9-Mavzu: Video tasvirlarga ishlov berish xususiyatlari Informatsion ta’minotda multimedia



Yüklə 37,27 Kb.
səhifə1/11
tarix17.06.2023
ölçüsü37,27 Kb.
#132052
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
9-mavzu


9-Mavzu: Video tasvirlarga ishlov
berish xususiyatlari


Informatsion ta’minotda multimedia

Tovushlar va videoelementlar (video) bilan ishlash multimedia vositalari deb ataladigan maxsus texnik va uskunaviy qurilmalar bilan amalga oshiriladi. Bunday texnik vositalar bilan jihozlangan kompyuter multimedia-kompyuter deb ataladi.


«Multimedia» atamasining lug‘aviy ma’nosi multimuhitni anglatadi. Ammo «multimedia» tushunchasining aniq ta’rifi mavjud emas. Odatda, multimedia deganda turli shakldagi ma’lumotlarni qayta ishlovchi vositalar majmuasi tushuniladi. Ayni vaqtda bu, awalo, tovushlar, videoelementlarni qayta ishlovchi vositalardir.
Shu bilan birga, multiplikatsiya (animatsiya) va yuqori sifatli grafika
hollarida ham multimedia haqida gapirish mumkin. Kelajakda multimedia vositalari ma’lumotning boshqa turlari, masalan, virtual voqelik bilan ishlash imkonini berishi ehtimoldan xoli emas.
Multimedia prinsiplarida qurilgan elektron ma’lumotnoma (spravochnik)lar, ensiklopediyalar, taijimonlar va lug‘atlar kishini hayratga soladi. Tarix, geografiya, tibbiyot, sport va boshqa sohalar bo‘yicha turli elektron ensiklopediyalar mavjud.
Ma’lumki, ma’ruzani talabalarning 25% iga yaqini o‘zlashtiradi. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, bir vaqtning o‘zida ham ma’ruzani eshitish, ham materialni kompyuter ekranida ko‘rish va uni ekranga chiqarishni aktiv boshqarish o‘zlashtarish sifatini oshiradi. Hozir multimedia o‘quv dasturlaridan Math CAD PLUS 6.0 kabi kuchli dastur mahsulotlari tarkibida foydalaniladi. Multimedia texnologiyalaridan foydalanadigan yetarlicha jiddiy dasturlar hozircha yo‘q. Asosiy muammo – professor-o‘qituvchilarning multimedia imkoniyatlarini yaxshi biladigan dasturchilar bilan birgalikda ishlashining tashkil etilmaganligidir. Bunday o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va o‘quv yurtlarida keng tarqatish lozim.


Dasturlash texnologiyasida multimedia

Bu zamonaviy dastur mahsulotlarini yaratishdagi yangi texnologiyadir.


U professional bo‘lmagan foydalanuvchini muloqot menulari, chiroyli tasvirlar, sintezlangan tovushlar, musiqa tovushlari, dinamik grafikaning turli effektlari kabi dastur obyektlarini dasturlashtirishdek murakkab ishdan ozod qiladi. Multimediaga mansub texnik vositalar mos ma’lumotni, masalan, tovush va videoelementlarni taqlidli, uzluksiz shakldan kompyuter tushunadigan raqamli shaklga o‘tkazadi. Shu bilan birga, saqlangan va qayta ishlangan mos ma’lumotni inson adekvat qabul qila olishi uchun multimedia raqamlardan zarur obrazlar, masalan, tovush va videoelementlar yaratadi.
Multimedia – kompyuterlarning zaruriy elementi, tovushni qayta ishlovchi tovush platasidir. Tovush platasiga tovush chiqarish vositasi, akustik tizimlar yoki yakka tinglagichlar hamda audio ma’lumotlarni kiritish uchun xizmat qiladigan mikrofonlar ulanadi.
Tovush platasiga, shuningdek, magnitofon, elektr musiqa asboblari
kabi boshqa audiokomplektlar ham ulanishi mumkin.
Video bilan toiaqonli ishlash uchun videomaiumotni kompyuterga
mos shaklga va asliga qaytaruvchi moslama – videokarta zarur. Unga videokamera, videomagnitofon va televizor kabi moslamalar ulanishi mumkin. Ammo, videoshakllarni kompyuterda qayta ishlash bilan, odatda, tor doiradagi mutaxassislar shug‘ullanadi, xolos. Aksariyat foydalanuvchilar uchun videoelementlarni monitorda ifodalay olish yetarli bo‘ladi. Bunday masalani hal etish uchun har qanday zamonaviy kompyuterda mavjud bo‘lgan videoadapter va monitor yetarlidir. Tovushli (audio) va, ayniqsa, videomaiumotni kompyuterda saqlash uchun nihoyatda kichik sigimlar kerak bo‘ladi. Shu bo‘ls multimedia sifatiga ega bo‘lgan dasturiy mahsulotlar (o‘quv qo‘llanmalari, spravochnik, ensiklopediya, hordiq chiqarishga mo‘ljallangan turli dasturlar), odatda, kompakt disklarda tarqatiladi.
Bunday mahsulotlardan foydalana olishimiz uchun CD ROM deb ataladiganjamlovchi zarur bo‘ladi. U bo‘lmasa, kompyuteming muhokama etilayotgan ma’nodagi imkoniyatlari kompyuter o‘yinlari bilan chegaralanadi.
CD ROM deb atalmish jamlovchi nafaqat multimediali ilovalardan
foydalanish uchun zarur, balki kompakt disklarda kata hajmdagi boshqa dasturiy mahsulotlar tarqatish uchun ham ishlatiladi.
Ular o‘nlab yuqori zichlikdagi oddiy disketlarning o‘rnini egallashi mumkin. Binobarin, jamlovchilar faqat multimediaga taalluqli bo‘lib qolmay, balki keng ma’nodagi tatbiqlarga ham ega moslamalardir.
Tovush va video bilan ishlashni istagan foydalanuvchilar multimedia
mahsulotlari kompyuter ma’lumotlari uchun mo‘ljallangan doimiy xotiraga hamda kompyuterning mikroprotsessori, operativ xotirasi va videotizimga yuqori talablarni qo‘yishini bilishlari lozim. Bunday yuqori sifatlar, ayniqsa, videoma’lumotlar bilan ishlashda zarurdir. Tabiiyki, kelajakda bu yo‘nalishdaga talablar yanada ortadi.
Zamonaviy shaxsiy kompyuterlarning imkoniyatlari keng ekranli videoma’lumotlarni toiaqonli tasvirlash uchun yetarli bo‘lmagani uchun, bu ma’lumotlarni zichlashtirishga majbur bo‘ladilar.
Bu amal oddiy ma’lumotlarni zichlashtirishdan farqli o‘laroq, mos ma’lumotning toiaqonliligini yo‘qotadi. Videoma’lumotlarni zichlashtirish uchun texnik hamda dasturiy vositalar mavjud, audioma’lumotlarni ham zichlashtirish mumkin, mos hajmlar kata bo‘lmagani uchun bu amal uncha dolzarb emas.
Aksariyat foydalanuvchilarni qanoatlantiruvchi minimal ilovalar, tovush va video bilan ishlashga mo‘ljallangan bir qator dasturiy vositalar majmuasi bevosita Windowsda mavjud. Biz bu ilovalardan foydalanish tarkibi bilan tanishib chiqamiz. Ular tovush va musiqali kompakt disklar, ya’ni CD disklar, tovushli fayllarni tinglash, yozish va tahrir qilish, videokliplarni ko‘rish, turli manbalardagi signallarni tutashtirish, ularning balandligi majmuasi va tembrini belgilash imkonini beradi.

Yüklə 37,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin