193
tovar-moddiy qimmatliklarni o’zi qayta hisoblagan bo’lsa, u holda buning
natijasida olingan dalillar kompaniya ma’muriyati auditori ixtiyoriga taqdim etgan
o’z raqamlariga qaraganda ko’proq ishonchli hisoblanadi. Aksariyat auditorlar, shu
jumladan, ushbu kitobning mualliflari ham dalillar puxtaligi atamasidan
ishonchlilik sinonimi sifatida foydalanadilar.
Dalillar ishonchliligi faqat saralangan auditorlik amallari bilan bog’liq.
Saralash hajmini yanada ko’paytirish yoki umumiy to’plamdan boshqa
elementlarni tanlash orqali ishonchlilikni oshirish mumkin emas.
Uni dalillarning
quyida keltirilgan olti tavsifidan bittasi yoki bir qanchasi nuqtai nazaridan
yuqoriroq sifatli bo’lgan audit amallarini tanlash orqaligina oshirish mumkin.
O’rinlili
k. Dalillar o’rinli va audit predmetiga tegishli bo’lishi kerak. Faqat
shu holatda dalilni ishonchli deb hisoblash mumkin. Faraz qilaylik, auditor uning
mijozi etkazib berishlar uchun o’z mijozlariga
yukxat taqdim etmaydi, degan
gumonda (to’liqlik darajasini tekshirish). Agar auditor bu vaziyatda yuklash
bo’yicha yukxatlarni tanlasa va ularni tegishli transport hujjatlari bo’yicha
tekshirsa, u holda bu dalillar auditning to’liqlik va tugallik darajasini tekshirish
kabi maqsadlariga taalluqli bo’lmaydi. Mazkur holatda o’rinli
amal saralama
transport hujjatlarini yuklab jo’natish uchun mutanosib yukxatlar bilan
taqqoslashdan iborat bo’ladi.
O’rinlilik darajasi faqat auditning aniq maqsadlari mezonlari bilan
belgilanishi mumkin. Dalillar bir maqsadga nisbatan o’rinli va boshqasiga nisbatan
noo’rin bo’lishi mumkin. Avvalgi misolda, ya’ni, auditor yuklab jo’natish
uchun
yukxatlarni transport hujjatlari bilan taqqoslaganda, dalillar moliyaviy hisobot
ishonchliligini aniqlash uchun tamomila o’rinli bo’ladi. Aksariyat hollarda dalillar
auditning bir necha maqsadlari uchun o’rinli bo’ladi, biroq barchasi uchun emas.
Manba mustaqilligi
. Xo’jalik tizimidan tashqarida
olingan dalillar ushbu
tizim doirasida olingan dalillarga qaraganda ishonchliroq hisoblanadi. Masalan,
tashqi dalillar (banklar, huquqshunoslar yoki mijozlar ma’lumotlari) mijozning
194
o’zidan olingan javoblardan, shuningdek, uning
iqtisodiy tizimi doirasidan
chiqmaydigan hujjatlarda keltirilgan ma’lumotlardan ishonchliroqdir.
Xo’jalik ichki nazorat tizimi samaradorligi
. Agar mijozning xo’jalik ichki
nazorat tizimi samarali bo’lsa, u holda mijozdan olingan dalillar ham mos ravishda
ishonchliroq bo’ladi. Masalan, agar sotish va yukxatlarni rasmiylashtirish bo’yicha
xo’jalik ichki nazorat tizimi samarali bo’lsa, u holda auditor yukxatlar va transport
hujjatlaridan ular nomaqbul bo’lgan holatga qaraganda ancha ishonchliroq
ma’lumotlar olish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: