Abdulla Oripov hayoti va ijodiga bag‘ishlangan davra suxbati Bayonnomasi



Yüklə 3,83 Mb.
tarix12.10.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#154976
A.Oripov bayonnoma


Bekobod tuman kasb-hunar maktabida buyuk mutafakkir shoir Abdulla Oripov hayoti va ijodiga bag‘ishlangan davra suxbati
Bayonnomasi
O‘tkazilgan sana: O‘tkazilgan joy:
29.09.2023 yil Kutubxona
Qatnashdilar: YoIBDO‘: M.Olimov
Kutubxonachi: M.Axmedova
Yoshlar yetakchisi:L.Jumaboyev
20 nafar kitobxon yoshlar
Kun tartibi

  1. Abdulla Oripov hayoti va ijodini o‘rganish,

Kun tartibi masala yuzasidan M.Olimov so‘zga chiqdi va o‘z fikrini bayon etdi.
Abdulla Oripov xaqida suhbatlashar ekanmiz u o‘zbek shoirlarining eng a’losidir. Men uning she’rlarini muxlisiman. O‘zgacha ijodkor haqida suhbatlashar ekanmiz barcha bilimlarimizni mustahkamlab olamiz.
Uyg‘onuvchi bog‘larni kezdim,
Topay dedim qirdan izingni.
Yog‘oningdan rang olgan dedim,
Lolazorga burdim yuzimni.
Uchratmadim ammo o‘zingni,
Sen bahorni sog‘inmadingmi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan 21 guruh o‘quvchisi Anvarova Sevinch so‘zga chiqdi va o‘z fikrini bayon etdi: Andulla Oripov Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida Nekoz qishlog‘ida tug‘ilgan. Bolalaligidan kitob o‘qishga qiziqqan. Har Bitta o‘qigan kitoblari esida qolgan, xotirasi kuchli bo‘lgan. Alisher Navoiyning g‘azallarini ham muntazzam ravishda yod olib borgan. Shoir yoshlik yillarini shunday eslaydi: “Birinchi bor she’rlar yoza boshlaganimda nima turtki bo‘lgan bilmadimku lekin har xolda so‘zlarni qofiyalashka ishqiboz bo‘lib qolganim esimda, balki zerikkanimdan, balki zavqim oshib, lekin xar doim nimalarnidir yozgim kelaverardi. Fikr esa yo‘q, yozmaslikni xam iloji yo‘q. Bir kuni uyimizga rayon rahbarlari mehmon bo‘lib kelishdiyu, chamamda musallasxo‘rlik qilishdi. Ularning ba’zilari mening she’r yozib yurganimdan boxabar shekilli, chaqirib she’r o‘qib deb qolishdi. O‘shanda men “Kreml devorlari” nomli she’rimni o‘qib berdim, mexmonlarning biri menga Kremlni ko‘rganmisan deb savol berdi? Men esa yo‘q deb javob berdim, u kishi menga ko‘rmagan narsang haqida yozma deb aytdi. O‘sha inson menga bergan dashnom xozirgacha dars bo‘lib kelyapti. ”


Kun tartibidagi masala yuzasidan 21 gurux o‘quvchisi Davlatxo‘jayeva Yulduz so‘zga chiqdi: Abdulla Oripov maktabni a’lo baholarga bitirgan, oltin medal sohibi bo‘lgan. Akalari shaharda o‘qigani uchun onasi uni ham shaharga jo‘natgisi kelmagan. 1958 yilda Toshkent davlat universiteti filalogiya fakultetining jurnalistika yo‘nalishiga o‘qishga kiradi. She’rlari avval tuman, viloyat gazetalarida chop etilgan. Keyinroq esa Respublika bolalar gazetasida “Qushcha” she’ri chop etilgan. Abdulla Oripov she’rlarini xalq juda iliq kutib olardi.
Kecha oqshom falakda oy bo‘zarib botganda,
Zuxro yulduz miltirab, xira xanda otganda
Ruhimda bir mayuslik sokinlik uyg‘otkanda
Men seni esga oldim birinchi muxabbatim
Eslab xayolga toldim birinchi muxabbatim
Suxbat so‘ngida o‘quvchilar bilan savol javoblar o‘tkazildi.



Bayonlashtirdi: Nurdinova G
Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin