A. I. Karshibayev n. O. Ataullayev b. Sh. Narzullayev


Atom energetikasining ekologik ustivorligi



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə142/184
tarix15.10.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#155999
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   184
E nerge t ikas I a. I. Karshibayev-www.hozir.org (1)

Atom energetikasining ekologik ustivorligi. 
Atom energetikasi
istiqbolli soha hisoblanib hozirgi kunda elektr quvvati ishlab chiqarish
bo`yicha issiqlik energetikasidan keyin ikkinchi o`rinda turadi. Bu soha
jahonga 17% elektr quvvatini yetkazib beradi. Bu ko`rsatkich Fransiyada
74%, Belgiyada 61% va Shvesiyada 45% ni tashkil etadi. Bu davlatlar



251
yadro quvvatidan elektroenergetikada foydalanish bo`yicha yetakchi


o`rinni egallaydi. O`tgan asrning 60-80 yillarida atom energetikasi juda tez
suratlar bilan rivojlandi. Ammo 1886 yilning 26 aprelida sodir bo`lgan
jahonni larzaga soluvchi Chirnobil AES i avariyasidan keyin bu sohaning
rivojlanish ma‘lum muddat orqaga ketdi. Bu davrda Shvesiya, Italiya,
Braziliya va Meksika davlatlari atom elektrostansiyalari qurilishini
butunlay to`xtatib qo`ydilar. Ammo yadro quvvatsiz energetika rivojini
amalga oshirib bo`lmasligini hisobga olib, loyihalashtirilayotgan,
qurilayotgan va foydalanilayotgan AES larda xavfsizlik choralari
kuchaytirildi va elektrostansiyalarining qurib ishga tushirilishi ham
tezlashtirildi. hozirgi kunda dunyoda 500 dan ortiq atom reaktorlari
harakatda bo`lib, 100 ta reaktorning qurilishi davom etmoqda.
Tabiiyki

atom energetikasining tashqi muhitga salbiy ta‘siri ham bor.
Buni quyidagilar bilan izohlash mumkin:
-yadro reaksiyasi davomida reaktordagi yadro yonilg`isining atigi 0,5 –
1,5% yonib ulguradi, qolgani esa radioaktiv chiqindi sifatida muhitga
chiqariladi.
-quvvati 1000 MVt bo`lgan reaktordan yilida 60 t. chiqindi chiqadi.
Bu chiqindilarning bir qismi qayta ishlab zararlantiriladi, ammo qolgani
belgilangan tartibda ko`mishni talab qiladi. Ko`mish jarayoni esa ancha
murakkab va serxarajat hisoblanadi
AES o`zining foydalanish muddatini o`tab bo`lgach, belgilangan tartibda
tugatiladi. Uning tugatilishi serxarajat jarayon bo`lib, xarajatlar miqdori
stansiya umumiy qiymatining 17-33 % ga teng
AES reaktorlarini sovutishda boshqa turdagi stansiyalarga ko`ra suv ko`p
sarflanadi va ularning chiqqan yuqori haroratli suv gidrosferani termal
ifloslashi mumkin. Masalan, 1 mln. KVt elektr quvvati ishlab chiqarishda
IES lardan muhitga 1,5 km
3
issiq suv chiqsa, AES lardan esa 3-3,5
km
3
gacha issiq suv chiqadi. Bunday termal suvlar daryolarga
tashlanganda suvning harorati ko`tarilishidan unda kislorod etishmasligi
kelib chiqib, ko`pchilik gidrobiontlar uchun noqulay ekologik vaziyat
vujudga keladi. Buning oldini olish maqsadida AES dan chiqqan issiq
suvni sovutish uchun maxsus hovuzlar quriladi. Masalan 1000 MVt
quvvatli elektr stansiyasi suvini sovutish uchun maydoni 800 – 900 ga



252
bo`lgan hovuz quriladi. Bunda, bir tomondan hovuz qurilishi uchun


unumdor yer sarflansa, ikkinchi tomondan hovuzning mavjudligi atrof
yerlarining meliorativ holatini yomonlashtiradi.
Ammo, yuqorida keltirilgan kamchiliklaridan qat‘iy nazar, AES lar
hozirgi zamon elektroenergetikasida ekologik tozaligi va iqtisodiy
samaradorligi jihatidan yetakchi o`rinni egallaydi. Atom energetikasining
kelajagi porloq ekanligini quyidagilarda ko`rish mumkin:
-uning atrof muhitga salbiy ta‘siri boshqa turdagi stansiyalarga nisbatan
juda ham kam;
-yadro yoqilg`isining zahiralari amalda bitmas-tuganmasdir.
Atom elektr stansiyalarida juda oz miqdordagi yoqilg`i evaziga katta
miqdorda elektr quvvati olish mumkin. Masalan, issiqlik elektr
stansiyalarida 1000t. ko`mirni yondirib olinadigan elektr quvvati atom
stansiyalarida 0,5 kg. yadro yoqilg`isidan olinadi;
AES qurilishida energiya tashuvchilar (organik yoqilg`i va suv)
zaxiralarining joylashish o`rinlariga e‘tibor bermay, stansiyani inson o`zi
uchun qulay bo`lgan xohlagan yeriga qurishi mumkin. Chunki atom
stansiyalari uchun katta miqdorda yoqilg`i va uni tashish uchun
ko`p xarajat talab qilinmaydi;
AES lardan chiqadigan radioaktiv chiqindilar, odatda, belgilangan tartibda
zararsizlantiriladi va standart belgilari bo`yicha ko`miladi. Stansiya
bloklaridan atmosferaga biror xildagi zararli tashlama gaz chiqmaydi. AES
larning xavfsiz ishlashi ustidan jiddiy nazorat o`rnatilgan. Shuning uchun
ham bunday korxonada ishlovchilarda kasallanish darajasi IES lardagiga
qaraganda, odatda, 5-7 marta kam bo`ladi. Shuning uchun ham AES lar
haqli ravishda ekologik toza elektroenergiya manbai deb tan olingan.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin