Shunday qilib, aholi joylashishiga tabiiy sharoitlar, iqtisodiy sharoitlar, aholining kelib
o`rnashgn vaqti, xo`jalik tipi (dehqonchilikdami, sanoatdami, chorvachilikdami), tashqi va ichki
migrasiyalarning intensivligi kabilar hal qiluvchi ta`sir ko`rsatadi. Ayni paytda Afrika aholisining
joylashishiga tarixiy sharoit, ya`ni qul savdosi va mustamlakachilik tizimining ta`siri kuchli bo`lgan.
Har bir mamlakatning rivojlanishi uchun aholining muayyan soni va zichligi bo`lishi kerak.
Aholining soniga va joylashishiga aholining tabiiy ko`payishi bilan birga aholining “mexanik
ko`payishi” ya`ni migrasiyalar ham katta ta`sir ko`rsatadi.Migrasiyaning asosiy sababi iqtisodiy sabab
bo`lib, undan tashqari: siyosiy, diniy, milliy (turklar bilan o`zbeklar), ekologik (Orol bo`yi, Rur
havzasi) sabablari ham mavjud.
Ichki migrasiyalar – bir mamlakat doirasida aholining qayta taqsimlanishi bo`lib, unda umumiy
aholi soniga ta`sir etmaydi.
Tashqi migrasiyalar – mamlakat va qit`alar aholisi soniga ta`sir etadi. Immigrasiya –
emmigrasiyadan ortiq bo`lganda mamlakat aholisi mexanik ko`payadi. Emmigrasiya ortganda esa
aholi mexanik kamayadi. XIXasr boshlaridan II-jahon urushiga qadar Yevropa asosiy emigrasiya
markaziga aylandi va 60 mln aholi ko`chib ketdi, 1-navbatda Shimoliy Amerikaga, Braziliyaga,
Argentina, JAR, Avstraliya va Yangi Zelandiyaga. II-jahon urushidan so`ng emmigrasiyaning 2-
markazi – Osiyo vujudga keldi. Asosan Xitoy, Hindiston, Bangladesh, Yaponiyadan Horijiy Yevropa
davlatlariga; JAR, AQSH, Braziliya, Indoneziya, Singapurga migrasiya kuchaydi.
1970-80 yillar Yer sharida immigratsiyaning yangi markazi Yaqin Sharq paydo bo`ldi. Bu
regionda OPEK ga a`zo davlatlar chetdan ko`plab mehnatkashlarni o`ziga jalb qildi. Hindiston,
Pokiston, Bangladesh – Yaqin Sharq mamlakatlariga asosiy ishchi kuchi etkazib beruvchi davlatlarga
aylanib qoldi.Lekin hamon AQSH jahonda immigrasiyaning muhim markazi bo`lib kelmoqda. Yiliga
AQSH ga 1 mln aholi immigrasiya qilmoqda.
XX asrning 2-yarmida tashqi migrasiyaning yangi shakli “Oqillar (donolar) migrasiyasi” paydo
bo`ldi. Bunda: olimlar, vrachlar, injenerlar va boshqa malakali mutaxassislar ko`chib ketadi. “Oqillar
migrasiyasi” dastlab Horijiy Yevropadan AQSH ga bo`lgan bo`lsa, 1980-90 yillardagi iqtisodiy va
siyosiy vaziyatlar tufayli MDH davlatlaridan Horijiy Yevropa va AQSH ga bo`lishi kuzatilinmoqda.
Jahondagi chet el ishchi kuchlarining ( mehnatkashlar migrasiyasining) 40 % i SHimoliy
Amerikaga, 25 % i Yevropaga, 20 % i Osiyoga, 15 % i boshqa regionlarga to`g`ri keladi.
Iqtisodiy faol aholining Katarda 92 % ini, BAA da 89 % ini, Quvaytda 86 % ini, Omanda 70 %
ini, Saudiya Arabistonida 60 % ini, Liviyada 50 % ini “gastarbeytarlar” tashkil etadi (2005 y). Ichki
migrasiyaga aholi qishloq joylaridan shaharlarga ko`chishi ham kiradi. XX asrning oxirlariga kelib bu
migrasiya ko`lami shu qadar kattalashdiki, buni “XX-asrda aholining buyuk ko`chishi” deb atalindi.
Yangi yerlarning o`zlashtirilish ham migratsiya bilan bog`liq bo`lib, hududi katta va aholisi
zich mamlakatlarda kuzatilinadi. Masalan: Rossiyada (Qoratuproq zonasining o`zlashtirilishi, BAM ni,
taygani
o`zlashtirilishi),
Qozog`istonda,Kanadada
(Shimolni
o`zlashtirilishi),
Braziliyada
(Amazoniyani), Avstraliyada (savannalarni), Xitoyda (Tibetni), O`zbekistonda (Mirzacho`l,
Yozyovon).
Dostları ilə paylaş: