Abu nasr forobiy



Yüklə 39 Kb.
tarix05.05.2023
ölçüsü39 Kb.
#108305
Abu Nasl FAroniy b



(873 — 950)
0'rta asrda Sharqning mashhur shaharlaridan biri — Damashq hokimi haftada bir kun olimlarni yig'ib suhbat o’tkazar ekan. Shunda u saroy darvozalarini ochib qo'уаr, istagan kishi u yerga kirib, yig'ilganlar suhbatidan bahramand bo’larkan. Shunday kunlarning birida Damashq shahriga bonb qolgan о'rta osiyolik alloma Abu Nasr Forobiy (tug'ilgan joyi Forob shahri nomidan) olimlar bilan suhbat qunb о'tirgan hokimning saroyiga kirib qoladi. Hokim uni ham о'tirishga taklif etadi. Shunda Forobiy: "Qayerga о'tiray, о'zimga loyiq joygami yoki bo'sh Abu Nasr Forobiy. Rassom Chingiz Ahmarov. joygami", deb so'raydi. "0'zingga loyiq joyga о'tiraqol", deydi hokim. Shunda Forobiy to'рра-to'g'ri hokimning yoniga borib о'tiradi. Hokim bundan achchiqlanib, soqchiga boshqalarga noma'lum bo'Igan tilda: "Bu turk odobsizlik qildi, ketayotganida uni axloqsizligi uchun jazolanglar", — deydi. Shunda Forobiy: "Men hech qanday gunoh qilganim уо'q-ku, nima uchun meni jazolashga buyurasiz", — deb so'raydi. Bu gapni eshitib, hayratga tushgan hokim: "Axir bu tilni hech kim bilmaydi-ku, sen qayerda vа kimdan о'rgangansan?", — deydi. Forobiy: "Men ko'р tillarni о'rganganman", — deb javob beradi. Shu vaqt о'tirgan olimlardan biri bir masalani о'rtaga tashlaydi. Yig'ilganlar о'rtasida qizg'in munozara boshlanib ketadi. Hech kim bu masalaga to'g'ri javob bera olmaydi. Shunda Forobiy uni har tomonlama tushuntirib beradi. Unga hech kim е'tiroz bildira olmaydi. Shunda hokim Forobiyga qarab: "Sen "Ikkinchi muallim" emasmisan?" — deb so'raydi. "На", — deb javob beradi Forobiy. Abu Nasr Forobiy to'g'risidagi bu naql о'rta asr olimlari kitobidan olingan. Forobiy ko'р qirrali olim bo'lib, u о'rta asr fani va tilining turli sohalarini о'rgangan. Qaysi yurtda mashhur olim borligini eshitishi bilan suhbatlashib, undan saboq olish uchun уо'lga chiqardi. Ba'zi ma'lumotlarga qaraganda, u 70 dan ortiq tilni bilgan. Forobiy bir asarni bir marta о'qib tushunolmasa, uni qayta-qayta о'qir, ketgan vaqtiga achinmas ekan. Buyuk yunon faylasufi Aristotel (о'rta asr Sharqida Arastu nomi bilan "Birinchi muallim" deb atalgan)ning "Jon haqida" asarining Abu Nasr Forobiy о'qigan nusxasi topilgan bо'lib, kitob chetiga Forobiy tomonidan "Men bu kitobni yuz marta о'qidim", boshqa bir kitobda esa "Bu kitobni qirq marta о'qidim, lekin yana о'qishim kerak", deb yozilgan ekan. Kunlardan bir kun Forobiydan: "Ulug' olim Sizmi yoki Aristo- telmi?" — deb so'raganlarida, u: "Agar men Aristotel zamonida yashaganimda, uning eng yaxshi shogirdlaridan biri bo'lar edim", — deb javob bergan ekan. Sharq mamlakatlarida Forobiyni ulug'lab, "al-Muallim assoniy" ("Ikkinchi muallim", Aristoteldan keyin), "Sharq Arastusi" deb atashgani ham bejiz emas. Forobiy Aristotel asarlariga ko'р sharhlar yozgan, uning asarlari Yaqin vа 0'rta Sharq xalqlari orasida keng tarqalishiga sababchi bo'lgan. Buyuk alloma Ibn Sino ham uning sharhlaridan foydalanganini yozadi. U Aristotelning "Metafizika" asariga Forobiy yozgan sharhlar yordami bilangina bu asarni to'liq tushunganligini ta'kidlagan edi.
Forobiyning falsafa, mantiq, matematika, fizika, kimyo, tibbiyot, tabiat hodisalari, tilshunoslik, she'riyat, notiqlik san'ati, axloq, ta'iim-tаrbiуа vа boshqa sohalarga oid asarlari keyinchalik boshqa tillarga tarjima qilinib, dunyoga keng tarqalgan.
Forobiy fanlarning inson amaliy faoliyati uchun xizmat etishi lozimligini ta'kidlagan edi. Yulduzlar haqidagi kitobida osmon jismlari bilan yerdagi hodisalar o'rtasidagi tabiiy bog'lanishlarni, masalan, Quyosh issiqligi ta'siridagi bug'lanishlar bulut va yomg'ir paydo bo'lishiga sababligini, Оу tutilishi Yerning Quyosh bilan Оу о'rtasiga tushib qolishiga bog'liqligini ko'rsatgan. Forobiy 160 dan ortiq asar yaratdi. Lekin bizgacha 40 ga yaqini yetib kelgan. Forobiy kamtar vа kamsuqum inson bo'lib, g'aribona kun kechirgan, asosan ilm bilan shug'ullangan. U saroy olimi bo'lishni istamagan, oddiy hayotni afzal bilgan. Umrining oxirlarida Misrga borgan, so'ng Damashqda yashab, о'sha yerda vafot etgan.
Buyuk olimning merosi keyingi avlodlar uchun katta xazinadir. 1975-yili о'zbek xalqi va jahon jamoatchiligi Forobiyning 1100 yillik yubileyini tantanali ishonladi.




Tekshirdi: Latipova Fotima
Bajardi: Malikova Pokiza
Yüklə 39 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin