1- tarbiyalanuvchilar: — Tinchlik — muborak so‘z, muqaddas kalom. Keksalarimiz duosida, ezgu niyatlarida ushbu so‘zni takror va takror eshitamiz.
2- tarbiyalanuvchilar: — Ne baxtki, muqaddas zaminimiz — mustaqil O‘zbekistonimizda osoyishta hayot hukmron. Osuda turmush biz, baxtiyor avlodlarga nasib etgan.
3- tarbiyalanuvchilar: — Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, azaliy qadriyatlarimiz tantana qilib, yurtimizda ko‘plab bayramlar nishonlana boshladi. Barcha bayramlarimiz o‘z mazmun-mohiyatiga ko‘ra xalqimizning azaliy an’ana, urf-odatlarini, orzu-umidlarini namoyon etadi. Shu jumladan, o‘tganlar yodga olinayotgan, nuroniy bobo, momolarimiz qadrlanayotgan bugungi kun ham.