209
darajasiga asoslanadi. Auditor agar bir necha kichik xato tuzatilmagan bo’lsa,
ularning umumiy ta’siri tufayli jiddiy xatolik yuzaga kelishi mumkinligini ham
inobatga olishi darkor. Auditorlar hisobga olinmagan barcha yozuvlarning umumiy
ta’sirini aniqlash uchun ko’pincha ularni alohida ishchi hujjatlarga kiritib boradi.
Yordamchi yozuvlar
. Ishchi hujjatlarning eng muhim qismi moliyaviy
hisobotning aniq summalarini tasdiqlash uchun auditor tomonidan tuzilgan
yordamchi yozuvlarni o’z ichiga oladi. Mazkur yozuvlardagi turli ma’lumotlardan
ancha keng foydalaniladi. Audit tegishli tarzda o’tkazilganini va ishchi
hujjatlarning qolgan maqsadlariga erishilganini tasdiqlash uchun, auditning har bir
elementi uchun mutanosib turdan foydalanish zarur. Biz quyida yordamchi
yozuvlarning asosiy turlarini sanab o’tamiz.
Tahlil
. Tahlil butun tadqiqot davri mobaynida u yoki bu balans hisob
doirasida faoliyatni namoyish qilish uchun mo’ljallangan. U ma’lumotlarning davr
boshi va oxiri uchun o’zaro bog’liqligini tasdiqlaydi. Odatda, likvid qimmatbaho
qog’ozlar, berilgan veksellar, shubhali qarzlar bo’yicha to’lovlar, mol-mulk,
binolar, asbob-uskunalar, uzoq muddatli qarz kabi hisoblar tahlili amalga
oshiriladi. Bu hisoblar xo’jalik tizimi faoliyatining muhim jihatlarini aks ettiradi.
Aksariyat hollarda tahlil bo’yicha ishchi hujjatlarda boshqa ishchi hujjatlarga
ko’ndalang havolalar mavjud bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: