9-Mavzu: Bo‘yoqlar, preparatlar va turli shakllarda retseptlar yozish. Darsning maqsadi



Yüklə 22,59 Kb.
səhifə3/4
tarix29.12.2021
ölçüsü22,59 Kb.
#48584
1   2   3   4
9-amaliy

Imidokarb-KUPER (Angliya) firmasining mahsuloti.Qaymoq rangdagi poroshok, achchiq ta’mlik, suvda yaxshi eriydi.Piroplazmozni davolashda preparatning 4 foizlik suvdagi eritmasi tayyorlanib, molning har 100 kg.tirik vazni hisobiga 5 ml.dan (2 mg/kg) mushagi orasiga yoki teri ostiga yuboriladi. Imidokarbni qo‘llagandan keyin gohida 10-15 daqiqa davomida behollik va so‘lak oqish holatlari yuz berishi mumkin.

Imizol -Imidokarbning 12 foizlik preparat shakli bo‘lib, undagi asosiy ta’sir etuvchi modda imidokarbdir. Piroplazmozni davolash uchun har 100 kg tirik vazniga 5 ml dan mushak orasiga yoki teri ostiga yuborish tavsiya etiladi.

Diamidin -Rossiya Federatsiyasining (VGNKI) mahsuloti.Oq qizg‘ish rangdagi poroshok, achchiq ta’mlik, suvda yaxshi eriydi.Piroplazmoz bilan kasallangan mollarni davolashda preparatning 4 foizlik eritmasidan molning har 100 kg.tirik vazni hisobiga 5 ml.dan (2 mg/kg) mushagi orasiga yoki teri ostiga yuboriladi. Diamidinni qo‘llagandan keyin 10-15 daqiqa davomida molning mushagi qaltirashi va so‘lak oqish holatlari yuz berishi mumkin.

Etdin - etoniy va diamidin preparatlarining 4 foizlik suvli aralashmasi. Piroplazmoz bilan kasallangan mollarni davolashda molning har 100 kg.tirik vazni hisobiga 5 ml. dan mushagi orasiga yoki teri ostiga yuborish tavsiya etiladi.

Butachem-50 inyeksiyauchuneritmada 1 ml preparat tarkibida buparvakon 50 mg saqlaydi.

Farmakologik xususiyatlari: Butachem-50 ham shizontlar bosqichidagi,ham piroplazmalar bosqichidagi teyleriyalarga nisbatan faol ta’sir etadi. Butachem-50 ning ta’sir etish mexanizmi hozirgi paytda to‘liq aniqlanmagan. U taxminan teyleriyalarning mitoxondriyalarida elektronlar ko‘chishi mexanizmini izdan chiqaradi. Butachem-50 ni qo‘llash hujayralar tuzilmalari darajasida parazitlarning sitoplazmasida kuchayib boruvchi vakuollashuvga olib keladi, vaqt o‘tishi bilan bu parazitning tashqi membranalari va yadroviy membranalari tuzilmasining buzilishiga olibkeladi. Shu bilan birga, butachem-50 teyleriyalar parazitlik qiluvchi hujayralarning hujayra ichidagi tuzilmalarini (shu jumladan mitoxondriyalarni) shikastlamaydi. Mushak ichiga kiritilganda preparat to‘qimalarda uzoq saqlanadi.Butachem-50 ning yarim chiqarilish davri – 7 kunga yaqin.

Qo‘llash tartibi va miqdori:Preparat bir marotaba, hayvonning 20 kg tirik vazniga 1 ml preparat dozasida muskul orasiga qo‘llanadi, bu 1 kg vazniga 2,5 mg butachem-50 ni tashkil etadi. Og‘irholatlardapreparat ikkinchi marotaba 48-72 soatdan so‘ng, xuddishundaydozada takroriyqo‘llanadi.

Alohida ko‘rsatmalar.Bitta inyeksiya joyiga 10 ml dan ortiq preparatni yuborish tavsiya etilmaydi. Zarurbo‘lganda, yuborilgandozayarmisidanbo‘linadi.



IMISAN

1 ml preparat tarkibida imidokarb dipropionat 120 mg saqlaydi. «Imisan» yirik shoxli hayvonlar va mayda shoxli hayvonlar, otlar va itlarning qon parazitar kasalliklarini (babezioz, nuttalioz, anaplazmoz va aralash invaziyalar) davolash va profilaktika qilish uchun mo‘ljallangan.




Yüklə 22,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin