9-Ma’ruza. O‘zgaruvchan tok tortuvchi nimstansiyalarning ta’minlash sxemalari va tortuvchi nimstansiya turlari



Yüklə 295 Kb.
səhifə2/3
tarix20.11.2023
ölçüsü295 Kb.
#164976
1   2   3
a) b)
Ttransfоrmatоrli pоdstansiyalar sxemasi: a) uch cho`lg`amli transformatorning ulanish sxemasi; b)yulduz-uchburchak ulanish guruhki kuch transfоrmatоrini tarmоg`ga ulash sхemasi; 1-havo elektr uzatish yo`llardan kelgan kirish qismlar; 2-havo elektr uzatish yo`llardan kelgan kuchlanishni taqsimlovchi qurilmalar; 8- tarmog`ning fiderlari; 9-kuchlanishi 35 kV taqsimlovchi qurilmalar; 10-kuchlanishi 35 kV iste’molchilarining fiderlari; 12-uch chulg`amli asosiy va rezerv kuch transformatorlari, 13-o`zgaruvchan tokli taqsimlovchi qurilmalar.
2 tarsformatorli podstansiyalarning elektr ta’minlash sxemasi rasmda berilgan.
Ikki transformatordan elektr ta’minlash sxemasi
Podstansiya kuch transformatorlari elektr energiyani 110 kV yoki 220 kV kuchlanishli taqsimlovchi qurilmalardan oladi. Har bir transformatorning ikkilamchi chulg`ami ikki seksiyadan tashkil qilinadi.
Har bir podstansiyada bir nechta ishlab turuvchi va bitta zahira transformatori o`rnatish ko`zda tutiladi. Biron ishlab turuvchi transformator buzilsa, o`rniga darhol zahiradagi transformator o`rnatiladi
Uch transformatorli podstansiya
Tortuvchi podstansiya TP (tyagovaya podstansiya) bu elektr energiyaning iste’mol qiluvchi podstansiyasi bo`lib, u elektrlashgan va yer ustida yo`naltirilgan transportlar: temir yo`l, metropoliten, tramvaylarning kontakt tarmog`ini yuqori sifatli elektr energiya bilan uzluksiz ta’minlab turishga mo`ljallangan. Tortuvchi podstansiyalardan boshqa notortuvchi ist’molchilar ham elektr energiya bilan ta’minlanadilar. Tortuvchi podstansiya TP (tyagovaya podstansiya) kontakt tarmog`i KS (kontaktnaya set’) orqali transport vositalariga bog`liq elektr tortish tizimlarining elektr ta’minotini amalga oshiruvchi podstansiyadir. Tortuvchi podstansiyalar, seksiyalangan kontakt tarmog`i KS va ularni bog`lovchi havo yoki kabel elektr uzatish yo`llari ichki elektr ta’minotini tashkil qiladi.
Tayanch podstansiya (opornaya TP) elektr energiyani tashqi elektr taqsimoti tarmog`idan soni ikki va undan ortiq bo`lgan 35 kV, 110 kV yoki 220 kV kuchlanishli havo elektr uzatish yo`llardan oladi hamda tranzit, shohobchalangan va tupiksimon podstansiyalarning elektr ta’minoti tarmog`ini elektr energiya bilan ta’minlaydi.

Yüklə 295 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin