80
19-rasm.
Ot paraskaridasining tarraqqiyoti
20-Rasm.
Cho’chqa askaridasining taraqqiyoti
Cho‘chqa va odam askaridalarining taraqqiyoti qo‘yidagicha kechadi:
ingichka ichak orqali urg‘ochi askaridaning otalangan
tuxumi tashqi muhitga
tushadi; etarlicha namlik va issiqlik ta’sirida u etila boshlaydi; tuxum ichida paydo
bo‘lgan lichinka ikki marta po‘st tashlab (tullab) yuqumli holga keladi va qalin
qobiqli tuxum ichida qoladi. Bunday yuqumli lichinkalik
tuxumlar turli oziqalar
orqali xo‘jayin oshqozoniga tushgach, u erda tuxum qobiqlari eriydi.
Tuxumdan
ajralgan lichinkalar ichakka o‘tadi va qon tomirlarga yorib kirib gepato-pulmonal
81
yo‘l (jigar –yurak, o‘pkalar) orqali migratsiya (yurish) qiladi. Ot paraskaridasining
lichinkasi singari o‘pka alveolalarida 7-10 kun to‘xtaydi, biroz o‘sadi va
alveolalarni qitiqlab yo‘tal alomatlarini chaqiradi. Yutalish paytida lichinkalar
alveolalardan bronxiolalarga, u erdan
bronxlar orqali traxeyaga, so‘ngra esa
og‘izga tushadi. U erdan so‘lak orqali yoki balg‘am yutib yuborilganda askarida
lichinkalari ikkinchi marta ichakka tushadi va unda to‘xtab
etilgan erkak va
urg‘ochi askaridalarga aylanadi. Askaridalar bir yilgacha hayot kechiradi.
Cho‘chqa va odam askaridalari 10-30 sm, tovuq askaridiyasi 3-11 sm uzunlikka
ega.
Askaridalar ichida tovuq askaridiyasi bunday
murakkab migratsiyaga ega
emas. Ularning yuqumli tuxumidan oshqozonlarda ajralgan lichinka ichakka o‘tib,
uning limfa tugunlariga yoki ichak vorsinkalariga kiradi. U erlarda birmuncha
o‘sib, bir necha kundan keyin ichak bo‘shlig‘iga o‘tadi va jinsiy voyaga etadi.
Dostları ilə paylaş: