A niyazova. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish


kanserogen moddalar hisoblanadi.  Endi  fosforli o`g’itlar



Yüklə 5,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/116
tarix16.12.2023
ölçüsü5,02 Kb.
#183861
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   116
ekologiya.maruza

kanserogen
moddalar hisoblanadi. 
Endi 
fosforli o`g’itlar
haqida to`xtalsak. Ular ancha xavfsiz. Kam harakatchan, tuproqqa 
qattiq o`rnashadi. Ammo shunga qaramay suv havzalari tuproq eroziyasi hisobiga fosfatlar bilan 
ifloslanadi. Ammo suv havzalarini ifloslovchi eng asosiy manbalar bu sanoat va maishiy chiqindi 
suvlaridir (ayniqsa, fosfatni yuvuvchi vosita). 
Fosforli o`g’itlarni ishlatishni o`ziga xos xususiyati shundaki, ularni ko`p ishlatish 
natijasida tuproqda strontsiy, ftor, tabiiy radioaktiv uran, radiy va toriy kabi elementlar yig’lishi 
mumkin. 
Uchinchi ozuqa elementi 
kaliy
bo`lib, u atrof-muhitga sezilarli ta`sir ko`rsatmaydi, ammo 
u bilan doim birga bo`ladigan xlor er osti, suvlarini ifloslashi mumkin. Hozirgi kunda atrof-
muhitni o`g’itlar bilan ifloslanishi ustidan doimiy nazorat olib boriladi. Bunday nazoratni 
agoroximlaboratoriyalar amalga oshiradi. Ayniqsa, oziq-ovqat-sabzavot tarkibidagi NO
3
miqdorini aniqlash katta ahamiyatga ega. Butun jahon Sog’liqni Saqlash Tashkiloti(VOZ)ning 
bergan ma`lumotiga ko`ra inson uchun bir kunlik iste`mol qilish mumkin bo`lgan nitrit 325 mg. 
Pestitsidlar va atrof muhit. e
ng buyuk yutuqlardan biri o`simliklarni kimyoviy himoya 
qilish(xilma-xil zararkunanda, kasalliklarga qarshi) vositalarni kashf etilishi bo`ldi. Pestitsidlar 
ishlatilishiga ko`ra turli sinflarga bo`linadi: 
1.
Insektitsid (zararli hashorotlarga qarshi). 
2.
Gerbitsid (yovvoyi o`tlarga qarshi). 
3.
Fungitsid (zamburug’larga qarshi). 
4.
Zootsid (kemiruvchilarga qarshi). 
5.
Bakteritsid (xilma-xil zararli bakteriyalarga qarshi). 
Rossiya FAning muxbir a`zosi A.YAblokovning ma`lumotlariga ko`ra, 1986 yil MDHda 
kimiyoviy himoya vositalarining miqdori har bir kishiga 1,4 kilogrammdan to`g’ri kelgan. 
1989 yilda gektariga 3 kilogramm ishlatilgan. Boltiqbo`yida bu ko`rsatkich-200 kilogramm
Ashgabadda 64-200 kilogrammni tashkil etadi. 
Akademik A.Fokinning fikriga ko`ra, butun MDHda pestitsidlar ishlatilishi bo`yicha 
juda ko`p xatolarga yo`l qo`yilgan. Ayniqsa, xlororganik birikmalar haddan ziyod ko`p 
ishlatilgan. Masalan, DDT bir vaqtda eng ko`p ishlatilgan va uni yaratuvchi P.Myuller Nobel’ 
mukofotining sovrindori bo`lgan (1938). Avval go`yo malyariya, sariq, bezgak, tif 
kasalliklaridan qutulishga imkon berdi. Ammo keyingi tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki, DDTdan 
foydalanish juda xavfli ekan. Shuning uchun undan foydalanish 1971 yildan boshlab to`xtatildi. 
Ma`lum bo`lishicha, pestitsidlar odam va hayvon to`qimasida yig’ilishga ega. Surunkali 
organizmga kirib turishi natijasida asab va yurak-tomir sistemasiga ta`sir ko`rsatadi. DDT(dixlor 
difenil trixlor etan) va shu tipdagi moddalar onaning suti orqali bolaga o`tadi. Bu xilma-xil 
tug’ma patologiya va embrionning o`lishiga sabab bo`ladi. DDT hatto antarktidadagi 
pingvinning ham jigaridan topilgan. 
Butun jahon sog’liqni saqlash tashkilotining ma`lumotiga ko`ra, dunyo bo`yicha yiliga 
500 ming aholi zaharlanadi. Ularning 10%i o`lim bilan tugaydi. Atrof-muhitni surunkali ravishda 


pestitsidlar bilan ifloslanishi tufayli insoniyat doimo katta xavf ostida yuradi. Masalan, AQSHda 
ishlatiladigan al’derin va dil’drin deb nomlangan pestitsidlar 23% sut mahsulotida, 88% 
mevalarda, 96% go`sht va baliq mahsulotlarida uchrashi aniqlangan. 
Tirik organizmlar organlarida, to`qimalarida, hujayralarida pestitsidlar miqdori atrof-
muhitdagiga qaraganda ancha ko`p bo`ladi. Bu hodisa yig’ilish koeffitsienti bilan hisoblanadi. 
Suvda yashaydigan hayvonlar uchun bu koeffitsient juda yuqori. Masalan, 10-15, molyuska 
uchun 25-50. Pestitsidlarning salbiy ta`sir mexanizmi quyidagi zanjir mexanizmi orqali amalga 
oshadi: 

Yüklə 5,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin