vodorod va 88,89% kislorod mavjud. Bu murakkab mineral tabiatda turli (gaz, suyuq va qattiq)
hollarda mavjud bo`lib, modda va energiya aylanma harakatida katta rol’ o`ynaydi. Suvning uch
xil agregat holatida bo`lishi Er sharining turli hududlarida ob-havo va iqlim
sharoitlarining
shakllanishida muhim ahamiyatga ega. Suv resurslariga daryo, ko`l, suv omborlari, kanallar,
botqoqlik, dengiz va okean, er ostidagi suvlar, tuproq namligi, qutb va tog’lardagi
muzliklar,
hattoki atmosferadagi bulutlar va namliklar ham kiradi.
Er kurrasidagi suvlardan iborat bo`lgan qobiq gidrosfera deb ataladi. Unga sayyoramizdagi
barcha suvlar—okean, dengiz, ko`l, daryo, muz, botqoqlik va 5 km gacha chuqurlikda bo`lgan er
osti suvlari kiradi. Er yuzasidagi suv miqdorini 100% deb olsak, shuning 93,96% ini, sho`r okean
va
dengiz suvlari, 4,12% ini er osti suvlari, 1,65% ini muzliklardagi suvlar, 0,026% ni ko`l
suvlari va chuchuk suv miqdori 84 million 827,2 ming km
3
ni tashkil etadi yoki butun
gidrosferadagi umumiy suv miqdorining 6% i demakdir. Gidrosferadagi
suv doimo harakatda
bo`lib, bir holatdan ikkinchi holatga o`tib aylanib turadi. Suv — Yer sharidagi barcha
organizmlarning hayoti uchun zarur bo`lgan muhim mineraldir. Suv kundalik hayotimizda
foydalanib kelinayotgan boshqa tabiiy resurslardan farqlanib turadi. Chunki kishilik jamiyatida
suvning o`rnini bosadigan boshqa hech qanaqa resurs yo`qdir. Bu esa suvning bebaho
ekanligidan darak beradi. Biz bu o`rinda suvning haqiqatan ham bebaho ekanligini alohida
ta`kidlamoqchimiz va ko`pgina kishilar uning bu xususiyatini ko`pincha tasavvur qilib
ko`rmasalar ham kerak. Aks holda suvni ortiqcha sarflab uvol qilmagan bo`lar edilar yoki
bo`lmasa suvning ifloslanishiga yo`l qo`ymagan bo`lar edilar.
Suvsiz hayot yo`q. Chunki o`simlik tanalarining 80-85 foizi, hayvon organizmlarining 60-
75 foizi, meduza tanasining 99,7 foizi suvdan iborat. Yangi tug’ilgan chaqaloq tanasining 70
foizini, katta yoshdagi kishi organizmining 65 foizini suv tashkil etadi. 70 kilogramm
og’irlikdagi o`rta yoshdagi kishining 45 kg.i suvdan iborat. Suv inson tanasining hamma
a`zosida
uchraydi, xatto suyakning 25 foizini ham suv tashkil etadi. Inson iste`mol qiladigan
sabzavot tarkibida 78-90 foiz, sutda 89 foiz, go`shtda 50 foiz suv bor.
Suv - yer yuzasidagi turli iqlimni vujudga keltirishda acociy omillardan biri, suv bug’lari
esa alohida ahamiyatga egadir. Atmosfera suvlarisiz joyning ob-havosini tasavvur etib
bo`lmaydi. Havoda suv bug’larining miqdori er yuzasi va yil fasllariga bog’liq: ekvator havosida
suv bug’lari eng ko`p bo`lsa, qutbiy o`lkalarda eng kam bo`ladi. Yer yuzasidan yiliga 525100
ming km
3
suv bug’lanib, atmosfera havosi namligining asosiy manbai hisoblanadi.
Atmosferadagi namlik bulutlarni vujudga keltiradi. Ba`zi bulutlarda yuzlab tonna suv bo`ladi. Bu
ulkan suv massalaridan iborat bo`lgan nam havo oqimlari Yer yuzasida bir erdan ikkinchisiga
ko`chib joylarga namgarchilik keltiradi, joyning havo xaroratiga ta`sir ko`rsatadi. Okean va
dengizlar yuzasidan bug’langan namlik kondisatsiya jarayonida suv
tomchilariga aylanadi va
bevosita okean va dengizlarga tushib, suvning kichik aylanma harakatini hosil kiladi.
Atmosferaning xilma-xil yog’inlari quruqlik yuzasiga tushib tuproq namligiga, oqimga,
ko`l va botqoqlikka, muzlikka aylanadi. Namlik yana bug’lanib, ba`zi erga singan va singmagan
qismlari
suv oqimini vujudga keltirib, dengiz va okeanlarga qayta tushib, Yer sharida suvning
katta aylanma harakatini hosil etadi. Suvning aylanma harakati jarayonida okean suvining to`la
almashinishi 3000 yil davom etadi.
Dostları ilə paylaş: