Abduraxmonov sardor 20. 119-guruh



Yüklə 456,88 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix22.05.2023
ölçüsü456,88 Kb.
#119820
  1   2
ABDURAXMONOV SARDOR



ABDURAXMONOV SARDOR
20.119-GURUH 
 
 


QISHLOQ XO'JALIGI IQTISODIYOTI FANIDAN
AGROSANOAT MAJMUASINING MOXIYATI TARKIBI 
VA VAZIFALARI
 
Reja 
 
1. QISHLOQ XO'JALIGI IQTISODIYOTIDA AGROSANOAT
2. AGROSANOAT MAJMUASINING MOXIYATI
3. AGROSANOAT MAJMUASINING TARKIBI 
 
 


 Agrosanoat majmuasining zaruriigi, maqsad va vazifalari hamda tarkibi Agrosanoat 
majmuasining shakllanishi ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi, xalq xo‘jaligi 
tarmoqlarida rivojlanishning chuqurlashuvi, qishloq xo‘jaligi va sanoat 
aloqalarining kuchayishi bilan bog‘liq. Ushbu atama bizning mamlakatimizda XX 
asming 60 yillarida paydo bo‘ldi. ASM ning asosiy maqsadi - mamlakat aholisini 
sifatli oziq-ovqat va iste’mol tovarlari bilan talab darajasida ta’minlashdir. Bu 
muammo ulkan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lib, uning talab 
darajasida hal etilishi aholi turmush darajasini yuksaltiradi. Agrosanoat majmui 
(ASM) - qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash, taqsimot, 
ayirboshlash va iste’mol bo‘yicha xalq xo‘jaligi tarmoqlari o‘rtasidagi iqtisodiy 
munosabatlar majmuidir. ASM tarkibiga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab 
chiqarish, qayta ishlash 56 saqlash, sotish ASM uchun ishlab chiqarish vositalarini 
ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish tarmoqlari kiradi (3.1 -rasm). Ishlab chiqarish 
va muomala sohasining turli davrlarida ASM xalq xo‘jaligining ko‘p tarmoqlari 
bevosita va bilvosita ishtirok etadi. 3.1-rasm. ASM ning tarmoq tuzilmasi bir-biridan 
farq qiladi. ASMning asosiy tarmog‘i - qishloq xo‘jaligi ijtimoiy mehnat 
taqsimotining dastlabki davrlarida yuzaga kelgan bo‘lib, u faqat dehqonchilik va 
chorvachilik tarmog‘idan iborat bo‘lgan. Keyinehalik dehqonchilik va chorvachilik 
mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha 57 alohida mustaqil tarmoqlar ajralib chiqa 
boshladi. Bular: paxtachilik, g‘allachilik, sabzavotchilik, bog‘dorchilik, 
qoramolchilik, qo‘ychilik va boshqalar. Bu tarmoqlar ishlab chiqaradigan mahsulot 
turi, texnologiyasi, ishlab chiqarishni tashkil etish, qo‘llaniladigan texnikalar tizimi 
ham o‘ziga xosdir. ASM 4 asosiy sohadan iborat. I soha — ASM ni ishlab chiqarish 
vositalari bilan ta’minlaydigan sanoat tarmoqlarini o‘z ichiga oladi: traktor va 
qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, oziq-ovqat va yengil sanoat mashinasozligi, 
kimyoviy vositalar va mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish, asbob-uskunalar va 
texnikalar ta‘miri, qurilish. Soha hissasiga yakuniy mahsulotning 10 foizi, asosiy 
ishlab chiqarish fondlarining 15 foizi, ASM ishchilaming 20 foizi to‘g‘ri keladi. П 
soha - qishloq xo‘jaligi bo‘lib, ASM ning markaziy bo‘g‘ini hisoblanadi. Qishloq 
xo‘jaligi 80 ta tarmoqdan ishlab chiqarish resurslarini qabul qiladi va o‘z 


mahsulotlarini 60 ta tarmoqqa tarqatadi. Qishloq xo‘jaligida band bo‘lgan har bir 
ishchi tarmoqdan tashqarida 5 ta kishining bandligini ta’minlaydi. Ushbu sohaga 
ASM yakuniy mahsulotining 50 foizga yaqini jalb qilingan va ASM ishchilarining 
60 foizi band. Ш soha - qishloq xo‘jaligi mahsulotini tayyorlash, qayta ishlash, 
saqlash, tashish, shuningdek, yakuniy mahsulot realizatsiyasi bilan shug‘ullanuvchi 
tarmoqlar va korxonalami o‘z ichiga oladi. Ushbu sohaga oziq-ovqat sanoati, (sut va 
go‘sht sanoati), yengil sanoat (tekstil, jun-teri va poyafzal), omuxta yem sanoati; 
tayyorlov va savdo tashkilotlari kiradi. Sohaga yakuniy mahsulot umumiy hajmining 
40 foizi, asosiy ishlab chiqarish fondlari va majmua ishchilarining 20 foizi to‘g‘ri 
keladi. IV soha — ASM da infratuzilma muhim o‘ringa ega. Infratiralma tarmoqlari 
ASM ning barcha sohalariga xizmat ko‘rsatadi. Infratuzilma - takror ishlab 
chiqarishni amalga oshiruvchi xalq xo‘jaligi tarmoqlarining majmui. Yakuniy 
mahsulot yalpi mahsulot (tovarlar va xizmatlar) qiymatidan ishlab chiqarish sarfi 
chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismidir. Yakuniy mahsulot, deganda 
iste’molga chiqib ketadigan mahsulotni tushunish mumkin. Korxona darajasida 
uning tovar mahsulotdan farqi yo‘q. ASM da yakuniy mahsulot deganda 
majmuaning barcha sohalarida yaratilgan va yakuniy iste’mol hamda eksportga 
chiqib ketadigan mahsulot tushuniladi. 58 ASM ni jadal sur‘atlar bilan 
rivojlantirishning asosiy shartlaridan biri, bu uchchala sohaning tenglik va 
mutanosiblikda faoliyat yuritishidir. Sohalar o‘rtasidagi nomutanosibliklar haqida 
har bir sohaning yakuniy mahsulot qiymatidagi ulushidan bilib olish mumkin. 
Rivojlangan mamlakatlarda yakuniy mahsulotning asosiy qiymati Ш sohada 
yaratiladi. Bu sohada qishloq xo‘jalik xom-ashyosini chiqimsiz qayta ishlash, tayyor 
mahsulotni saqlash, qadoqlash va o‘rash ta’minlanadi. U ASM korxonasi faoliyatini 
muvofiqlashtirib, katta miqdorda yakuniy mahsulot olishga yordam beradi. 
Infratuzilma tarmoqlari o‘zi mustaqil mahsulot ishlab chiqarmasa-da, lekin ishlab 
chiqarishning yakuniy natijalariga malum darajada ta’sir qiladi. Infratuzilma 3 
guruhga bo'linadi: ishlab chiqarish, ijtimoiy va bozor infratuzilmasi. Ishlab chiqarish 
infratuzilmasiga agrosanoat ishlab chiqarishiga xizmat qiladigan quyidagi tarmoqlar 
kiradi: transport, aloqa, moddiy-texnika ta‘minoti tashkilotlari, o‘simliklami himoya 


qilish, hisoblash markazlari va boshqalar. Ijtimoiy infratzulmaga ishchilaming 
me‘yordagi mehnat faoliyatini ta’minlaydigan va ishchi kuchini takror hosil qihshga 
xizmat qiluvchi quyidagi tarmoqlar kiradi: uy-joy kommunal xo‘jaligi, tibbiyot va 
bolalar muassasalari, umumiy ovqatlanish tashkilotlari, sport soglomlashtirish, 
mehnatni muhofaza qilish, dam olish maskanlari va boshqalar. Ishlab chiqarish 
infratuzilmasi tarmoqlari ishlab chiqarishga xizmat qilsa, ijtimoiy infratuzilma 
aholining turmush sharoitini yaxshilashga xizmat qiladi. Bozor infratuzilmasiga 
ASM tarmoqlarida mahsulot ishlab chiqarishga ko‘mak beruvchi bankmoliya 
muassasalari: tijorat banklari, mini banklar xizmatlari, biijalar va brokerlik idoralari 
xizmatlari, axborot-maslahat markazlari, reklama agentlari, auditorlik, konsalting 
markazlar, tijorat, ulguq'i, savdo yarmarka markazlari va sug‘urta tashkilotlari 
xizmati kiradi. Yakuniy mahsulotning to‘liq nooziq-ovqat turlari farqlanadi. 
Yakuniy mahsulotning katta qismi oziq-ovqat kompleksida yaratiladi. Bunga oziq-
ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va iste’molchiga yetkazib berish bilan 
shug‘ullanadigan ASM sohalarining barcha tarmoq va tashkilotlari kiradi. 
Agrosanoat majmuasi tarkibi maqsad hamda vazifalaridan kelib chiqqan holda 
quyidagi 4 ta bo‘g‘indan tashkil topishi mumkin: 1-bo‘g‘in - agrosanoat majmuasi 
tarkibidagi korxonalar uchun ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqaruvchi sanoat 
tarmoqlari. 2-bo‘g‘m - agrosanoat majmuasining asosiy tarmog‘i hisoblangan 
qishloq xo‘jaligidan tashkil topadi. 59 3-bo‘g‘in. U qishloq xo‘jaligini tashkil etish 
hamda rivojlanishiga xizmat ko‘rsatadigan tarmoqlar, jumladan, ekinlarni, chorva 
hayvonlarini suv bilan ta’minlaydigan, yerlaming meliorativ holati yaxshilanishini 
ta‘min etuvchi chora-tadbirlar tizimini amalga oshiradigan suv xo‘jaligi tarmog‘i; 
qishloq xo'jaligida foydalanilayotgan barcha texnikalarga servis xizmati 
ko‘rsatadigan tarmoq; yirik bino-inshootlami quruvchi, mavjudlarini ta‘mirlovchi 
tarmoq; zooveterinariya xizmati, shuningdek, hashorotlarga, zararkunandalarga, 
begona o‘tlarga qarshi kurashish maqsadida kimyoviy xizmat ko‘rsatadigan 
sohalami o‘z ichiga oladi. 4-bo‘g‘in. Unga qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta 
ishlovchi, saqlovchi va iste’molchilarga yetkazib beruvchi tarmoqlar, jumladan, 
paxta tozalash, donni, kanopni, qand lavlagini, go‘sht va sutni, tamakini, sabzavot 


va poliz mahsulotlarini, meva, uzumni qayta ishlash, yengil va boshqa sanoat 
tarmoqlari; bozor talabini e’tiborga olgan holda tayyor mahsulotlami ulgurji va 
chakana holda yetkazib beradigan savdo tarmoqlari kiradi. Oziq-ovqat majmui o‘z 
ichiga yana sakkizta tarmoqni oladi: don mahsulotlari, kartoshka mahsulotlari, qand-
lavlagi, mevasabzavot-konserva, uzumsharbat, go‘sht, sut, yog‘-moy. Sanab 
o‘tilgan 8 ta tarmoq yagona tashkiliy-huquqiy shaklga ega emas. Chunki, qishloq 
xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash va sotish bir necha o‘zaro 
bog‘liq sohalarga taalluqli mustaqil korxonalar tomonidan amalga oshiriladi. 
O'zbekiston oziq-ovqat sanoatida don, go‘sht va sut ishlab chiqarish tarmoqlariga 
yetakchilik qiladi. Ushbu tarmoqlarga jami ishlab chiqarilgan mahsulotning 50 foizi, 
asosiy ishlab chiqarish fondlarining 20 foizi, ishchi xizmatchilaming 40 foizi to‘g‘ri 
keladi. 0 ‘zbekiston ASM hududiy agrosanoat majmui (respublika va viloyat) va 
mikrokomplekslarga (assotsiatsiyalar, agrofirmalar, agrosanoat korxonalari) 
bo‘linadi. ASM integratsiyasining dastlabki va eng sodda shakli uncha katta 
bo'lmagan qayta ishlash tsexlariga ega xo‘jaliklardir. Bu xo‘jaliklardagi sanoat 
tarmoqlari yordamchi xo‘jalikdir. U agrosanoat korxonasi tuzish uchun asos bo‘lib 
xizmat qiladi. Agrosanoat korxonasi ixtisoslashgan tashkilot bo‘lib, ishlab chiqarish 
sanoati, qayta ishlash va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlashga ixtisoslashgan. 
Agrar qayta tashkil etilishga qadar bunday shakllanishlar agrozavodlar deb atalgan. 
Ammo tarkibida mahsulotlami qayta ishlash va saqlash bo‘linmalari bo‘lgan hamma 
xo‘jaliklar ham o‘zida bunday 60 korxonani ifodalayvermaydi. Agrosanoat 
korxonasi shtatida qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash, joylashtirish 
(upakovka) va saqlash bilan shug‘ullanuvchi va ixtisoslashgan tarmoqlardan 
birining kamida 25% mahsulotini qayta ishlab berish bilan band bo'lgan ishchilari 
bo‘lgan xo‘jalik (ishlab chiqarish kooperativlari, davlat unitar korxona xo‘jalik 
jamiyatlari va boshqalar) lar kiradi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash 
quyidagi tarzda tashkil etilishi mumkin: - xususiy yoki qarz mablag‘lari evaziga 
qayta ishlash tsexlarini qurish; - qishloq xo‘jalik korxonasini qayta ishlash 
korxonasiga qo‘shib yuborish yoki aralashtirish yo‘li bilan birlashtirish. 
Integratsiyalashgan iqtisodning navbatdagi shakli - agrofirma, qishloq xo'jalik 


mahsulotlarini ishlab chiqarish. Agrofirma - qishloq xo'jalik mahsulotlarini xo‘jalik 
ichida (xo‘jaliklararo) integratsiyalash asosida ishlab chiqarish, saqlash, qayta 
ishlash va realizatsiya qilish asosida ishlab chiqarishni, ya’ni xo‘jalik faoliyatini 
amalga oshiruvchi korxona (birlashma)dir. Agrofirmalaming tashkiliy-ishlab 
chiqarish strukturasi o‘zida qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va savdo 
korxonalarining yagona texnologik, iqtisodiy va tashkiliy majmuasini ifodalaydi. 
ASM va birlashmalardan farqli ravishda agrofirmalar hududdagi korxona va 
tashkilotlaming kamroq sonini birlashtiradi. Qishloq xo‘jaligi va sanoat ishlab 
chiqarishi integratsiyasining eng murakkab shakli agrosanoat kombinatidir. Bu 
mahsulot ishlab chiqarish, sanoat ishlab chiqarishi, saqlash, qadoqlash va 
realizatsiya qilish bo'yicha ishlab chiqarish majmuidir. Kombinat tarmoqlar va 
ishlab chiqarishni kooperatsiyalash, integratsiyalash va qo‘shish asosida 
shakllanadi. Agrosanoat majmuiga qoidaga ko‘ra, quyidagilar qo‘shiladi: qishloq 
xo‘jaligi korxonasi; qishloq xo‘jaligi xom-ashyolarini qayta ishlash firmalari; 
qurilish va transport tashkilotlari; ixtisoslashgan savdo tarmog‘i. Qayta ishlash 
sanoatining muvaffaqiyatli rivojlanishi agrosanoat kombinatining atrofida xom-
ashyo zonalarini tashkil etish bilan ta’minlanadi. Xom-ashyo bazasini shakllantirish 
transport taqqoslama xarajatlari va yo‘qotishlarini maksimal darajada qisqartirish 
imkoniyatlari orqali, shuningdek tayyorlash, saqlash va tashishda mahsulot sifatini 
saqlab qolish bilan erishiladi. 61 Vertikal integratsiyaning shakllaridan biri 
agrosanoat birlashmalaridir. Ular qoidaga ko‘ra, bitta ma‘muriy tumandagi qishloq 
xo‘jaligi va sanoat korxonalari asosida tashkil etiladi. Agrosanoat birlashmasi 
darajasidagi integratsiya qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi, transportirovka doirasi, 
mahsulotlami qayta ishlash, saqlash va realizatsiya qilishda birlikni va 
balanslashganlikni ko‘zda tutadi. Alohida tumanlarda yuridik shaxs sifatida 
ro‘yxatdan o‘tgan agrosanoat birlashmalari muvaffaqiyatli faoliyat yuritadi. Hozirgi 
davrda 0 ‘zbekistonda agrosanoat kombinatlari va birlashmalari shaklida yaratilgan 
integratsiyalashgan tuzilmalar holding kompaniyalari deb yuritiladi. Bunda mulkiy 
integratsiya bosh korxona aktsiyalari-nazorat paketlari vositasida qishloq xo‘jaligi, 
qayta ishlash, xizmat ko‘rsatuvchi va boshqa tashkilotlami tashkiliy-mohyaviy 


birlashtirish asosida yagona tizim yaratish yuz beradi. Holding birlashmalar 
kapitalning bozomi tezroq tovarlar bilan to‘ldirish maqsadida yuqori tezlikda 
harakatlanishini ta’minlaydi. Holding kompagiyalari - bu qator qishloq xo‘jaligi, 
sanoat korxonalari hamda muzlatgichli saqlash, transport, hattoki savdo xo‘jaliklari 
yig‘indisi bo‘Hb, ular ayniqsa, meva-sabzavot, konserva, uzumchilik, vinochilik va 
boshqa ishlab chiqarishda keng tarqalgan. Agrosanoat ishlab chiqarishini tashkil 
etishning yana bir shakli - ishlab chiqarish (ilmiy-ishlab chiqarish) tizimlari. Ular 
o‘zlarida ma’lum tur mahsulot ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash bosh 
tashkilotning tashkiliy va texnologik rahbarligi ostida o‘zaro mas‘uhyat va 
manfaatdorlik tamoyillari bilan ilmiy-texnika yutuqlari va ilg‘or tajribalar asosida 
faoliyatining boshqa turlari bilan ham shug‘ullanishini amalga oshiruvchi korxona 
va tashkilotlar guruhining shartnomaviy munosabatlarini ko‘rsatadi. 0 ‘zaro bog‘liq, 
lekin yuridik jihatdan mustaqil faoliyat yurituvchi korxonalarni integratsiyalash 
zarurligi va maqsadga muvofiqligini rivojlangan mamlakatlar tajribalari 
tasdiqlamoqda. Bunday yo‘nalishlardan biri mohya-sanoat guruhlaridir. Ular tovar 
va xizmatlar bozori raqobatbardoshligini oshirish va kengaytirishga, ishlab chiqarish 
samaradorligini o‘sishiga, yangi ish joylari yaratishga yordam beruvchi investitsion 
yoki boshqa loyihalami realizatsiya qilish uchun yuridik jihatdan mustaqil shaxslami 
iqtisodiy integrallash asosida tuziladi. Agrar sohada moliya-sanoat guruhini tuzish 
korxonalarga xizmat ko‘rsatadigan va qayta ishlaydigan qishloq tovar ishlab 
chiqaruvchilarini 62 oqilona kooperativlashtirish uchun zarur. Agrosanoat sohasi va 
moliyaviy struktumlarning koixonani integratsiyalash bo‘yicha turlicha variantlari 
bo‘hshi mumkin. Hainkorlikdagi faoliyat haqidagi shartnoma asosida agrosanoat 
uyushmalari tuziladi. U sheriklaming xo‘jalik faoliyatini muvofiqlashtirish (qishloq 
xo‘jalik va qayta ishlovchi korxonalar savdo tashkilotlari) va mahsulot 
realizatsiyasidan tushgan foydani teng taqsimlash borasidagi bir xil huquqlariga 
asoslangan notijorat tashkilotidir. Uyusbmalar ikki xil yo‘nalishda tuziladi: tarmoq 
ichida va oziq-ovqat bo‘yicha. Birinchisi tarmoq bo‘yicha boshqarishni tiklashga 
yo‘naltirilgan, ikkinchi holatda uyushmaning tashkilotlari va a‘zolari mos keluvchi 
soha bo‘yicha qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari va qayta ishlash korxonalari 


bo‘ladi. Amalda esa kam hollarda notijorat sheriklikning tashkiliy-huquqiy shakli 
ham qo‘llaniladi. ASM sohasidagi yana bitta integratsiyalanish kontsemdir. 
Kontsem qatnashuv tizimi moliyaviy aloqalar, manfaatlar umumiyligi haqidagi 
shartnomalar 
vositasida 
amalga 
oshiriladigan 
birlashuv 
shaldidir. 
Integratsiyalashgan 
tuzilmalarga 
kiruvchi 
tashkilotlar 
nominal 
ravishda 
mustaqilligicha qoladi, aslida esa, yagona xo‘jalik yurituvchi rahbarga bo‘ysunadi. 
Parrandachilik fabrikasi (2 ta broyler, 1 ta tuxumchilik), omuxta em zavodi, bir 
qancha non (don) bazalari, shuningdek, xususiy savdo tarmog‘i kiradi. Korxonalarni 
birlashtirish konsemga ishni yagona birlashtirilgan tsikl asosida ( g‘alla 
yetishtirishdan tortib parrandachilik mahsulotlarini realizatsiya qilishgacha) tuzish 
imkonini beradi. Kapitalning kontsentratsiyalanish miqyosi ishlab chiqarish quwati, 
ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash imkoniyatlariga ko‘ra bunday tuzilmalar 
bozor konyuktuxalari tebranishlarida kuchli barqarorlik kasb etadi, u investitsiya 
resurslarini samarah taqsimlashga qodir, ulami eng rentabelh yo‘nalishlarga jamlay 
oladi. 3.2. Agrosanoat majmuasi tarmoqlar tarkibi o‘rtasidagi munosabatlar ASM 
ning samarali faoliyatini ma‘lum darajada iqtisodiy munosabatlar tizimi belgilab 
beradi. Iqtisodiy munosabatlar - bu ishlab chiqarish jarayonida korxonalaming 
iqtisodiy manfaatlarini ro‘yobga chiqaruvchi munosabatlar shaklidir. 63 ASM da 
mahsulot ishlab chiqarish, tayyorlash, qayta ishlash, saqlash va sotish bilan 
shug‘ullanadigan korxonalar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlaming asosiy shakli 
xo‘jalik shartnomasi hisoblanadi. Xo‘jalik shartnomasi - ishlab chiqarish jarayonida 
ikkala tomonning majburiyatlarini belgilab beruvchi hujjat hisoblanadi. Ushbu 
hujjat orqali korxona va tashkilotiar ishlab chiqarilgan mahsulot va ko'rsatilgan 
xizmatlar hajmining bahosi va ta‘riflarini tartibga soladi, mahsulot ishlab chiqarish 
va xizmat ko‘rsatish hajmi, sifati buzilganda, tovarlami sotish muddati o‘tib 
ketganda tegishli choralar ko‘riladi. Shartnomada tomonlaming huquq va 
majburiyatlari, aniq natijalar bo‘yichajavobgarligi aks etadi. Shartnomaning 
bo‘limlari quyidagicha: 1. Shartnoma sharti. 2. Tomonlaming majburiyatlari. 3. 
Hisob-kitob tartibi. 4. Shartnoma shartlari bajarilmaganda tomonlaming 
javobgarhgi. 5. Tomonlaming manzili va bank rekvizitlari. ASM da turli xil 


shartnomalardan foydalaniladi, jumladan, kontraktatsiya, oldi-sotdi, yetkazib berish, 
ijara, kredit, mulk sug‘urtasi shartnomasi va boshqalar. Kontraktatsiya shartnomasi. 
Bunda qishloq xo‘jalik mahsulotini ishlab chiqaruvchi yetishtirilgan (ishlab 
chiqarilgan) mahsulotni tayyorlovchiga yetkazib beradi, tayyorlovchi mahsulotni 
qayta ishlash yoki sotish uchun ushbu tovami olishi va belgilangan tartibda to‘lovni 
amalga oshirishi zarur. Demak, tomonlar qishloq xo‘jaligi mahsulotini ishlab 
chiqamvchisi va tayyorlovchidan iborat. Ishlab chiqaruvchi qishloq xo‘jalik 
mahsulotini ishlab chiqaruvchi yuridik shaxs (tijorat tashkiloti), tadbirkor, jumladan, 
dehqon yoki fermer xo‘jaligi rahbari bo‘lishi mumkin. Tayyorlovchi - qishloq 
xo‘jalik mahsulotini sotish yoki qayta ishlash uchun sotib oladigan tadbirkor (tijorat 
tashkiloti yoki yakka tartibdagi tadbirkor). Kontraktatsiya shartnomasi kelgusidagi 
qishloq xo‘jalik mahsulotlari uchun tuziladi (don, paxta, kartoshka, chorva mollari 
va boshqalar). Shuning uchun ham shartnomani tuzish va amalga oshirish 
muddatlari to‘g‘ri kelmashgi mumkin. Ishlab chiqariladigan mahsulot hajmini esa 
aniq raqamlar bilan ko‘rsatib bo‘lmaydi. Mahsulot hajmi eng oxirgi raqamlar bilan 
belgilanadi, ya’ni eng kam va eng ko‘p. 90 yillar boshigacha kontraktatsiya 
shartnomasi qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga davlat xaridini amalga oshirishda keng 
qo‘llanilgan. Bugungi kunga kelib ham bu o‘z kuchini yuqotgani yo‘q. Biroq, yangi 
iqtisodiy tizim 64 sharoitida qishloq xo‘jaligi korxonalari o‘z mahsulotini sotishda 
ko‘proq oldi-sotdi va yetkazib berish shartnomalaridan foydalanmoqdalar. Oldi-
sotdi shartnomasi Shartnomada bir tomon (sotuvchi) ikkinchi tomonga (sotib 
oluvchi) tovami sotishi kerak. Sotib oluvchi esa ushbu tovami ma‘lum narxga sotib 
olishi kerak. Sotuvchi tovar ishlab chiqaruvchi ham bo‘lishi mumkin yoki ulguiji va 
chakana (boshqa vositachi) tashkilotlar bo‘lishi ham mumkin. Istalgan narsa tovar 
bo‘la oladi, faqat oborotdan chiqarilgan yoki chegaralanganlardan tashqari 
(masalan, qishloq xo‘jalik yerlari). Oldi-sotdi shartnomasi ayni vaqtda sotuvchida 
mavjud bo'lgan tovarga yoki kelgusida ishlab chiqariladigan tovarga tuzilishi 
mumkin. Sotuvchi tovami shartnomaga muvofiq nomi, miqdori, sifati, o‘rami, 
qadoqlanishiga qarab ko‘rsatilgan muddatda va belgilangan joyga yetkazib berishi 
shart. Yetkazib berish shartnomasi Ushbu shartnomaga muvofiq tadbirkorlik 


faoliyati bilan shug‘ullanadigan sotuvchi - ta‘minotchi (yoki yetkazib beruvchi) 
kelishilgan muddatda yoki tovar ishlab chiqariladigan yoki sotiladigan muddatda 
tijorat maqsadlarida foydalanish uchun tovarlami yetkazib beradi. Yetkazib berish 
shartnomasi - bu shartnomaning mustaqil turi emas, balki oldi-sotdi shartnomasining 
bir ko‘rinishi. Bunda oldi-sotdi shartnomasi singari mulkdorlik huquqi xaridorda 
bo‘ladi. Shartnomada tovaming miqdori, assortimenti, sifati, bahosi, to‘lov turi, 
qadoqlanishi va shu kabi sifatlari haqidagi kelishuvlar aks etmaydi. Biroq, ushbu 
shartnomaning o‘ziga xos belgilari mavjudki, ular oldisotdi shartnomasining boshqa 
ko‘rinishlarida uchramaydi. Bular: yetkazib berish shartnomasida sotuvchi - 
yetkazib beruvchi sifatida tadbirkor (tijorat tashkiloti yoki yakka tadbirkor) 
namoyon bo‘ladi, oldi-sotdi shartnomasida - har qanday jismoniy yoki yuridik 
shaxs. Ikkinchi muhim belgi - tovami sotib olish maqsadi. Yetkazib berish 
shartomasida tovar tadbirkorlik qilish maqsadida (Sanoatda qayta ishlash, keyingi 
sotuv va boshqalar) sotib olinadi. Ushbu maqsad shaxsiy, uy, oilaviy iste’mol bilan 
bog'liq emas. Aksincha, oldi-sotdi shartnomasida tovarlar oldi-sotdisi shaxsiy va 
oilaviy iste’mol uchun ham amalga oshiriladi. Shunday qilib, yetkazib berish 
shartnomasida ikkinchi tomon ham ko‘pincha tadbirkor hisoblanadi. Ijara 
shartnomasi ASM korxonasi xo'jalik faoliyatida muhim o‘rin eg‘allaydi. Shartnoma 
bo‘yicha ijaraga beruvchi ijarachiga molmulkni to‘lov evaziga vaqtinchalik egalik 
qilish yoki foydalanishga berishi lozim. 65 Ijarachi tomonidan olingan mahsulot va 
daromadlar shartnomada kelishilganidek uning mulki hisoblanadi. Ijaraga ishlab 
chiqarish jarayonida o‘zining tabiiy xususiyatini yo‘qotmaydigan narsalar beriladi. 
Bular: yer uchatskalari, korxonalar, bino-inshootlar, asbob-uskunalar, transport 
vositalari va boshqalar. Shartnoma tomonlari - ijaraga beruvchi va ijarachi, ya’ni 
mol-mulkni ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchi tomonlar. Mol-mulkni ijaraga berish 
huquqi uning mulkdoriga berilgan bo‘hb, bundan tashqari, ijaraga beruvchilar qonun 
tomonidan ijaraga berish huquqi berilgan shaxslar bo‘lishi mumkin. Ijara 
shartnomasi shartnomada belgilangan muddatga tuziladi. Agar muddat 
ko‘rsatilmagan bo‘Isa, unda shartnoma noma‘lum muddatga tuzilgan hisoblanadi. 
Bunday vaqtda har ikkala tomon istalgan paytida shartnomadan voz kechishi 


mumkin. Shartnomani bekor qilishdan bir oy oldin bir tomon ikkinchi tomonni 
ogohlantiradi, agar ko‘chmas mulk ijarasi bo‘lsa uch oy oldin ma‘lum qilinadi. 
Mulkdan foydalangaiilik uchun ijara haqi belgilanadi. Shartnomada ijara haqining 
miqdori, to‘lash tartibi, muddati ko‘rsatiladi. ASM ning iqtisodiy mexanizmi tovar 
ishlab chiqaruvchilami o‘zida mujassam etadi. Asosiy maqsad, ulami ishlab 
chiqarish va investitsiya faoliyatiga bo‘lgan motivatsiyasini kuchaytirish, mexanizm 
asosini esa narx va moliya kredit munosabatlarining o‘zaro bog‘liqligi tashkil etadi. 
Uning asosiy vositalari - baho, soliqlar, kredit, sug‘urta hisoblanadi. ASM iqtisodiy 
mexanizmi qishloq xo‘jaligi va sanoat o‘rtasidagi teng almashinuvni, mahalhy 
ishlab chiqarishni samarali rivojlantirish hisobiga mahsulot bozorlarini to 
‘yintirishni ta‘minlab berishi kerak (3,2-rasm). Bozor sharoitida qishloq xo‘jaligi 
ishlab chiqarishida yuqori samaradorlikka faqatgina iqtisodiy jihatdan asoslangan 
narx siyosati orqali erishish mumkin (3.3-rasm). Chunki, narx nafaqat bozor 
muvozanati orqali, balki ishlab chiqarish xarajatlari va har bir tovar ishlab 
chiqaruvchining iqtisodiy imkoniyatlari uyg‘unligidan tashkil topadi (3.4- rasm). 
Tovar ishlab chiqaruvchi uchun shu narsa muhimki, sotish baholari foyda olish va 
kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni amalga oshirish imkonini berishi lozim (3.5-
rasm). Biroq ayrim qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxlari hamma vaqt ham 
yetarlicha rentabellikka ega emas, ayniqsa, chorvachilikka sarflangan mehnat 
moddiy xarajatlami oqlamaydi (3.6-rasm). 66 6000,00 5000,00 4000. 3000, 2000,00 
1000,00 0,00 Bug'doy uni, 1 kg Guruch, 1 kg O'simlik yog'i, 11 Shakar, 1 kg Choy 
1 kg Я 01.01.2008 yil 0 01.01.2009 yil И 01.01.2010 yil 3.2-rasm. Ichki bozordagi 
asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining o‘rtacha narxlari, so‘mda 7000,00 6646 Mol 
g'oshti, 1 kg 001.01.2008 yil Sut, 11 ■01.01.2009 yil Tuxum, lOdona 001.01.2010 
yil 3.3-rasm. Chorvachilik mahsulotlarining o‘rtacha narxlari, so‘mda 67 900 
Kartoshka, 1 kg Кагаш, 1 K g Piyoz, 1 K g Sabzi, 1 Kg 0Ol.O1.2OO8yif 
B01.0l.2009 yil 001.01.2010 yil 3.4-rasm. Dehqonchilik mahsulotlarining o‘rtacha 
narxlari, so‘mda 2,5 Birincfai navli un, Gurnch, Paxta yog'i O'simlik yog'i Shakar, I 
kg 1 kg 1 kg (qadoqlangan), 11 (import), 11 SOz'bekiston HQozog'iston 
QQirg'iziston E3 Tojikiston 3.5-rasm. Chegaradosh davlatlarda asosiy oziq-ovqat 


mahsulotlarining o‘rtacha narxlari, AQSH dollari hisobida 68 6 Mol go'shti, 1 kg 
Kartoshka, 1 Kg Куог, 1 Kg Sabzi, 1 Kg Pomidor, 1 kg Bodring, 1 kg ЁЗ zbekiston 
S Qozog’iston Q Qirg’iziston □ Tojikiston 3.6-rasm. Chegaradosh davlatlarda asosiy 
oziq-ovqat mahsulotlarining o’rtacha narxlari, AQSH dollari hisobida (davomi) 
Qishloq xo‘jaligi yerlaridan oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini oshirish, 
unumdorligi turlicha b o‘lgan yerlardan foydalanishning ijtim oiyiqtisodiy 
sharoitlarini tenglashtirish, qishloq x o ‘jalik korxonalarini moliyalashtiruvchi 
maxsus jam g‘armalami shakllantirish, qishloq x o ‘jaligi korxonasini soliqqa tortish 
va soliq toMash mexanizmini soddalashtirish maqsadida Respublika Prezidentining 
Farmoni bilan, fermer x o ‘jaliklari tom onidan to‘lanadigan to‘qqizta soliq turi o ‘m 
iga 1999 yilning 1 yanvaridan boshlab qishloq x o ‘jaligi korxonalari uchun yagona 
yer solig‘i joriy qilindi. (3.7-RASM ) 3.7-rasm.Soliq turlarining ulushi 69 Soliqqa 
tortishda soliq miqdorini yem ing sifati (ball-boniteti) ga qarab hisoblash va bu 
jarayonga tabaqalashtirilgan ravishda yondoshish muhim ijtim oiy-iqtisodiy masala 
bo‘lib, xo‘jaliklarga bir xil iqtisodiy sharoit yaratib berishni ta’minlash imkoniyatini 
yaratdi. A w algi soliqqa tortish mexanizm ida bu masalalar o ‘z yechim ini 
topmagan edi. Bu holatlam i qo‘shni mamlakatlar m isolida ko‘radigan bo‘lsak, 
Tojikiston Respublikasi Soliq kodeksiga asosan (1998 yil 12 noyabr) qishloq 
xo‘jaligida bir nechta soliq solish ob‘ektlari mavjud. Ular yuridik va jism oniy 
shaxslar daromadlaridan olinadigan soliq, ko‘chmas mulk va boshqa ob‘ektlar 
qiymatidan olinadigan soliq, yer solig‘i, qimmatli qog‘ozlar operatsiyasi, qo‘shilgan 
qiymat, ayrim turdagi tovar va xizmatlar hamda boshqa faoliyatlardan olinadigan 
soliqlar hisoblanadi. Qishloq x o ‘jaligida asosiy soliq turi yer solig‘i va yer ijara 
haqi bo‘lib, ulam ing qiymati ekin maydoninmg joylashishi, uning tarkibi va 
sifatidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Bundan tashqari, qishloq x o ‘jaligi 
korxonalari olingan daromaddan quyidagi 9 ta soliq turlarini to ‘laydi: qo‘shilgan 
qiym at solig‘i; daromad so lig l; transportdan foydalanilganlik uchun to lo v ; y o ‘l 
fondiga ajratma; suvdan foydalanilganlik uchun to‘lov; favqulodda holatlar fondiga 
ajratma; foyda solig‘i; mulk solig‘i; mahsulot (paxta) sotishdan tushgan to lo v 
solig‘i. Qirg‘iziston Respublikasi qishloq x o ‘jaligida soliq solish ob‘ektlari bo lib , 


ular yuridik va jism oniy shaxslar daromadlaridan olinadigan soliq, yer va qo‘shilgan 
qiymat s o lig l hisoblanadi. Q ishloq x o ‘jaligida asosiy soliq turi yer s o lig l b o 
lib , uning qiymati ekin maydoni hajmi, unumdorligi, suv bilan ta’minlanganligidan 
kelib chiqqan holda belgilanadi. Bundan tashqari, qishloq x o ‘jaligi korxonalari 
olingan foydadan 20 foiz va qo‘shilgan qiymat s o lig l (20 foiz) tolayd i. 
Qozog‘iston qishloq xo‘jaligida soliq solish ob‘ekti yer hisoblanib, yer s o lig l k 
o‘rinishida tolanadi. Yer s o lig l ekin maydoni hajmi, unumdorligidan kelib chiqqan 
holda yer iqtisodiy qiymatining 20 foizi miqdorida belgilanadi. Mamlakatimizda esa 
bu ko‘rsatkich 5 foizni tashkil qiladi. ASM tizim ida kreditlash tobora muhim 
ahamiyatga ega b o lib bormoqda. B u bir qancha omillar bilan b o g liq . Biiinchidan, 
turli mulkchilikka ega korxonalar, byudjet tashkilotlari, aholi va ishlab chiqarish 
ehtiyojlariga sarflanadigan pul zahiralarining oborotda qolib ketayotganligi; 
ikkinchidan, uzluksiz takror ishlab chiqarish jarayonini ta’minlash; 7 0 Uchinchidan, 
korxona va tashkilotlaming samarali boshqaruviga erishish. Qishloq xo‘jaligi kredit 
tizim ining rivojlanishiga ishlab chiqarishning m avsum iyligi va omillarga 
bog‘liqligi ta’sir ko‘rsatadi. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari va qayta ishlash 
korxonalari uchun kreditlashning asosiy shakli sifatida garov (yer, mol-mulk, tayyor 
mahsulot va boshqalar) evaziga kreditlash ham mavjud. 3.3. Agrosanoat majmuasi 
ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari Respublika agrosanoat majmuasi 
tarkibidagi tarmoqlaming tashkiliy, texnikaviy, texnologik, iqtisodiy hamda ijtim 
oiy o ‘zaro bog‘lanishi, ya’ni integratsiyalashuvi natijasida mehnat taqsimoti amalga 
oshirilmoqda. Bu hoi agrosanoat majmuasi ixtiyoridagi barcha resurslardan, shu 
jumladan, cheklanganlaridan ham samarali foydalanilishni ta’minlashga, texnika va 
texnologiyalam 

rivojlantirishga, 
ishlab 
chiqarish 
jarayonlarini 

exanizatsiyalashtirishga, 
avtomatlashtirishga, 
elektrlashtirishga, 
kompyuterlashtirishga hamda tarmoqlami boshqarishni takomillashtirishga 
qaratilgan. Ulam ing talab darajasida amalga oshirilishi natijasida xaridorgir, 
raqobatbardosh oziq-ovqat hamda xalq iste’m oli mollari ishlab chiqarish hajmi 
ortadi. Ular iste’m olchilarga sifatli va qulay usullar bilan yetkazib borilishi 
natijasida ahoUning shu mahsulotlar bilan ta‘minlanish darajasi ortib, majmua 


tarkibidagi tarmoqlaming foydalari ko‘payadi. Natijada agrosanoat majmuasining 
iqtisodiy samaradorligi yuksaladi. Agrosanoat majmuasining iqtisodiy samaradorlik 
darajasini qator ко ‘rsatkichlar yordamida aniqlash mumkin. Jumladan, Respublika 
agrosanoat majmuasining yalpi mahsuloti. B u majmua tarkibidagi tarmoqlar 
korxonalar bir yil mobaynida ishlab chiqargan tayyor mahsulot va k o‘rsatilgan 
xizmatlar miqdoridan tashkil topadi. Yalpi m ahsulotning miqdori har bir tarmoq 
bo‘yicha absolyut, y a ’ni natural k o‘rsatkichlar yordamida hisoblanadi (tonna, 
dona, banka, litr, shisha idishda, tonna.km, gektar.). Bu ko‘rsatkichlar yordamida 
agrosanoat majmuasidagi tarmoqlar yalpi mahsulotining miqdori alohidaalohida 
aniqlanib, aw a lg i yillardagi raqamlar bilan taqqoslanib, tarmoqlaming qanday 
holatdaligi aniqlanadi. Masalan, qishloq xo‘jalik m ashinasozligi korxonalari 1997 
yilda 2852 dona traktor, 1049 dona paxta terish mashinalari ishlab chiqargan bo'lsa, 
2000 yilda 954 ta traktor 7 1 va 337 dona terim mashinasi ishlab chiqargan. B u 
raqamlar shu muddatda tarmoq mahsulotlarining kamayib borayotganligini 
isbotlaydi. Shu yillarda qishloq xo‘jaligida g ‘alla yetishtirish 2,1 mln. tonnadan 5,2 
m ln. tonnaga yetgani uning hajmi 2,5 martaga oshganligini k o‘rsatadi. Natijada non 
va non mahsulotlari ishlab chiqarish sezilarli darajada k o‘paydi. Paxta xom -ashyosi 
yetishtirish hajmi 1991-2002 yillarda 4,1 mln. tonnadan 3,2 m ln tonnaga tushgan, 
ya’ni 20 foizga kamaygan. Buning natijasida, paxta tolasining miqdori ham 1,2 m ln 
tonnadan 1,05 m ln tonnaga tushgan yoki 12,5 foizga kamaygan. Bunday hoi o ‘sim 
lik yog'i, sovun ishlab chiqarish hajmining kamayishiga olib kelgan. Shu yillarda 
spirtli ichimliklar ishlab chiqarish nisbatan oshgan. Lekin bu natural k o‘rsatkichlar 
agrosanoat majmuasining umumiy holatini ifodalay olmaydi. Buning uchun 
agrosanoat majmuasi yalpi m ahsulotining qiymatini aniqlash lozim . Yalpi mahsulot 
qiymati majmua tarkibidagi barcha korxonalar bir yilda ishlab chiqargan tayyor m 
ahsulotlam ing, k o‘rsatgan xizm atlam ing bozor baholaridagi qiymatidan iborat. 
Ayrim korxonalarda ishlab chiqarilgan ba‘zi m ahsulotlam ing m a‘lum bir qismidan 
korxona ishlab chiqarishini rivojlantirish uchun foydalaniladi, ma‘lum miqdordagisi 
esa shu yilning o ‘zida sotilm ay qoladi. Yalpi mahsulot qiymatini hisoblashda 
mahsulotlam ing bir necha marta hisobga olinishini bartaraf etish maqsadida, 


agrosanoat majmuasining barcha tarmoqlarida yaratilgan qo‘shilgan qiymat 
summasini hisobga olish maqsadga muvofiqdir. Chunki, qo‘shilgan qiymat - bu 
korxona tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatidan yetkazib beruvchilardan 
sotib olingan va iste’m ol qilingan xom -ashyo va materiallar qiymati (am ortizatsiya 
summasidan tashqari) chiqarib tashlanganidan so ‘ng qolgan qism ining bozor 
baholaridagi qiymatidir. Majmua yalpi m ahsulotining haqiqiy baholardagi 
qiymatini respublika yalpi m illiy mahsuloti tarkibidagi salm og‘ini aniqlab, uning 
mamlakat iqtisodiyotidagi ulushi va o ‘zgarishini ham aniqlash mumkin. Agarda 
agrosanoat majmuasi yalpi mahsulotining respublika yalpi m illiy m ahsulotidagi 
salm og‘i o ‘sayotgan bo‘lsa, yalpi m illiy mahsulot oshgan holda majmuaning 
mamlakat iqtisodiyotidagi o ‘m i yuksalayotganligidan dalolat beradi. Agrosanoat 
majmuasi yalpi mahsulotining haqiqiy baholarda hisoblangan qiymatidan shu 
yildagi asosiy iqtisodiy k o‘rsatkichlami, jumladan, ishlab chiqarishning rentabellik 
darajasini, mehnat unumdorligini, fondlar qaytimini aniqlashda foydalanish 7 2 
mumkin. Agrosanoat majmuasi iqtisodiyotining qator yillardagi o‘zgarishini 
aniqlash uchun uning yalpi mahsuloti qiymatini o ‘zgarmas, ya’ni qiyosiy baholarda 
aniqlash maqsadga muvofiqdir. H ozirgi davrda qiyosiy baho sifatida 1996 yildagi 
0‘rtacha baholar olinmoqda. Shu tartibda yalpi m ahsulotning qiymati aniqlanib, uni 
aw algi yillardagi raqamlar bilan taqqoslash orqali agrosanoat majmuasi yalpi 
mahsuloti qiymatining o ‘zgarishini aniqlash mumkin. Shunday qilib, yalpi mahsulot 
qiymatiga va boshqa k o‘rsatkichlar darajasiga baholar o ‘sishining ta’siri bartaraf 
etiladi. Agrosanoat majmuasi yalpi mahsulotining 1996 yil baholaridagi qiymati 
majmuaning real yalpi m ahsuloti ekanligidan dalolat beradi. Shu real yalpi mahsulot 
qiymati ko‘rsatkichidan foydalangan holda agrosanoat majmuasida qator yillardagi 
mehnat unumdorligi, fondlar qaytimi, sig‘im i kabi ko‘rsatkichlar darajasini aniqlab, 
ulam ing o ‘zgarishini ham bilib olish, bu ko‘rsatkichlami majmua tarkibidagi 
tarmoqlar m iqyosida aniqlab, ulam ing o ‘zgarishini tahlil qilish mumkin. 
Agrosanoat majmuasining tarmoqlari bo‘yicha mamlakat eksportidagi, ya’ni valyuta 
tushumidagi salohiyati, ya’ni ulushi. Buni bilish uchun agrosanoat majmuasi 
tarmoqlaridagi korxonalarning eksport qilgan mahsulotlariga, xizmatlariga olingan 


valyuta shaklidagi haq tushumlarining bir y illik y ig ‘indisini aniqlash zarur. Uni 
yagona valyuta birligida ko‘rsatish uchun AQSH dollarida davlat kursiga binoan 
aniqlash lozim , kelajakda o‘z m avqesini oshirib borayotgan evroda ham hisoblash 
maqsadga muvofiqdir. Agrosanoat majmuasi barcha valyuta tushumining respublika 
jam i valyuta tushumiga nisbati bilan majmuaning salm og‘ini aniqlash mumkin. 
Hozirgi davrda bu ko‘rsatkichning salm og‘i 60 foizga yaqinlashib qolgan. Shundan 
24-26 foizini paxta tolasini sotishdan olinayotgan valyuta tashkil etmoqda. 
Hozirgacha ishlab chiqarilayotgan paxta tolasining 95,3 foizi chetga eksport 
qilinmoqda. Shuning natijasida sezilarli miqdordagi valyuta respublikaga olib 
kelinm oqda. Agarda 1992 yilda ishlab chiqarilgan 1250,8 m ing tonna paxta 
tolasidan 1066,9 ming tonnasi chetga eksport qilinib, 890,4 mln A Q SH dollari 
miqdoridagi chet el valyutasi olingan b o‘lsa, 2001 yili ishlab chiqarilgan 1250,8 
ming tonna paxta tolasining 829,4 m ing tonnasi chetga sotilib, 912,4 mln AQSH 
dollari miqdoridagi chet el valyutasi respublika g ‘aznasiga tushgan. Har bir tonna 
paxta tolasi 1100 AQSH dollariga sotilgan. Shu bilan birga m a‘lum miqdordagi 
oziqovqat mahsulotlari ham chetga sotilmoqda. U lam i sotish natijasida 7 3 olingan 
valyuta 2000 yilda 76,2 mln, 2001 yili 58,2 mln AQSH dollarini tashkil etgan (3.1 -
jadval). Demak, mamlakat eksport salohiyatini belgilovchi muhim ko‘rsatkich 
bo‘yicha qishloq x o ‘jaligi bilan « 0 ‘zpaxtasanoat» uyushmasining salm og‘i katta. 
Bu yaxshi, lekin kelajakda paxta tolasini chetga sotishning maqsadga m uvofiq 
miqdorini saqlagan holda uni qayta ishlab, iste’m ol uchun tayyor aholi iste’m oli 
tovarlari eksportga chiqarilishini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish lozim . Shu 
bilan birga, qishloq xo‘jaligida sabzavot, poliz hamda bog‘dorchilik, chorvachilik 
mahsulotlarini qayta ishlash sohalarini rivojlantirib, olingan sifatli, ekologik 
jihatdan toza hisoblangan tayyor mahsulotlami ham xorijiy davlatilarga sotishni 
rivojlantirishga alohida e ’tibor berish vaqti keldi.



Yüklə 456,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin