+998903769702 Annotatsiya



Yüklə 33,08 Kb.
səhifə1/2
tarix01.12.2023
ölçüsü33,08 Kb.
#170638
  1   2
Turayev Abduamit maqola 2 O\'zMU


MASOFAVIY TA’LIM VOSITASIDA BO’LAJAK BOSHLANG’ICH SINF O’QITUVCHILARINING BILISH FAOLIYATI VA METODIK TAYYORGARLIGINING TAKOMILLASHTIRISH ZARURIYATI
Termiz davlat pedagogika instituti o’qituvchisi
Abduamit Turayev Murodulla o’g’li
abduamitturayev@gamil.com
+998903769702


Annotatsiya: Ushbu maqolada bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarining bilish faoliyati va ularning ta’lim jarayonida metodik tayyorgarligini qay daraja tashkillashtirish kerakligi haqida aytib o’tilgan.
Kalit so’zlar: masofaviy ta’lim, boshlang’ich sinf, bilish faoliyati, tayyorgarlik, zaruriyat, takomillashtirish, zaruriyat, metodik tayyorgarlik.
Mamlakatimizda mustaqillik qoʼlga kiritilgan kundanoq barkamol avlodni shakllantirish masalasini hal qilish davlat siyosati darajasiga koʼtarildi. Bu borada 2020-yil 23-sentyabrda Oʼzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʼgʼrisida”gi qonuni [1] va u asosida Oʼzbekiston Respublika Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “Taʼlim-tarbiya tizimini takomillashtirishga oid qoʼshimcha chora tadbirlar toʼgʼrisida”gi PQ-4884 sonli qarori [2], 2020-yil 6-noyabrdagi “Oʼzbekistonning yangi taraqqiyot davrida taʼlim-tabiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PF-6108-sonli qarori [3], qolaversa, koʼplab meʼyoriy hujjatlar boshlangʼich taʼlimni tashkil etish va uning mazmunini zamonaviy taraqqiyot talablari asosda ekanligi taʼkidlanmoqda. Bunda shubhasiz zamonaviy boshlangʼich taʼlim uchun ilmiy metodologik jihatdan istiqbolli yoʼnalishni modernizatsiya qilish va shu asosida boʼlajak boshlangʼich sinf oʼqituvchilarini zamonaviy va raqobatbardosh qilib kasbiy faoliyatga tayyorlash eng oliy vazifalardan biridir. Bunga sabab boshlangʼich taʼlim uzluksiz taʼlimning poydevoridir, qolaversa, boshlangʼich taʼlimning asosiy maqsadi oʼquvchilardagi savodxonlik asoslari va hisoblash tafakkuri haqidagi bilim va koʼnikmani shakllantirish, olgan bilimlarni hayotda qoʼllay olishi hamda bu orqali qator shaxsiy sifatlarni oshirishdan iboratdir.
Hozirgi kunda anʼanaviy oʼqitish oʼrnini savodxonlik, kompetentsiya va shaxsiy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan masofaviy innovatsion yondashuv va qarashlar egallamoqda. Shuni inobatga olgan holda oʼquvchilarning kompetentsiyaviy uygʼunlik bilan birga egallagan bilimi, koʼnikma va malakalarini integratsion-raqamli nazorat qilish, ularning olayotgan bilimlaridagi boʼshliqlarni aniqlash hamda mavjud yangiliklar bilan toʼldirib borish, iqtidorli, qiziquvchan oʼquvchilardagi intellektual calohiyatning muntazam rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratish, mavzulashtirilgan mantiqiy topshiriqlar tizimini ishlab chiqish, qolaversa bu topshiriqlarni oʼquvchilarning qiynalmasdan oʼzlashtirib olishiga, ularning ilmiy dunyoqarashini, amaliy tafakkurini kengaytirish, mustaqil, ijodiy fikrlashini, mantiqiy mushohada yuritishini oʼstirish kabi qator vazifalarni qamrab olishiga eʼtibor qaratilishi zarur. Bular esa oʼz navbatida xalqaro baholash tizimiga doir PISA, PIRLS va TIMSS topshiriqlarini yechishda tayyorgarlik vazifalarini oʼtaydi. Qolaversa, har bir boshlangʼich taʼlim faniga doir oʼquv-tarbiya jarayonida innovatsion texnologiyalaridan hamda pedagogika fanining modifikatsion usullaridan doimiy foydalanish, qolaversa taʼlim jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari elementlari, masofaviy taʼlim, mulʼtimedialarni olib kirish, ulardan mustaqil taʼlim olish uchun keng koʼlamda foydalanish, hamkorlikda faoliyat yuritishni yoʼlga qoʼyish kabi vazifalar dolzarb tuc olmoqda. Taʼlimga doir qator meʼyoriy-huquqiy xujjatlarda ham boshlangʼich cinflar uchun bugungi talabga mos zamonaviy oʼqituvchilarni tayyorlash macalaciga alohida eʼtibor qaratiladi.
Yuqoridagi qator ijobiy tomonlarni tahlil qilar ekanmiz, bugungi kun boʼlajak boshlangʼich sinf oʼqituvchilari zamon talablariga javob berishi, raqobatbardosh yoshlarni tarbiyalash uchun nazariy va amaliy bilish faoliyatini takomillashtirish usullarini ishlab chiqishi hamda metodik bazani takomillashtirishi lozim. Bu bazani boʼlajak boshlangʼich sinf oʼqituvchisi mustaqil taʼlim olish orqali boyitadi. Bugungi kunda mustaqil taʼlimdan foydalanishning aktiv varianti masofaviy oʼqitish tizimidan foydalana olish koʼnikmasiga ega boʼlish hisoblanadi. Shu oʼrinda Prezidentimizning “Bir narsani yaxshi tushunish kerak. Hozirgi sharoit, muhit va imkoniyat 30-40 yil oldingi davrdan umuman boshqacha. Shuning uchun oʼqitish metodikasi ham, darslik ham, pedagoglarning yondashuvi ham zamonga mos ravishda tubdan oʼzgarishi kerak»” degan fikrlarni keltirishni joiz deb bildik. Taʼlim jarayonini oʼzgartirish, tubdan yangilash uchun avvalo boʼlajak boshlangʼich sinf oʼqituvchisining bilish faoliyatini takomillashtirishning asosiy yoʼnalishlarini tanlash lozim.
Boshlangʼich cinf oʼqituvchici nafaqat oʼqimishli (fikrlash qobiliyati yukcak darajada rivojlangan, aqliy calohiyati yuqori odam), balki eng avvalo, ziyoli (yukcak ichki va tashqi madaniyatga ega odamlarning ijtimoiy guruhiga mancub va aqliy mehnat bilan malakali ravishda shugʼullanuvchi incon) [4, 28-b.]. Аyniqsa bugungi kun boshlangʼich sinf oʼqituvchisi kuchli nazariy bilimga ega, yangilikka intiluvchan, oʼz gʼoyalarini amaliyotga tadbiq eta oladigan, jaxon tajribasiga qiziqadigan va yangi andozadagi oʼqitish tizimini taʼlimga olib kirishga qodir boʼlishi lozim. Bu vazifalarni bajarishda boʼlajak boshlangʼich sinf oʼqituvchisining oladigan bilimlariga, auditoriya va mustaqil oʼzlashtirish faoliyatiga alohida eʼtibor berish lozim. Biz oʼz tadqiqot ishimizda boʼlajak boshlangʼich sinf oʼqituvchisining bilish faoliyati, uning yoʼnalishlari, bilish strukturasini takomillashtirish boʼyicha qator ilmiy ishlarni tahlil qildik hamda qator fikrlarni ilgari surdik.
N.U.Bikbaeva, А.Z.Igolovich, А.S.Litvenenko, G.M.Murtazin, M.N.Terexin, L.N.Tregurova boʼlajak boshlangʼich sinf oʼqituvchilarining bilish faoliyatini faollashtirishda oʼrganilayotgan materialga iroda kuchi va hissiy munosabatni talab etuvchi oʼquv jarayonini alohida tashkil etish sifatida tahlil etgan[5, 8-b.].
E.G.Mingazov, M.N.Skatkin, А.M.Umronxoʼjaev, T.I.Shamova, T.I.Щukina va boshqa qator olimlar muammoli taʼlim orqali boʼlajak boshlangʼich sinf oʼqituvchilarni bilish faoliyatini takomillashtirish haqidagi fikrlarni ilgari surgan. Ularning tahliliga koʼra boʼlajak boshlangʼich sinf oʼqituvchisi oʼquvchida mustaqillik, ijodkorlik, faollikni emas, balki bilish faoliyatini shakllantirishi lozim [5, 9-b.].
M.I. Dyachenko oʼqituvchining kasbiy faoliyatga tayyorligini, uning oldida turgan vazifalarning mazmunini va ularni amalga oshirish shartlarini aks ettiruvchi subʼektning faol faoliyat holati sifatida belgilaydi. Bu vazifalarning mazmuniga, oʼqituvchi uchun ahamiyatliliga qarab ularning yechimini taʼminlash uchun tegishli faoliyat faollashtiriladi [6, 18-b.].
G.K.Chikunova boʼlajak boshlangʼich sinf oʼqituvchisining innovatsion faoliyatini, kasbiy va shaxsiy tayyorgarligini shakllantirish muammolarini oʼrgangan.
А.P.Аristova, O.R.Roziqov, R.А.Mavlyanova – boʼlajak boshlangʼich sinf oʼqituvchilarning bilish faoliyatini shakllantirishning psixologik jarayonlarni tarkib toptirishga bogʼliq deb hisoblagan [5, 8-b.].
Boshlangʼich sinf oʼqituvchilarning kasbiy madaniyatini shakllantirish muammosini M.Jumaev, boʼlajak oʼquvchilarni taʼlim jarayoniga texnologik yondashuvga tayyorlashni O. Haydarova oʼz ilmiy ishida oʼrgangan.
G.M.Murtazin boʼlajak boshlangʼich sinf oʼqituvchilarning tafakkurini takomillashtirish va bilish faoliyatini rivojlantirish mohiyatini tinglash, oʼqish, kuzatish, oʼlchash, hisoblash, his etish, qabul qilish, tasavvur qilish, xotirlash, fikrlashga qaratilishi lozimligini asoslangan [5, 9-b.].
D.S.Litvinenko oʼz tadqiqot ishida boʼlajak boshlangʼich sinf oʼqituvchisi bilim, koʼnikma va malakaga nisbatan ikki yoqlama munosabatda boʼlishi kerakligini taʼkidlaydi [5, 10-b.].
А.Z.Igolovich bilish faoliyati deb turli masalalarni jadval asosida bajarishni tushunadi [5, 11-b.].
А.R.Tregurova oʼzining ilmiy ishida boʼlajak boshlangʼich sinf oʼqituvchilarni faol taʼlimga jalb qilish uchun psixik jarayonlarning oʼrni haqidagi fikrlarni bayon qilgan [5, 9-b.].
N.V.Аmmocovaning taʼkidlashicha boʼlajak boshlangʼich sinf oʼqituvchisi quyidagicha boʼlishi kerak [7, 24-b.]:
bugungi kun yangiliklariga tayyor boʼlishi;
ilmiy dunyoqarashga ega;
insonparvarlik ruhida tarbiyalangan boʼlishi;
taʼlim jarayoniga fakultativ mashqlarning yangi shakllarini kirita olishi;
ilmiy bilishning shakl va metodlarini hamda ularning evolyutsiyacini bilishi, tevarak olamni bilish hamda uni oʼzlashtirishning turli metodlariga ega boʼlishi;
jamiyat taraqqiyotida ilm-fanning ahamiyatini tushunishi;
axborotlarni qidirish, qayta ishlash va foydalanishning innovatsion metodlaridan xabardor, axborot oluvchi uchun ularni moclashtirish hamda sharhlash qobiliyatiga ega boʼlishi;
ilm-fan taraqqiyoti va oʼzgarib borayotgan ijtimoiy amaliyot sharoitida oʼz nuqtai nazarini qayta koʼrib chiqish, ishlashning innovatsion shakl va metodlarini tanlashga qodir boʼlishi;
turli fanlararo bilim cohalarida ishlashga pcixologik va metodik tayyorlangan boʼlishi;
inson shaxsi rivojlanish davrida oʼziga xoc davr cifatida bolalikning ahamiyatini his qilishi kerak.
N.V.Аmmocovaning fikricha, bugungi kun boʼlajak boshlangʼich sinf oʼqituvchisi zamon bilan hamnafas boʼlishi lozim. Uning yozishicha, talabaning maʼlum bir qolipda qotib qolishiga anʼanaviy taʼlim sababchi boʼladi. Аynan anʼanaviy taʼlimda talaba koʼproq eshitadi, koʼradi, eclab qoladi, qayta xotirlaydi, biroq ijodiy fikrlamaydi va mustaqil fikrlash, mushohadaga kam harakat qiladi. Mustaqil gʼoya yoki fikrni taklif etmaydi [7, 24-b.].
Boʼlajak boshlangʼich sinf oʼqituvchilarini metodik tayyorlashda oliy taʼlimda oʼqitiladigan mutaxassislik fanlari muhim ahamiyatga ega.
Bugungi kunda yangilangan oʼquv reja va dacturlarni amalga oshirishda oʼquv-metodik taʼminotni boyitish hamda boshlangʼich cinf oʼqituvchilarini tayyorlash uchun innovatsion yondashuvlarni belgilab olish zaruriyati yuzaga keldi. Аynan oʼsha paytdan boshlab, metodik tayyorgarlikni amaliyotga bogʼlab tashkil etish, sinab koʼrish tushunchasi kirib kela boshladi. Lekin oʼshanda talabalar mustaqil faoliyatga kam kirishar edi va uni loyihalash jarayoni samarali tashkil etilmagan edi. Bugungi kunga kelib esa nafaqat mustaqil taʼlim bilan ishlashning raqamli usullari yaratildi, balki mazmun bilan ishlashga ham katta eʼtibor berila boshlandi.
Qolaversa, boʼlajak boshlangʼich sinf oʼqituvchilarini metodik tayyorlashda masofaviy taʼlimdan foydalanish kasbiy kompetentlikni va kompetentsiyaviy faoliyatni shakllantirishda muxim ahamiyatga ega.
Masofaviy taʼlim tushunchasi kompetentsiya, kompetentlik, pedagogik texnologiya, axborot texnologiya tushunchalari bilan oʼzaro parallel ishlatiladi.

Yüklə 33,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin