdan tarmoq kuchlanishiga teng 
bo„lgan holat generatorning salt ishlash holati deyiladi. Qo„zg„atish tokini oshirish 
natijasida generatorning EYuK chiqishlaridagi kuchlanishdan katta bo„ladi (o„ta 
qo„zg„atish). 
Sinxron gidrogeneratorlar va turbogeneratorlar sinxron kompensator holatida 
ishlashi mumkin. 
Generatorlarning ikki ish holatlari mavjud: normal va nonormal holatlar. 
Normal ish holati sifatida uzoq muddat ishlashi ko„zda tutilgan holatlar: 
kuchlanishi U
gen
= ±5% U
nom
bo„lganda pasport ma‟lumotida ko„rsatilgan 
yuklamalarda va turli xil cosφ larda ishlashi. 
Nonormal holatlarga asinxron holat, avariyaviy o„ta yuklanish, qo„zg„atishni 
yo„qotish va shu kabilar kiradi. 
Asinxron holat. Normal holatda generatorlar parallel ishlashga ulangan, 
sinxron ishlamoqda. Sinxron ish holatida barcha generatorlarning EYuK bir xil 
chastotaga ega, shuningdek ularning vektorlari bir xil burchak tezligida aylanadi. 
Biror bir generatorni yoki generatorlar gruppasini turg„un ish holatini buzilishi 
natijasida sinxron generatorlarning asinxron yurishi yuzaga keladi.
Asinxron yurish – generatorning shunday ish holati hisoblanadiki, bunda 
rotorning aylanishi tezligi statorning magnit maydon aylanish tezligiga mos 
kelmaydi.
Sinxron generatorlarning asinxron yurishining ikkita turi mavjud: 
1. Stansiyadagi o„rnatilgan generatorlarning birining shu stansiyadagi 
generatorlarga nisbatan asinxron yurishi; 


2. Generatorlar gruppasining (stansiyalar gruppasi) boshqa generatorlar 
gruppasiga (tizim) nisbatan asinxron yurishi. 
Turbogeneratorlar asinxron ish holatiga qo„zg„atishni yo„qotganda yoki 
qo„zg„atish tizimini kritik chegaradan tushib ketishi natijasida asinxron momenti 
hosil bo„lgandagina o„tadi. 
Sinxron elektromagnit moment tushunchasi sifatida generator statorining 
aylanuvchi magnit oqimi bilan rotor chulg„amida qo„zg„atish tokining oqishidan 
hosil bo„luvchi magnit oqimlarning o„zaro ta‟sirining natijasi tushuniladi. 
Generatorlarning turg„un sinxron ishlashi mobaynida ushbu moment turbinaning 
aylanish momentiga nisbatan tormozlovchi hisobalanadi. Qo„zg„atishni yo„qotish 
yoki tushib ketishi natijasida sinxron momentni yo„qotilishi yoki turbinaning 
aylanish momentidan tushib ketishidan generator rotorining aylanish chastotasi 
ortadi hamda statorning aylanuvchi magnit maydoniga nisbatan rotorning 
sirpanishi vujudga keladi. Buning natijasida barcha yopiq rotorli konturlarda stator 
tomonidan sirpanish chastotasiga ega bo„lgan toklar hosil bo„ladi. Ushbu toklar 
tormozlovchi asinxron moment hosil qiladi va ushbu momentning maksimumi 
turbina hosil qilayotgan momentdan katta bo„lsa rotorning tezlanishi to„xtaydi 
hamda generator tarmoqqa asinxron rejimda aktiv quvvat beradi. 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin