Abu rayhon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti stansiya va podstansiyalarning elektr qismi



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/30
tarix16.12.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#180804
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   30
СПЭҚ Laboratoriya mashg\'ulotlari

 
7 - LABORATORIYA ISHI 
 
TOK TRANSFORMATORLARINI TEKSHIRISH 
Ishdan maqsad:
Tok transformatorini sinash va uning tavsifini qo`rish.
Qisqacha nazariy ma`lumot. 
Tok transformatori - maxsus o`lchov 
transformatorlar qatoriga kiradi. Tok transformatori asosan, yuqori va past 
kuchlanishli elektr qurilmalarda toklarni o`lchashda qo`llaniladi. 
Tok transformatori - birlamchi va ikkilamchi chulg`am, hamda po`lat 
o`zakdan tashkil topadi. Tok transformatorining birlamchi chulg`ami elektr 
zanjiriga ketma-ket ulanadi. Davlat standarti bo`yicha ikkilamchi chulg`amga tokni 
1A va 5A ayrim holatlarda 10A gacha pasaytirib, releli himoya va o`lchov 
qurilmalarga ulanadi. Tok transformatorlarining ishlash sharti kuch transformatori 
hamda, kuchlanish transformatorni ishlash shartlariga o`xshaydi. 
Tok transformatori asosan, qisqa tutashuv holatida ishlaydi. Tok 
transformatorining birlamchi chulg`ami orqali zanjirga tok 
I
I
o`tadi va birlamchi 
chulg`amdagi tok 
I
I
, chulgam o`rami (W
1
), birlamchi magnit oqimini F ni hosil 
qiladi. 
Magnit bosimining ta‟siridan uning ikkilamchi chulg`amida hosil bo`ladigan 
elektr yurituvchi kuch E
2
quyidagiga teng. 
E

= 4,44 · f W

· B
m
· S · 10
-8
 [V]
(7.1) 
bunda: 
f
- tok chastotasi, Gs; 
B
m
- chulg`amdagi induksiya, Ts; 
S - magnit o`tkazgichning kesimi sm
2
yoki mm
2
;
W
2
- ikkilamchi chulg`amdagi o`ramlar soni; 


E
2
- e.yu.k. ta‟sir natijasida, ikkilamchi yopiq chulg`amda I
2
tok paydo 
bo`ladi. I
2
W
2
- ikkilamchi chulg`amdagi tok kuchini tashkil etuvchisi F
2
ikkilamchi 
magnit oqimi F
1
birlamchi magnit oqimiga teskari yo`naladi va o`zining 
magnitlash ta‟sirini ko`rsatadi. Ammo, magnit oqimni to`la qoplashni iloji 
bo`lmaydi natijada, po`lat o`zakda turli isroflar va asboblarda magnitlovchi I
0
tok 
kuchi hamda, natijaviy magnitlovchi kuch I
0
W
1
paydo bo`ladi. 
Tok transformatorining quyidagi: 0,2; 0,5; 3; 10 va P rele aniqlik klasslari 
bor. Uning har bir aniqlik klassining xatoligi talab bo`yicha tanlanadi.
Bir fazali yuqori voltdagi 6 - 10 kV li TShL, TPL, TKL, TPOL va 35 kV va 
undan yuqori kuchlanishli elektr zanjirlarida TFN rusumli tok transformatorlari 
qo`llaniladi. 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin