58
Test javoblarini yozing:
23-jadval
S
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
J
Nazariy savollar:
1. Aktiniyaning soyabonsimon tanasi qanday tuzilgan?
2. Aktiniyaning ovqat hazm qilish sistemasini tartib bilan yozib chiqing.
3. Aktiniya va qisqichbaqalar bir - biriga qanday foyda keltiradi?
Uyga vazifa:
“Aktiniyaning ahamiyati”
mavzusida referat yozish.
10-Amaliy mashg’ulot.
Platyhelminthes (Yassi chuvalchanglar) tipi, Turbellaria
(Kiprikli chuvalchanglar) sinfi: Vakil:
Dendrocoelum lacteum (
oq planariya).
Tashqi va ichki tuzilishi.
Oq planariyaning sistematik o’rni
Tip:
Yassi chuvalchanglar-Plathelminthes
Sinf:
Kiprikli yassi chuvalchanglar-Turbellaria
Turkum:
Uchshoxlilar, ya’ni planariyalar-Tricladida
Vakil:
Oq planariya-
Dendrocoelum lacteum
Yassi chuvalchanglar tipiga mansub barcha
turlar elka-qorin tomonidan
yassilashgan. Shuning uchun ularning tanasi yaproq yoki tasma shaklida bo’ladi.
Barcha yassi chuvalchanglar kovakichli hayvonlarga qarama-qarshi ikki
simmetriyali bo’lib, tana bo’shlig’i parenxima bilan to’lgan. Shu sababli yassi
chuvalchanglarni parenhimatoz hayvonlar deyiladi. Teri-muskul xaltasi, teri
qoplamasi va ko’p qavatli muskullardan tuzilgan.
Ovqat hazm qilish sistemasi oldingi va o’rta ichakdan tuzilgan bo’lib, anus
yo’q. Ayirish sistemasi protonefridiy tipda tuzilgan.
Qon aylanish va nafas olish organi yo’q. Nerv
sistemasi bir juft miya
gangliysi va undan ketgan yon nerv zanjiridan iborat.
Sezish organi erkin yashaydigan formalarda yaxshi rivojlangan. Jinsiy
organlari germofradit tipda tuzilgan.
Dostları ilə paylaş: