darajasidagi o’zgarishlar aholi takror barpo bo’lishida ham sezilmasdn qolmaydi. Natijada aholi takror
barpo bo’lishida bir turdan, ikkinchi o’tish boshlnadi. Buni fanda “demografik o’tish” deb nomlanadi.
Manbalarda ko’rsatilishicha aholi takror barpo bo’lishining dastlabki davrlarid tug’ilish ham
o’lim ham yuqori bo’lgan natijada tabiiy o’sish juda past ko’rsatkichni tashkil etgan.
Ikkinchi davri XIX asrlarga borib taqaladi. Bunda tug’ilish yuqori, o’lim birmuncha me’yoriy
holatda bo’lib aholi tabiiy o’sishi oldingiga nisbatan baland bo’lgan.
Aholi takror barpo bo’lishining kengaygan yana bir uchinchi yangi tipida o’lim o’zining eng
past ko’rsatkichiga ega bo’ladi, tug’ilish yuqoriligicha saqlanib turadi. Natijada aholining tezlik bilan
o’sishi kuzatiladi. Rivojlanayotgan davlatlarda kuzatilgan bu vaziyat 1950-1970 yillarga to’g’ri
keladi. Huddi shu 1950-70 yillarda aholi o’sishi uning geografik joylashuvid ham aks etadi. Yer
yuzining barcha mamlakatlarida aholining ko’payishida o’sish qayd etildi.
Navbatdagi tipda tug’ilish ham o’lim singari kamaya boradi, aholi tarkibid keksalar salmog’i
oshadi. Yuqorida misol qilib keltirilgan Yevropa davlatlari uchun aholi takror barpo bo’lishining
aynan shu oddiy tipi xos. Bu tipdgi davlatlard aholi o’rtacha umr ko’rish yoshi uzayadi, biroq o’lim
borgan sari oshib boradi. Oqibatda tug’ilish bilan o’lim tenglashib, tabiiy ko’payish jarayoni manfiy
tus oladi. Hozirgi vaqtda yer yuzidagi rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar aholisi takror barpo
bo’lishi bir-biridan keskin farq qilmoqda. Bu esa aholi takror barpo bo’lishini yirik ikki tipga
ajratishni zarurligini ko’rsatmoqda. Qolganlari shu ikkalasi o’rtasidagi oraliq tip sifatida xizmat qildi.
Tadqiqotlardan rivojlanayotgan davlatlarda ham tug’ilish borgan sari kamayayotganligigi,
o’lim ko’rsatkichini pasaytirishga urinishlar, keyinchalik kengaygan aholi takror barpo bo’lishi o’rnini,
oddiy ko’rinishdagisi egallashidan dalolat beradi.
Aholi takror barpo bo’lishi ko’rsatkichlari.
1. Hayotiylik koeffitsenti.
Dostları ilə paylaş: