198
Masalan, imzo qo’yilguncha chek hujjat hisoblanadi, imzo qo’yilgandan keyin u
aktivga aylansa, to’langandan so’ng yana hujjatga aylanadi.
Texnik nuqtai
nazardan, chekning haqiqatdagi nazorati chek aktiv hisoblangan paytdagina o’rinli
bo’lishi mumkin.
Haqiqatdagi nazorat (mazkur aktiv real mavjudligini tekshirishning bevosita
usuli sifatida) ishonchli va foydali turdagi audit dalillari olish uchun imkon
yaratadi. Odatda, haqiqatdagi nazorat – bu aktivning miqdoriy xususiyatlari va
uning tavsifi to’g’riligini tekshirishga imkon beruvchi ob’ektiv usuldir. Ba’zi
hollarda, u aktiv holatini yoki uning sifat xususiyatlarini baholash bo’yicha ham
foydali usul hisoblanadi. Ammo haqiqatdagi nazorat mavjud aktivlar rostdan ham
mijozga tegishli ekanini tasdiqlash uchun etarli emas. Bundan tashqari, ko’p
hollarda auditor ma’naviy eskirish va asliga muvofiqlik kabi sifat omillari haqida
xulosa qilish uchun etarli malakaga ega bo’lmaydi. Haqiqatdagi nazorat yordamida
moliyaviy hisobot uchun baholash to’g’ri qilingan-qilinmaganini
aniqlash ham,
odatda, mumkin emas.
Tasdiq.
Tasdiq – auditor so’roviga binoan mustaqil uchinchi tomondan
yozma javob olish bo’lib, unda u yoki bu ma’lumotning to’g’riligi tasdiqlanadi.
Tasdiq mijozga bog’liq bo’lmagan manbalardan kelib tushayotgani uchun, ular
ayniqsa qimmatli va tez-tez qo’llaniladigan dalil turlari sanaladi. Biroq bunday
tasdiqlar olish juda qimmatga tushadi. Shuningdek, bu so’rov yo’llangan shaxslar
uchun ayrim noqulayliklar tug’dirishi mumkin. Shuning uchun bundan chetlab
o’tish mumkin bo’lgan barcha hollarda shunday yo’l tutiladi.
Tasdiqdan foydalanish yoki foydalanmaslik alohida
olingan vaziyat uchun
ishonchliligi yuqori ma’lumotlar qanchalik zarurligi, shuningdek, muqobil
dalillardan foydalanish imkoniyati qay darajada ekanligiga bog’liq. Tashkilotlar
o’rtasidagi alohida xo’jalik
operatsiyalarini, masalan, oldi-sotdi bo’yicha
operatsiyalarni tekshirishda, odatda, tasdiqqa murojaat qilinmaydi, chunki auditor
bu maqsad uchun hujjatlardan foydalanishi mumkin. Xuddi shuningdek,
asosiy
mablag’ tushumlarini audit qilishda ham tasdiq kamdan-kam hollarda ishlatiladi,
199
chunki bu aktivlarni hujjatlar va haqiqatdagi nazorat yordamida etarlicha ishonchli
darajada tekshirish mumkin.
Agar bu amaliy va o’rinli bo’lsa, har gal auditorlardan debitorlik
hisoblaridan saralash bo’yicha tasdiq olish talab qilinadi. AICPA tomonidan ilgari
surilgan ushbu talabning amal qilishi boisi shundaki, debitorlik hisobi, odatda,
moliyaviy hisobotga nisbatan ahamiyatli va tasdiq bunday hisoblar bo’yicha yuqori
darajadagi ishonchli dalilni o’zida aks ettiradi.
Boshqa qandaydir hisoblar bo’yicha (debitorlik hisobidan tashqari) tasdiqlar
talab
qilinmasa-da, dalillarning bu turi ko’p turdagi ma’lumotlarni tekshirishda
juda foydalidir. Tasdiq ishonchli dalilga aylanishi uchun, so’rov jo’natilgandan to
javob olingunga qadar u auditor nazorati ostida bo’lishi kerak. Tasdiq haqida
so’rovlarni tayyorlash, ularni jo’natish va javob olish bilan mijozning o’zi
shug’ullanayotgan bo’lsa, bu auditor nazoratni qo’ldan boy berganini,
shu bilan
birga o’z mustaqilligini yo’qotib qo’yganini anglatadi. Bunday hollarda dalillar
ishonchliligi pasayadi.
Dostları ilə paylaş: