9-ma’ruza. Yong‘in xavfsizligi asoslari. Yong‘in xavfsizligini ta’minlash choralari. Reja



Yüklə 51,84 Kb.
səhifə1/10
tarix24.12.2023
ölçüsü51,84 Kb.
#191485
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
9-ma’ruza. Yong‘in xavfsizligi asoslari. Yong‘in xavfsizligini t-fayllar.org


9-ma’ruza. Yong‘in xavfsizligi asoslari. Yong‘in xavfsizligini ta’minlash choralari. Reja


9-ma’ruza. Yong‘in xavfsizligi asoslari. Yong‘in xavfsizligini ta’minlash choralari.


Reja:
1. Yong‘in, uning kelib chiqish sabablari, yonish turlari va fazalari.
2. Qurilish materiallari va binolarning o’tga chidamliligi va ularni xavfliligi bo’yicha tasnifi.
3. O‘zbekiston Respublikasi “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonuni va boshqa me’yoriy hujjatlar mazmun va mohiyati.


1. Yong‘in, uning kelib chiqish sabablari, yonish turlari.
Yong‘inlar xalq xo‘jaligi ob’ektlari va atrof muhitga zarar yetkazibgina qolmay insonlar hayot faoliyatining izdan chiqishiga, ularning sog‘lig‘iga zarar yetishiga va ko‘plab kishilarning o‘limiga sabab bo‘luvchi tilsiz yovdir.
Hozirgi kunda rеspublikamizda yong`in havfini kamaytirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, korxona va tashkilotlarda, maktablar, kasalxonalar, kinoteatrlar va boshqa ijtimoiy yo‘nalishdagi ob’ektlar, shuningdek uy-joy sektori binolarida yong’in yongin xavfsizligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Yong’in kelib chiqish xavfi kam bo’lgan va butunlay xavfsiz ishlaydigan elektr uskunalar, o’t o’chirishning mеxanizatsiyalashgan va avtomatlashgan tizimlari tobora kеngroq qo’llanilmoqda.
Avvalo shuni ta’kidlash joizki bugungi kunda har bir korxona, tashkilot va muassasa rahbarlari yong‘in xavfsizligi qoidalarini mukammal darajada bilishlari bilan birga uni ta’minlashlari maqsadga muvofiq. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 maydagi “Ichki ishlar organlari yong‘in xavfsizligi bo‘linmalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2992-sonli Qarorida davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari zimmasiga ularga qarashli ob’yekt va hududlarda yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklatilgan.
Yuqorida ko‘rsatilgan mansabdor shaxslar har chorakda yong‘in xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha yig‘ilishlar o‘tkazilishi, ular doirasida o‘ziga qarashli ob’yekt va hududlarning yong‘inga qarshi holatini tanqidiy tahlil qilib borishi shartligi belgilab qo‘yilgan.
Yong’in xavfsizligiga davlat tomonidan qaratilgan e’tiborning yana bir isboti bu haftaning har chorshanba kuni “Yong‘inlar profilaktikasi kuni” deb belgilab qo’yilishidir.
Lеkin, yong’in chiqishining oldini olish va o’t o’chirishda asosiy ma’suliyat rahbarlar bilan birgalikda fuqarolarimizning ham zimmasiga tushishini hamda ularning yong’in xavfsizligi qoidalariga amal qilishi, yong’inni o’chirish tеxnikasining barcha talablarini to’liq bajarishlariga bog’liq ekanligini unutmaslik kеrak. Yong’in xavfsizligi tadbirlari tartibli ravishda, yong’in xavfsizligi sohasida qabul qilingan qonun, qaror, nizom, yo’riqnoma va boshqa hujjatlar asosida olib borilishi shart.
Mamlakatimiz hududida yong‘in xavfsizligini ta’minlash va unga qarshi kurash sohasidagi munosabatlar qonun yo‘li bilan tartibga solingan. 2009 yil 30 sentabrda O‘zbekiston Respublikasining “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-226-sonli qonuni qabul qilindi.
Qonunda yong‘in xavfsizligining quyidagi asosiy tushunchalari keltirilgan:
Yong‘in – odamlarning hayoti va (yoki) sog‘lig‘iga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga, shuningdek atrof tabiiy muhitga zarar yetkazadigan, nazorat qilib bo‘lmaydigan yonish.
Yong‘inning kelib chiqishi uchun uch omilning bir vaqtning o‘zida bir joyda bo‘lishi kifoya. Ya’ni:
1. Yonuvchan modda (qog‘oz, yog‘och, neft mahsulotlari va boshqalar).
2. Kislorod (oksidlovchi).
3. Uchqun, alanga (gugurt, uchqun, elektr simining qisqa tutashuvi).
yong‘in nazorati - yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishini tekshirish va tekshiruv natijalari bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish maqsadida belgilangan tartibda amalga oshiriladigan faoliyat;
yong‘inlar profilaktikasi - yong‘inlar kelib chiqishi ehtimolini istisno etishga va ularning oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan ogohlantirish chora-tadbirlari majmui;
yong‘indan saqlash xizmati - odamlarning hayoti va sog‘lig‘ini, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini, atrof tabiiy muhitni yong‘inlardan himoya qilish, shuningdek ob’ektlarda, aholi punktlarida hamda boshqa hududlarda yong‘in xavfsizligini talab darajasida saqlab turish maqsadida belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqaruv organlari, kuchlar va vositalar majmui;
yong‘in xavfsizligi - odamlarning, yuridik va jismoniy shaxslar mol-mulkining, shuningdek atrof tabiiy muhitning yong‘inlardan himoyalanganligi holati;
yong‘in xavfsizligi talablari - yong‘in xavfsizligini ta’minlash maqsadida qonun hujjatlarida belgilangan ijtimoiy va (yoki) texnik xususiyatga ega maxsus shartlar;
yong‘in xavfsizligi talablarining buzilishi - yong‘in xavfsizligi talablarini bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik;
yong‘in-texnik mahsuloti - yong‘in xavfsizligini ta’minlashga mo‘ljallangan maxsus texnik, ilmiy-texnik va intellektual mahsulotlar, shu jumladan yong‘inni o‘chirish texnikasi va asbob-uskunalari, yong‘inni o‘chirish aslaha-anjomlari, olovni o‘chirish va olovdan himoya qilish moddalari hamda materiallari, maxsus aloqa va boshqarish vositalari, elektron hujjatlar, elektron hisoblash mashinalari uchun dasturiy mahsulotlar va ma’lumotlar bazalari, shuningdek yong‘inlarning oldini olish hamda ularni o‘chirishning boshqa vositalari;
yong‘inga qarshi rejim - yong‘in xavfsizligi talablari buzilishining oldi olinishini va yong‘inlar o‘chirilishini ta’minlash yuzasidan odamlarning xatti-harakat qoidalari, ishlab chiqarishni tashkil etish va (yoki) binolarni (hududlarni) saqlash tartibi;
yong‘inga qarshi alohida rejim - yong‘in xavfi yuqori bo‘lgan davrda muayyan hududlarda qonun hujjatlariga muvofiq yong‘in xavfsizligining qo‘shimcha talablarini belgilash.

Yüklə 51,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin