Vazirlar Kengashining 11.02.2001 yildagi 33/1 -sonli karoriga muvofik buyurtmaxona tartibining
amal qilish muddati 2010 yilgacha uzaytirildi. Buyurtmaxona maydoni 50 ming ga. Ornitologik.
buyurtmaxonasini tashkil qilishdan maqsad - Amudaryo sohil bo`yidagi
suv-botkoqlik joylari
biologik kompleksini saklab qolish, uchib o`tadigan kushlarni, ular ko`payishi va dam olishi
joylarini muhofaza qilishdan iborat. Har yili ko`lda yuz minglab suvda
suzuvchi va suv yaqinida
yashaydigan kushlar dam oladi va ko`payadi. Qoraqalpogiston Respublikasi Tabiatni muhofaza
qilish davlat ko`mitasiga bo`ysunadi.
6.«Muborak» davlat buyurtmaxonasi
Qashqadaryo viloyati xokimiyatining 5.12.98
y.dagi X-344/12-sonli karori bilai tashkil kilingan (muddati cheklanmagan). Buyurtmaxona
maydoni o`zgartirilgan - 219534 ga. Tashkil qilishdan maqsad - yo`rg’atuvaloq
(Chlamydotis undulata), uning yashash joylari va boshqa yovvoyi hayvonlar yashash joylarini
saqlab qolishdan iborat. Qashqadaryo viloyati Tabiatni muhofaza qilish qo`mitasi ixtiyorida.
7.«Oqtog’» davlat buyurtmaxonasi
Navoiy viloyati hokimiyatining 21.04.97 y.dagi K-
113-sonli qarori bilan tashkil qilingan (muddati cheklanmagan). Navoiy viloyati Nurota
tumanidagi Oqtog’ tizmasida joylashgan. Buyurtmaxona maydoni 15420 ga. Tashkil qilishdan
maqsad - «Oqtog’» tog’li mavzesi tabiiy kompleksini saqlab qolish. Navoiy viloyati
Tabiatni
muhofaza qilish qo`mitasi ixtiyorida.
8
.«
Qarnabcho`l» davlat buyurtmaxonasi
Navoiy viloyati hokimligining 9.07.98
yildagi F-90-sonli qarori bilan tashkil kilingan (muddati cheklanmagan). Buyurtmaxona
maydoni 25 ming ga. Tashkil kilishdan maqsad - birinchi navbatda, yo`rga-tuvaloq
(Chlamydotis undulata) va
uning yashash joylari, shu-ningdek butun Qarnabcho`l biologik
kompleksini saqlab kolish. Buyurtmaxona yo`rg’a tuvalok ko`plab uchib o`tadigan yo`lda
joylashgan. Navoiy viloyati Tabiatni muhofaza qilish qo`mitasi ixtiyorida.
Dostları ilə paylaş: