9. Husnixatga oʻrgatishning amaliy asoslari


partaga to`g`ri o`tirishni o`rgatish



Yüklə 50 Kb.
səhifə2/2
tarix27.02.2023
ölçüsü50 Kb.
#85862
1   2
9.Husnixatga oʻrgatishning amaliy asoslari


partaga to`g`ri o`tirishni o`rgatish;

  • barmoqlar mashqi;

  • yozuv qurollari- oddiy qalam, rangli qalamlar, ruchka, rasm daftar, husnixat daftari haqida ma`lumot berish;

  • qalamni to`g`ri ushlash;

  • to`g`ri, egri, changakli, yarim doira, doira shakli , zanjirli yozuv va shakllarni mashq qilish.

    Ko`rinadiki, o`quvchilarni chiroyli yozuvga o`rgatish ta`limi o`qituvchilardan samarali usullrdan oqilona foydalanish hamda ijodkorlikni talab qiladi.
    Sharikli va peroli avtoruchkalar bilan yozish malakasini shakllantirish
    Ayni damda eng ko`p tarqalgan yozuv qurollaridan biri sharikli ( ravon yozadigan) ruchkalar bo`lib qolmoqda. Shundan kelib chiqib, butun sinf o`quvchilarning bir xil tipdagi avtoruchkadan foydalanishi katta ahamiyatga egadir. Chunki sharikli va prolix ruchkalar qo`lda bir xil ushlanmaydi. Ular varaq sathiga nisbatan turli xil qiyalikda ishlatiladi. Peroli ruchka bilan ishlayotganda u varaq sathiga nisbatan 35% - 45% qiyalikda, agar sharikli ruchka bilan yozayotganda 50o - 60o qiyalikda ishlatiladi(3- rasm) . Bu avtoruchkalarga qarash va va ularni yozishga shaylashga ham har xil talab qo`yiladi. Agar bolalarga bir xil tipdagi avtoruchkalardan foydalanish qat`iy talab qilib qo`yilmasa, ularning biri qimmatbaho ruchkada, biri peroli, biri sharikli, boshqa birovi esa ruchka pastasi bilan ham yozaveradi. Bu holat esa yozuv malakasining shakllanishiga salbiy ta`sir qiladi, o`qituvchining mehnatini murakkablashtiradi. Mana shunday holatning oldini olish uchun ,,Beh ravon’’ tipdagi sharikli ruchkadan foydalanilsa maqsadga muvofiq bo`ladi.
    U birinchi ishlashga qulay, ikkinchidan, keraklicha uzunlikka ega. Uchinchidan, pastasida ham boshqa ruchkalarga nisbatan rangi ko`p, to`rtinchidan, bu ruchkani ishlatish jarayonida parta va yozuv daftarlaribulg`anmaydi. Lekin ushbu ruchka ham kamchiliklardan holi emas:
    Sharikli ruchka ko`p qiyalikda hamda usti yaltiroq qog`og`ozga yaxshi yozmaydi. Oquvchilar hamma vaqt o`z oldida bir dona toza varaq yo bosqich saqlashi lozim. Bu ruchka uchini tozalab turishga , varaq va qo`lni bulg`amaslikning oldini oladi. Chunki, birinchi sinfda bolalar juda sekin, ruchkani bir joyda ko`p ushlab, yoki ruchkani qattiq bosib yozadilar. Natijada, ruchka ichidagi sharik emirilib, rang to`playdi. Agar u tozalab turilmasa, hammayoqni bulg`ashi tabiiy hol.
    Sharikli ruchka bilan yozayotganda bosim, ya`ni ko`p kuch ishlatilishning hojati yo`q. Shuning uchun bolalarga sharikli ruchka bilan yozishni o`rgatayotganda uning shu xususiyatini unutmaslik va bolalarga tushuntirmoq lozim. Peroli ruchka bilan yozayotgan o`quvchilar bunday ruchka bilan ishlash jarayonida ehtiyot bo`lishlari zarur.
    Chunki bola bossa, perosi sinishi mumkin. Sharikli ruchka bilan yozish jarayoni oldin o`quvchilarga aniq ko`rsatma beradi. Ruchkani uchta barmoqqa ushlash lozim. Katta ko`rsatkich va o`rta, katta va o`rta barmoqlar ruchkani ushlaydi, ko`rsatkich barmoq esa yuqoridan yozish jarayonini boshqaradi. Bolalar ruchkani barmoqlar orasida qattiq qismasdan erkin ishlashlari lozim. Yozish jarayonida ruchkaning oxirgi ishi o`ng elkaga qaratilgan bo`lishi darkor.
    Yüklə 50 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin