253
1. Changgaztutgich qurilmalarining quvvatini oshirish va ularning
sifat ko`rsatkichini yaxshilash. Hozirgi vaqtda AQSH va Yaponiyaning
ba‘zi issiqlik elektr stansiyalarida
oltingugurt angidridi, azot oksidi va
boshqa zararli aralashmalarni to`liq tutib qolib,
zararsizlantirishga
erishilgan. Buning uchun maxsus desulfurasion (oltingugurt II va III
oksidini
zararsizlantirish)
va
denitrifikasion
(azot
oksidlarini
zararsizlantirish) qurilmalar o`rnatilib
ishga tushirilgan;
2. Tabiiy gaz zaxiralari yetarli bo`lgan hududlarda IES larni gaz
yoqilg`isiga o`tkazish. O`zbekistonning IES larida yonilg`ining 80 %
tabiiy gaz, qolganini toshko`mir va mazut tashkil qiladi.
3. Yonish jarayoniga qo`shimcha havo
oqimi yuborish bilan yonish
effektini oshirish. Bunda havoga chiqadigan qurum va boshqa qattiq
chiqindilar miqdori kamayadi.
4. IES larda ishlatilgan suvning 95 % isigan va turli mahsulotlar bilan
ifloslangan oqava xolida chiqariladi. Bu oqavalarni tozalab, ish jarayoniga
qaytarish.
5. Elektr energiyasi ishlab chiqarishda ko`proq ekologik toza energo-
tashuvchilardan
foydalanish.
Bular
qatoriga
vodorod
yoqilg`isidan foydalanish,
shamol elektr stansiyalari, quyosh fotoelektrik
stansiyalari tizimini kengaytirish va shu kabi ishlar kiradi.
Dostları ilə paylaş: