40
III BOB.
CMS — KONTENTNI BOSHQARUV TIZIMLARI
12
-dars.
CMS PLATFORMALARI BILAN TANISHISH
Oxirgi o‘n yillikda zamonaviy saytlar oddiy saytlarga nisbatan
ancha ilgarilab ketdi. Zamonaviy saytlar bejirim dizayn va
puxta o‘ylangan reklama usullaridan tashqari, takrorlash
qiyin bo‘lgan qat’iy funksiyalarni o‘z
ichiga olgan sahifalar
to‘plamidan iborat. Shu sababli, aksariyat foydalanuvchilar
turli funksiyalarga ega zamonaviy saytni “nol”dan yozishdan
ko‘ra, ommalashgan CMS platformalardan
foydalanishni
ma’qul ko‘radi.
BUNI BILASIZMI?
CMS platformalari qanday imkoniyatlarga ega bo‘lishi
lozim?
CMS platformalarida qanday ishlash mumkin?
CMS platformalarida yaratilgan qanday saytlarni bilasiz?
DIQQAT
O‘zini yoki mahsulotini internet orqali reklama qilmoqchi bo‘lgan kompaniyalarning o‘z
shaxsiy sayti bo‘lishi zarur. Professional mutaxassislar guruhiga ega ixtisoslashgan
firmalardan farqli ravishda, aksariyat tashkilotlarda
shaxsiy sayt yaratish uchun
mutaxassislar yetishmaydi. Shu sababli, ular standart funksiyalar to‘plamiga ega CMS
platformalardan foydalanadilar. CMS platformalar sayt tarkibini materiallar bilan to‘ldirish,
ularni o‘zgartirish va resurslarni boshqarish, yangi
sahifalar yaratish, sayt ko‘rinishi, dizaynini
optimallashtirish va uning tarkibini yaxshilash imkoniyatlarini beradi.
Saytning ko‘pfunksionalligi, imkoniyatlari, foydalanuvchi uchun qulayligi CMS platformaga
bog‘liq. To‘g‘ri tanlangan platforma saytni muvaffaqiyatli yaratish, reklama
qilish bilan bir
qatorda, mijozga zavqli, ishonchli va talab darajasida ishlash imkonini beradi.
TAYANCH
TUSHUNCHALAR
Yopiq kodli platforma
—
shifrlangan dasturiy ta’minot.
Uning tarkibini ko‘rib chiqish,
tahrirlash, o‘zgartirish,
unga qo‘shimchalar kiritish
mumkin emas.
Plugin
(plagin) — dasturiy
ta’minot uchun qo‘shimcha
ilova. U dastur imkoniyatlarini
kengaytirish uchun xizmat
qiladi.
CMS platformalar ikki guruhga bo‘linadi:
—
ochiq kodli (bepul tarqatiladigan)
, foydalanuvchi tomonidan ichki kodining o‘zgartirilishiga
ruxsat beriladigan tizimlar:
WordPress, Joomla, Drupal, Typo3, OpenCart, Serendipity, Dotclear,
ImpressPages, Chamilo, Magento, PrestaShop;
—
yopiq kodli (tijorat maqsadida tarqatiladigan)
, foydalanuvchi
tomonidan ichki kodining
o‘zgartirilishiga ruxsat berilmaydigan tizimlar:
Shopify, 1С-Битрикс, CS-cart, DataLife Engine,
BigCommerce , Shop-Script.