SO’Z BOSHI O‘zbekistonning milliy mustaqilligi jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy
hayotida tub o‘zgarishlar sodir bo‘lishiga olib keldi. Turli jabhalarda shu jumladan
ta’lim tizimida ham kuchli o‘zgarishlar, islohotlar amalga oshirilmoqda. Bugungi
kunda o‘qitish jarayoniga ta’limning zamonaviy metodlari, pedagogik va axborot
texnologiyalari kirib keldi. Fanlarni o‘qitishda interfaol metodlardan, darsliklar,
o‘quv qo‘llanmalari, elektron manbalar, monografiyalar, xorijiy adabiyotlar va
internet ma’lumotlaridan foydalanilgan holda dars o‘tish bugungi kunning talabidir.
Ta’limda uzoq vaqt an’anaviy dars o‘tish usullaridan foydalanib kelindi. Bunday
dars o‘tish usuli bugungi kunda samara bermay qo‘ydi. Shuning uchun bugungi
kunda ta’limda an’anaviy dars o‘tish usullaridan asta-sekinlik bilan voz kechilib,
noan’anaviy dars o‘tish usullariga o‘tilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldaги 187-
sonli qaroriga muvofiq kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan yangi DTS qabul
qilindi. Kompetensiyaning asosiy maqsadi o‘quvchilar egallagan nazariy bilimlarni
kundalik hayotda qo‘llay olish va o’quvchilarni kelajak hayotga tayyorlashdir.
O‘quvchilarda geografiya fani bo‘yicha to‘liq kompetensiyalar amaliy
mashg‘ulotlarsiz shakllanmaydi. Maktablarning geografiya fani darsliklarida
amaliy mashg‘ulotlarga juda kam soat ajratilgan. Natijada fan o‘qituvchilari o‘quv
rejadan tashqariga chiqmaydi va o‘quvchilar amaliy mashg‘ulot malakasiga ega
bo‘lmaydi.
Ushbu uslubiy qo’llanmada geografiyaga oid amaliy mashg’ulotlar, ularni
yechish usullari, o’quvchilarning o’zlari mustaqil yechishlari uchun topshiriqlar
berilgan. Uslubiy qo’llanma o’quvchilar egallagan nazariy bilimlarini amalda
qo’llay olishiga yordam beradi. O’quvchilarda fanga bo’lgan qiziqishi ortadi va
geografiyaga oid kompetensiyalar shakllanadi.