bo`lishi) o`zgarishini, suvning yuzasida har xil moddalar suzib, tagiga cho`kaverishiii, suvning
tarkibida kislorodning kamayib ketishi, bakteriyalar ko`payishi,
yuqumli kasalliklar
bakteriyalarini paydo bo`lishini tushunamiz. Suvning ifloslovchi manbalar orasida eng muhim
o`rinni sanoat ishlab chiqarishdan hosil bo`lgan va maishiy kommunal xo`jalikdan chiqqan
oqova suvlar egallaydi.
Sanoat va maishiy-kommunal xo`jalik korxonalaridan, davolash-sog’lomlashtirish va
boshqa tashkilotlardan
chiqadigan iflos oqava suvlar; yuvuvchi sintetik moddalar; rudali va
rudasiz qazilma boyliklarining qazib olinishidagi chiqindilar; shaxtalarda, konlarda, neft
korxonalarida ishlatilgan va
ulardan chiqqan iflos suvlar; yog’och tayyorlash, uni qayta ishlash
va suvda oqizishda, tashishda hosil bo`lgan chiqindilar; chorvachilik fermerlari va
majmualaridan
oqib chiqadigan iflos suvlar; zig’ir va boshka texnik ekinlarni birlamchi ishlov
berishdan chiqqan chiqindilar; ekinlarni sug’orish natijasida vujudga kelgan oqava - tashlandiq
va
zovur suvlari; har xil mineral va organik o`g’itlar hamda ekinlar zararkunandalariga sepilgan
zaharli ximikatlar ishlatilgan dalalaridan oqib chiqadigan suvlar; shahar, ishchi shaharchalari va
qishloq hududidan oqib chiqadigan (yog’in suvlari) suvlar; elektr stantsiyasidan
chiqqan issiq
suvlar; radioaktiv ifloslanish va boshqalar.
Sanoat chiqindi suvlarida tirik organizmlar uchun xavfli bo`lgan har xil kislotalar, fenollar,
vodorod sul’fati, ammiyak, mis, rux, simob, tsionid, mish’yak, xrom va boshqa zaharli moddalar,
yog’, neft mahsulotlari, har xil biogen moddalar mavjud bo`lib, ular sanoat korxonalarida
ishlatilgan oqava
suvlar bilan birga daryo, ko`l va suv omborlariga borib qo`shiladi.
Dostları ilə paylaş: