9- amaliy mashg’ulot mavzu: hayvonot dunyosini muhofaza qilish



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix21.10.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#159231
  1   2
EKO 8



9- AMALIY MASHG’ULOT 
 MAVZU: HAYVONOT DUNYOSINI MUHOFAZA QILISH (MILLIY 
BOG’LAR, BUYURTMALAR, “QIZIL KITOB) 
 
O’quv amaliy mashg’ulotining maqsadi: 
 
1. Talimiy maqsadi:
Hayvonlar tabiatda tabiiy vositalarning muvozanatiga
 
o’zaro aloqasini o’rganish.
2. Tarbiyaviy maqsadi: 
O’zbekistonning hayvonot dunyosi va uni muhofaza 
qilish va to’g’ri foydalanishga o’rgatish.
3. Rivojlantiruvchi maqsadi:
 
Talabalarda tabiiy landshaftlarning muhofazasi 
boyicha bilimlarini oshirishda adabiyotlar bilan ishlash malaka va ko’nikmasini 
hosil qilish. 
 
Ishning maqsadi:
O’zbekistonning hayvonot dunyosi va uni muhofaza qilish 
usullar yuzasidan
 
bilim va ko’nikmalarga ega bo’lish.

 
Kerakli material va jihozlar: 
Ekologiyaga oid o’quv qo’llanmalari,jadvallar, 
gerbariylar, slaydlar. 
Ishning maqsadi: 
O’zbekistonning hayvonot dunyosi va uni muhofaza qilish
milliy bog’lar, buyurtmalar, hayvonot bog’lari haqida bilimga ega bo’lish. 
Kerakli jihozlar va materiallar:
Ma’ruza matni, O’zbekiston ekologik xaritasi, 
xayvonlar aks etgan rasmlar. 
Nazariy material: 
Hayvonlar 
biologik
resurslarning
ajralmas bir qismidir va ular tabiatda 
moddalar va energiya almashinuvida muhim rol o’ynaydi. 
Hayvonot olami umuman insoniyatning yashashi, hayoti faoliyatida juda 
muhimdir. Ma’lumki, uy hayvonlari hisoblanadigan qoramol, qo’y, echki, to’ng’iz, 
ot, eshak, tuya, qolaversa it, mushuk kabi jonzotlar bizning hayotimizda tayin bir 
maqsad uchun boqiladi. Ayrim hayvon turlari biz uchun oqsil, moy, sut manbai, 
boshqasi xo’jalik uchun asqotadigan ishlarni bajaradi, transport sifatida, uylarni 
qo’riqlashda, zararkunandalar bilan kurashishda beminnat dastyor hisoblanadi. 
Tabiat qo’ynida yovvoyi holda yashaydigan hayvonlarning ham o’ziga xos 
foydali xususiyatlari mavjud, jumladan, ulardan mo’yna, dorivor vositalar, oziq-
ovqat mahsulotlari, jun olinadi. 
Hayvonlar tabiatda tabiiy vositalarning muvozanatini saqlab turishda xizmat 
qiladi. Umuman hayvonlarning turi ko’p bo’lib, ularning 
bir yarim milliondan
ziyod 
turi bor. 
O’simliklarni changlanishida, urug’ va mevalarini tarqatishda ham 
hayvonlarning ishtiroki bor. Ayrim yirtqich qushlar esa zararkunandalarni 
(kemiruvchilarni) qirib, o’simliklar hosildorligini oshiradi yoki ba’zi hasharotlar 
o’simliklarni zarakunanda hasharotlardan va kasalliklardan saqlaydi. Masalan, bitta 
boyqush bir yilda 1000ta sichqonni yo’q qilib, 0,5t donni saqlab qolsa, chumolilar 
o’rmonlarni kasalliklardan saqlaydi. 


Shuni aytish kerakki O’zbekiston hududida hayvonot olami qanchalik 
muhofaza qilinmasin va ularning ko’payishiga sharoit yaratib berilgan bo’lmasin 
goho ularni pinhoniy ov qiluvchi shaxslar uchrab turadi. 
O’lka hududidan turon yo’lbarsi, shuningdek, qizil bo’ri butunlay yo’qolib 
ketgan bo’lib, qoplon, Old Osiyo qoploni, yo’l-yo’l sirtlon, tuvaloq kabi 
jonzotlarning yo’qolib ketish xavfi bor. 
Ma’lumotlarga qaraganda, O’zbekiston hududida Mirzacho’l, Qarshi cho’li, 
Surxon – Sherobod cho’li, Farg’ona vodiysining markaziy qismlari o’zlashtirilgan. 
Bu esa sahro-cho’l muhitida yashaydigan bir qator jonivorlarning, jumladan, jayron, 
go’zal tuvaloq kabi noyob zotlarning kamayib ketishiga sabab bo’lmoqda. 
Bir qator go’zal jonivorlar, jumladan tog’ qo’yi, eron vidrasi, O’rta Osiyo 
kapcha iloni kabilar johil ovchilar tomonidan butunlay kamaytirib yuborildi. 
Hayvonlarning noyob va yo’qolib borayotgan turlarini muhofaza qilishda 
ularning yashash sharoitini yaxshilash va ko’payishi uchun qulay imkoniyatlar 
yaratib berish kerak. Buning uchun birinchidan, yo’qolib ketayotgan va noyob 
hayvon turlarini qat’iy nazorat ostiga olib, ov qilishga mutlaqo yo’l qo’ymaslik va 
ikkinchidan, o’sha hayvonlar yashaydigan hududlarni tabiiy holicha saqlab, 
qo’riqxonalarga, buyurtmaxonalarga aylantirish zarur. 
1.
Savanna. Zebralar o’tlaydigan savanna ( Naabi Hill,Serengeti, Tanzania. (© 
Images of Africa/David Keith Jones.) Muhofazaga olingan hudud. Michael 
Begon, Colin R.Townsend, John L.Harper. Ecology: from individuals to 
ecosystems.UK, 2006.
1

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin