9-Ma‘ruza mashg‘uloti mavzusi: Shahar hududini yo’g’ingarchilik suvlaridan ximoyalash. Qor va yomg’ir suvlarini bartaraf qilishning chora-tadbirlari. Reja. Qor – yomg‘ir suvlarining paydo bo‘lish sabablari shahar hududidan oqova suvlarni


Shahar hududidan oqova suvlarni qochirish



Yüklə 364,96 Kb.
səhifə2/4
tarix08.05.2023
ölçüsü364,96 Kb.
#109674
1   2   3   4
9-ma\'ruza Xudayberganov B.A

Shahar hududidan oqova suvlarni qochirish 
Shaharsozlik amaliyotida uning hududidan oqova suvlarni qochirishning 3 ta turi mavjud:
  • ochiq suv qochirish – qor – yomg‘ir suvlari ariqlar, kanallar orqali olib chiqiladi;
  • yopiq (yashirin) suv qochirish – qor – yomg‘ir suvlari yer osti quvurlari orqali suv chiqariladigan joygacha olib borilib, suvni quvurga tashlash uchun suv qabul qiluvchi maxsus quduqlar qo‘llaniladi;
  • aralash (mushtarak) suv qochirish - yuqoridagi ikki tizim elementlari mujassamlashtiriladi.

  • Ochiq suv qochirish tizimini qurish oson va arzon bo‘lishi bilan birga qator kamchiliklarga ham ega, ya’ni, yomg‘ir ko‘p yoqqanda ariqlar to‘lib ketishidan tashqari, ba’zan cho‘kindi jinslarga ham to‘lib qoladi. Qolaversa, oqova suv kanallari shahar ko‘chalari uchun noqulaylik tug‘diradigan darajada katta bo‘lishi bilan birga barcha chorraha va kirish – chiqish yo‘llarida ko‘prik yoki quvurlar o‘rnatishni talab qiladi. Bularning hammasi transport harakati uchun ma’lum darajada noqulayliklar tug‘diradi.

Yopiq (yashirin) suv qochirish tizimi zamonaviy shaharsozlikning injenerlik obodonchilik talablariga to‘la javob beradi. Mushtarak tizimi kichik shaharlar uchun qulay bo‘lsa, katta shaharlar uchun noqulaydir, uni katta shaharlar uchun vaqtincha, ya’ni keyinchalik almashtirishni inobatga olib qo‘llaniladi.
Yopiq (yashirin) suv qochirish tizimi shahar suv qochirish silsilasi (ba’zan shahar suv qochirgich) yoki oqova suv tarmog‘i deb ataladi.
Umumiy holda shahar oqova suv tarmog‘i qor – yomg‘ir, xo‘jalik va tashlandiq suvlarni yig‘ib olib, chiqib ketish vazifasini bajaradi. Shahar oqova suv tarmog‘i tizimi tarkibidagi suv turiga qarab ular: umumoqizgich, alohida va yarim alohida suv oqizgich turkumlariga bo‘linadi. Umumiy oqova suv tarmog‘i o‘zida barcha suvlarni yakka quvurda oqizishi bilan boshqa tarmoqlardan afzaldir. U qurilish nuqtai - nazaridan ham ancha qulaylikka ega. Chunki bir nechta quvur o‘rniga yakka quvurni yotqizish iqtisodiy jihatdan arzon va texnologik jihatdan osondir. Ammo, katta diametrli bunday tarmoq bir necha yilda bir marta takrorlanadigan sharros yomg‘ir yoqqandagina to‘lib oqadi va qolgan vaqtlarda, oqova suvning kamligi tufayli o‘zini iqtisodiy jihatdan oqlamaydi
Bundan tashqari tarkibida turli xil oqova suvlar bo‘lganligi uchun suv tozalagich inshootlarining harajatlari yuqori bo‘ladi.
Alohida turdagi oqova suv tarmoqlarini qurish mamlakatda keng tarqalgan usul bo‘lib, bunda barcha turdagi tarmoqlar alohida ishlaydi.
Shaharning yopiq oqova suv tarmog‘i vazifasiga qarab quyidagi imkoniyatlarni o‘z ichiga oladi:
    • shahar hududi relefining yuqori sathidan oqib keluvchi suvlarni bevosita kanal va ariqlar yordamida qabul qiluvchi;
    • shahar hududida paydo bo‘lgan oqova suvni yig‘uvchi;
    • yig‘ilgan suvlarni oqizuvchi;
    • maxsus ahamiyatga ega bo‘lgan joylar hamda jarliklar va ko‘chkilarni oqova suv ta’siridan muhofaza qiluvchi.


    • Yüklə 364,96 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin