9-mavzu. Raqamli iqtisodiyotda neyrotexnologiyalar va sun’iy intellekt reja



Yüklə 318,02 Kb.
səhifə6/9
tarix19.12.2023
ölçüsü318,02 Kb.
#184960
1   2   3   4   5   6   7   8   9
9-mavzu. Raqamli iqtisodiyotda neyrotexnologiyalar va sun’iy int

Sakkizinchidan, fan ijtimoiy takror ishlab chiqarish tizimida tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda, u ijtimoiy ishlab chiqarishning eng muhim omilllaridan biriga aylanmoqda. Bu jarayon shu jihatdan ham muhim va qiziqarliki, fan mohiyatan notijorat sohasi bo‘lib qolavermoqda, lekin shunga qaramay, ijtimoiy ishlab chiqarish omillari orasida tobora hal qiluvchi o‘ringa ega bo‘lib bormoqda. Bundan tashqari, postindustrial jamiyatda fanning o‘zi qo‘shimcha mahsulot ishlab chiqarmoqda. Agar ilgari industrial jamiyat sharoitlarida fan faqat ishlab chiqarishga xizmat qilgan va uning mahsulotni mustaqil ravishda sotishning imkoni bo‘lmagan bo‘lsa, hozirgi sharoitlarda u qo‘shimcha mahsulot ishlab chiqaradigan mustaqil, alohida bir tarmoqqa aylanmoqda. Ayrim tarmoqlarida u intellektual ishlab chiqarish xislatiga ega bo‘lmoqda. Albatta, bu jarayon bevosita shu bilan bog‘liqki, intellektual kapital ishlab chiqarishning eng muhim omiliga aylanmoqda. Muallifning fikriga ko‘ra, postindustrial jamiyat ta’rifiga qaytib, hal qiluvchi omil sifatida aynan fanning ishlab chiqarishdagi ahamiyatini oshirish jarayonini ajratib ko‘rsatish lozim. Postindustroial jamiyat sharoitlarida qandaydir ishlab chiqarish doimiy ilmiy ishlanmalarsiz rivojlanishi mumkinligini taxmin ham qilish mumkin emas.
To‘qqizinchidan, ko‘plab o‘n yilliklar davomida texnologiya va ishlab chiqarish vositalarining rivojlanishi. Biroq, muallifning fikriga ko‘ra, bu turdagi to‘qnashuvlar ko‘proq darajada agrar (industrialgacha) va industrial jamiyatning belgisi hisoblanadi. Agrar jamiyat, masalan, tabiat bilan qalin aloqada bo‘ladi (asosiy resurs – xomashyo, texnologiyalar asosi – qazib olish, texnologiyaning o‘zi – sermashaqqat). Industrial jamiyat esa inson tomonidan o‘zgartirilgan tabiat bilan o‘zaro aloqalarni ifodalaydi, asosiy omili energiya hisoblanadi, texnologiyaning asosini – tayyorlash tashkil qiladi, texnologiyaning o‘zi esa – kapital sig‘imi katta hisoblanadi.
Avvalgilardan farqli ravishda, postindustrial jamiyat odamlarning bir- biri bilan o‘zaro aloqa qiladigan jamiyatini ifodalaydi, chunki asosiy resursga axborot, texnologiyaning asosi va ishlab chiqarish faoliyati xarakteriga – qayta ishlash aylanadi, texnologiya esa ilmiy hajmdor bo‘ladi. Postindustrial jamiyat xususiyatlaridan kelib chiqib, aytish mumkinki, unga xos bo‘lgan jihatlar tufayli moddiy ishlab chiqarish va ekologiya o‘rtasidagi nizo bilan bog‘liq muammolar, nihoyat, u tomonidan hal etilishi lozim. ishlab chiqarishda moddiy xarajatlarning tobora katta ulushi ishlab chiqarishning atrof-muhitga noqulay ta’siri bilan bog‘liq oqibatlarni bartaraf qilishga to‘g‘ri kelmoqda. Ko‘plab ilmiy ishlar yangi ekologik xavfsiz texnologiyalar izlab topishga bag‘ishlangan. Bu jarayonning iqtisodiy tomonidir. Biroq yana ma’naviy tomon ham bor. Iqtisodiy talablar bilanr asoslanadigan aholining madaniy va ta’lim darajasini oshirish inson qadriyatlar tizimini o‘zgartiradi. Birinchi o‘ringa nomoddiy ehtiyojlar chiqib, ularning orasida o‘z sog‘lig‘i haqida xavotirlanmasdan sog‘lom muhitda yashash imkoniyati muhim o‘rin tutadi.
Biroq hozirgi sharoitlarda hattoki o‘zini postindustrial deb ataydigan eng rivojlangan mamlakatlarda ham moddiy ishlab chiqarish va ekologiya o‘rtasidagi nizo nafaqat hal etilmadi, balki, aksincha, yanada kuchaydi. Muallifning fikriga ko‘ra, gap shundaki, postindustrial jamiyatga o‘tish jarayoni endi rejalashtirilmoqda. Rivojlanishning mazkur bosqichida tabiat bilan nizolashmaydigan yoki unga moddiy ishlab chiqarishning salbiy ta’siri yo‘qqa chiqaradigan ishlanmalarni tobora ko‘proq taklif qiladi. Biroq agar ishlanmalar ma’lumotlarini joriy qilish jarayonida qandaydir moddiy xarajatlar yoki qo‘ldan chiqarilgan foyda muammosi aralashadigan bo‘lsa, ular darhol yo‘qotiladi. SHunday qilib, axloqiy omillar hali ishlamayapti, xuddi shuningdek, ekologik toza texnologiyalar joriy qilish natijasida nomoddiy xarakterdagi foyda olish istiqbollari ham. Ushbu haqiqat muallifning postindustrial jamiyat nazariyasi hozirgi paytda ko‘proq darajada futurologik hisoblanishi va ko‘zga tashlanayotgan tendensiyalarnigina aniqlashi haqidagi fikrini yana bir bor tasdiqlaydi.

Yüklə 318,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin