2-masala: Agar 400 km masofa globusda 2 sm ga teng bolsa, bu globusning
masshtabi qanchaga teng bo’ladi?
Yechimi: Globusda 1 sm ga necha km masofa to’g’ri kelishini aniqlash
uchun:
1)
400 km ni 2sm ga bo’lamiz, ya’ni 400:2=200 km
globusda 1 sm =200 km ga teng.
2) Nomli masshtab km. da berilgani uchun 5 ta nol qo’shamiz va sonli
masshtabni chiqaramiz : 1:20 000 000
javob : globusning masshtabi 1:20 000 000 ga teng.
8
Mustaqil ishlash uchun topshiriqlar
1. Agar ikki shahar orasidagi 1200 km li masofa 4,5 sm ga teng qilib xaritada
tasvirlangan bo’lsa, shu xaritaning masshtabini aniqlang.
2. Masshtabi 1: 4 500 000 bo’lgan xaritada Osaka va Yokogama shaharlari
orasidagi masofa 8 sm ga teng bo’lsa, shaharlar orasidagi haqiqiy masofani
aniqlang .
3. Ishtixon va Samarqand shaharlari orasidagi 60 km li masofa birinchi
xaritada 10 sm ga, ikkinchi xaritada esa 6 sm ga teng bo’lsa , ushbu xaritalarning
masshtabini aniqlang. Xaritalardan qaysi birining masshtabi yirikroq?
4. Sirdaryoning uzunligini 1:20 000 000 mashtabda to’g’ri chiziq ko’rinishida
yozing.
5. Agar 500 km li masofa globusda 2 sm ga teng bo’lsa, bu globusning
masshtabini aniqlang.
6. Agar 5000 km li masofa globusda 5 sm ga teng bo’lsa , ushbu globusning
masshtabini aniqlang.
7. Quyidagi nomli masshtablarni sonli masshtablar bilan ifodalang va yozing:
a) 1 sm da 150 km
b) 1 sm da 230 km
c) 1 sm da 154 km
d) 1 sm da 120 m
e) 1 sm da 250 m
f) 1 sm da 470 m.
8. Agar 1: 20 000 00 masshtabli globusda ikki shahar orasidagi masofa 5 sm
ga ga teng bo’lsa, ushbu shaharlar orasidagi haqiqiy masofani toping.
9. Sank-Peterburg (Lelingrad) –Toshkent orasidagi 4000 km masofa globusda
8 sm ni tashkil etadi. Globusning masshtabini aniqlang.
10. Quyidagi sonli masshtablarni nomli masshtablar bilan ifodalang.
1:10 000, 1:60 000 000, 1: 50 000 000
|