Absorbsiya (lot absorbtio yutilish, absorbeo yutayapman soʻzidan)



Yüklə 120,21 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix05.06.2023
ölçüsü120,21 Kb.
#124874
1   2   3   4
Xim tex

Ion almashinuvi — tutashgan ikki faza oraligʻida ionlarning qaytar 
almashinish jarayoni. Geterogen I. a. (ionlar almashinadigan sorbsiya) 
da eritmadagi qattiq faza — ionit sirtidagi ionlar bilan almashinadi. Bir 
ion, mas, N+ bilan toʻyingan ionit boshqa ionlar, mas, Na+ va Sa2+ 
boʻlgan eritmaga tutashganda eritma bilan ionit orasida ionlar 
almashinadi. Bunda eritmadagi Na+ va Sa2+ konsentratsi-yasi 
kamayadi va shunga ekvivalent miqdorda N+ ionlari paydo boʻladi. 
Geterogen I. a. dan bugʻ qozonlariga beriladigan suvni tuzsizlantirish, 
gidrometallurgiya, kimyo va farmatsevtika sanoatida keng 
foydalaniladi (qarang 
Ionitlar

Kristallanish — modda va jismlarning termodinamik turgʻunsizlik 
qolatdan turgʻun holatga oʻtish jarayonida kristallarnsht hosil boʻlishi. 
Kristallar hosil boʻladigan muhitlar oʻta sovitilgan bugʻ yoki toza 
modda suyuqligi, muayyan moddaning boshqa moddadagi oʻta 
toʻyingan eritmasi, boshqa kristall tuzilishli modda va h. k. boʻlishi 
mumkin. 
Suvning sovib, qattiq qolatga oʻtishi ham K. jarayonidir. K.da jism 
energiyasi kamayadi, chunki bunda issiqlik kurinishida yashirin 
energiya ajralib chiqadi (K. issiqligi deyiladi) va bu jarayon 
moddaning erish temperaturasidan past temperaturadagina yuz beradi. 


Rasmda soviyotgan suyuqlik temperaturasining vaqtga bogʻliqligi 
keltirilgan. Egri chiziqning 1-qismi suyuqlikdan issiqlik ajralishi bilan 
uning temperaturasi tekis pasaya borishini koʻrsatadi. Gorizontal 
2-qismi issiqlik ajralayotganligiga qaramay, temperaturaning muayyan 
qiymatida uning vaqt oʻtishi bilan oʻzgarmay krlishini koʻrsatadi. Bir 
oz vaqtdan keyin temperatura pasaya boshlaydi (3-qism). 2-qismga 
mos kelgan temperatura K. temperaturasi deyiladi. K. paytida 
ajraladigan issiqlik moddadan olib ketilayotgan issiqlik bilan 
kompensatsiyalanadi. Shuning uchun ham temperatura vaqtincha 
oʻzgarmaydi. K. jarayoni toʻxtagandan soʻng, qotgan jism 
temperaturasi pasaya boshlaydi. temperaturaning vaqtga nisbatan 
bunday oʻzgarishi kristall jismlarga xos. Kristallanmaydigan 
suyuqliklarning sovishida yashirin issiqlik ajralmaydi va sovish grafigi 
monoton chiziqdan iborat boʻladi. K. roʻy berishi uchun K. markazlari, 
mas, suyuqlikda muallaq holda yurgan qattiq zarralar va boshqa 
boʻlishi lozim. Bu K. markazlari atrofida ayrim kristallchalar borgan 
sari oʻsib borib, oqibatda birbiriga birikib polikristall qattiq jiyemni 
hosil qiladi. Faqat maxsus sharoitdagiva K. markazidan oʻsib chiqqan 
bir butun monokristall hosil qilish mumkin. 

Yüklə 120,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin