9 – may xotira va qadirlash kun ga bag’shlangan bayram stenariyasi



Yüklə 0,64 Mb.
tarix01.01.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#50365
9 may stenariyasi.


Zal bayramona bezatilgan. Vatan qadri, uni sevish, unga munosib farzand bo’lish, xalqi uchunjon fido qilgan mardlar haqidagi hikmatli so’zlar, maqqollar, tinchlikka da’vat etuvchi shiorlar,anvoiy gullar, rango-rang sharlar bilan bezatilgan. /xazin musiqa yangrab turadi.
Boshlo’vchi: Sizni deb bizni deb o’y o’ylaganlar

Jonini ayamay sarf aylagan lar.

Yashaydi qalbimiz to’rida har dam

O’lgandan keyin ham, trik va bardam .


Assalomu alaykum xurmatli mehmonlar, jajji bolajonlar. Bugun bog’chamizda katta tantana. Mustaqil O’zbekistonimizda “Xotira va qadirlash” kuni. Xar bir bu duniyodan o’tgan ajoyib insonlarni yod olish bizning insonilik burchimizdir. Qolaversa o’tmish yillar xotirasi xechkimni yodidandan chiqmaydi. Chunki ko’ksilarini yovga qalqon qilib, bizlarni tinchlik olamiga yetaklagan tabarruk otaxon va onaxonlarimizga har qancha ta’zim qilsak ham oz!
O’zbekiston madxiyasi” yangraydi.

Boshlo’vchi: Bizlar kelajakning vorislarimiz

Also urush, ofat kerakmas bizga

Amur Temur bobomiz ruxi madadkor

Qilichu, qurolar kerakmas bizga.

Qancha mardlar o’tdi bevaqt dunyodan

Abdula, Qodiry, Fitrat, Usmonlar.

Qatag’on qilindi o’tdi Usmonlar

Meros qoldi bizga she’ru, dostonlar.


Bola: Ko’kday bepayon boyliklarga kon

Keng paxta maydon mening Vatanim.

Bosh ko’tarsa yov yanchamiz darrov

Tinchlikka garrov mening Vatanim.


Bolalar A.Mansurovning “Bu senga Vatan” qo’shig’ini kuylaydilar.

Boshlo’vchi: Qani bolalar aytinglarchi “Vatan ” xaqida maqollar bilasizlarmi ?

Bola: Vatan ostonadan boshlanadi.
Bola: Bulbul chamanni sevar, odam Vatanni.
Bola: Ona yurtning oltin beshiging

O’z uyuning o’lan to’shaging.


O’g’il bolalar “Qari nava” raqsini ijro etib beradilar.
Bola: Tonglar otar, tonglar otar shafaqlari qirmiz ol .

Ona yurtim barno yurtim keldi senga istiqlol.

Bir sarxating sirga tutash biri Amu daryoga

O’zbekiston, O’zbekiston dunyoga chiq, duniyoga.


Bola: Yillar osha ellar osha kelmaganlar kelsinlar

Egilganlar tursin qayta yeg’laganlar kulsinlar.

Ahil bolsak, yaqin bo’lsak yo’g’miz ham, bor bo’lgay

“Yo’ Vatan” – deb mehnat qilsak bizga zafar yor bo’lgay.


Bolalar “Salyut” qo’shig’ini kuylab beradilar.
Bola: Yer yuzidagi amakijonlar shunday iltimos bordur sizlarga

Chiqarmang qurol oqmasin qonlar kitob o’yinchoq bering bizlaga.


Bola: Yog’mas in o’qlar, urush bo’lmasin

Osmonda quyosh charaqlab tursin

Yashasin tinchlik, yashansin tinchlik!
Bolalar “Tinchlik” juftli raqsini ijro etib beradilar.
Bola: Xur baxtli zamon uchun kurashkanlar bobolar

Qalbimizda manguga baxtiyordur bolalar.


Bola: Umirlar bor asirlarga teng bo’lur

Umirlar bor yorutkuvchi misli nur.


Bolalar “Baxtli avlod” qo’shig’ini kuyilab beradilar.
Boshlo’vchi: 41 iyun ayni sahar chog’ida

Tun uyqusi kezardi, o’lkaning har yog’ida

Shunda fashist quzg’unlar, xujum boshladi birdan.

Olov bomba yog’ildi yurtga ko’kdan va yerdan.


Bola: Mening bobom urishda fashist bilan jang qilgan

Berlingacha quvalab yov xolini tang qilgan.

U urushga kirganda dushmanlar qaltiraydi

Uning mag’rur ko’ksida o’rdenlar yaltiraydi.


Bolalar “Katyusha” qo’shig’ini va “Yablo’chka” raqsini ijro etib beradilar.

Boshlo’vchi: Yotar alp qomatli bohodirlar qator

Usmonlar, Qodiriylar yotar Fayzullolar

Xudo raxmat qilgur xudo raxmatlar

Ularning sanog’i yulduzlardan xam ko’p.

Yurtim dilbandingdur xar giyoh, xar kun

Fidolaring bo’lgan farzandlaringdur

Nomdori, nomsizin xoki poyin o’p.
Bola: El qalbida buyuk insonlar qoldi

Metinday mustahkam iymonlar qoldi

Toshlar cho’kib ketdi, iymonlar qoldi

Abdulla Qodiriy, Fitrat, Usmonda

O’zbek xalqining armoni qoldi.

Bolalar “Xotira” qo’shig’ini kuyilab beradilar.
Boshlo’vchi: Xozir aziz bolajonlar guruxlarga bo’linib

Chaqqonlikda kuch sinashamiz. Kuchlik bo’lgan, har qanday

dushmanni ham yengadi


  1. Kurash o’yini.

  2. Arqon tortish, narvonga chiqish o’yinlarini bolalar o’ynaydilar.


Bolalar “Bo’laman” raqsi va “Atirgul” raqsini ijro etib beradilar.

So’ng bolalar “Qadim To’ron” qo’shig’ini kuylab beradilar.

Bola: Yodgorliklar ustida lolalar ochilibdi

Jonlarin fido qilgan unda askar yotibdi

Ular o’z jonlarini berdilar tinchlik uchun

Ona Vatanimizni gullab yashnashi uchun.


Boshlo’vchi: Bu bahorda xikmat to’ladir xotiraning bahoridir bu

Jahon bo’ylab tantana qilgan g’alabaning bahoridir bu.


Bayram ertaligi Gulsanamning “Ona er” qo’shigi musiqasi fanogrammasi kompozitsiyasi ostida yakunlanadi.
Tuzuvchi:Ro’ziyeva SH.DJ.










Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin