8-mavzu. O’zbekistonda standartlashtirish ob’ektlariga qo’yiladigan talablar va tovarlarni shtrixli kodlash



Yüklə 89,5 Kb.
səhifə2/4
tarix27.03.2023
ölçüsü89,5 Kb.
#90510
1   2   3   4
8 mavzu SM

8.2. Xizmatlarni standartlashtirish
Standartlashtirish iste’molchilar huquq va manfaatlarining davlat tomonidan himoyalanishini amalga oshirish yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Xizmatlar sifati e’lon qilingan xizmat ko’rsatish sinfi uchun belgilangan standartlar, ko’rsatkichlar,talablarga mos kelishni tekshirish orqali tasdiqlanadi. Bunda hamma vaqt xavfsizlik eng asosiy talab hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasining "Standartlashtirish to’g’risida"gi Qonuniga muvofiq, standartlashtirish – bu:

  1. mahsulot, ishlar va xizmatlarning atrof muhit, inson hayoti, salomatligi, mol-mulki uchun xavfsizligini;

  2. fan, texnika va texnologiyaning rivojlanish darajasiga muvofiq mahsulot, ishlar va xizmatlar sifatini;

  1. o’lchovlarning yagonaligini;

g) barcha turdagi resurslarning tejalishini;

  1. xo’jalik ob’ektlarining xavfsizligini;

  2. mamlakatning mudofaaga qodirliginita’minlash maqsadida normalar, qoidalar va tavsiflarni belgilash faoliyati.

O’zbekiston Respublikasining "Iste’molchilar huquqlarini himoyalash to’g’risida"gi Qonuni mazkur sohada standartlashtirishning rivojlanishiga turtki berdi. Majburiy sertifikatlash O’zR Davstandartitomonidan tanlangan asosiy mexanizmlardan biri hisoblanadi. Bunga qadar xizmatlar sifatiga nisbatan qo’yiladigan talablarni normativ huquqiy hujjatlarda hamda idoraviy va ishlab chiqarish hujjatlarda belgilanar edi.
Xizmatlar sohasidaqo’llaniladigan ko’p sonli qonun osti hujjatlari (qoidalar, yo’riqnomalar va h.k.) sertifikatlashning asosiy normativ bazasiga aylana olmadi – majburiy talablarga ega bo’lgan davlat standartlari zarur edi. SHunday qilib, mamlakatimizda boshlangan majburiy sertifikatlash xizmatlar sohasidastandartlashtirish ishlariga turtki berdi.


8.3. Mahsulot standartlashtirish hamda sertifikatlash va ularning kontrafakt mahsulot bilan kurashishdagiroli
Barchaga ma’lumki, xaridor deyarli har qanday tovar bozorlarida xilma-xil qalbaki (sohta) tovarlarga duch keladi. Bunda nosog’lom raqobat tufayli mahsulot ishlab chiqaruvchining ham, xaridorning ham huquqlari paymol qilinadi.
Ayrim baholarga ko’ra, xalq iste’moli tovarlarini ishlab chiqarish umumiy hajmida qalbakilashtirilgan kiyim-bosh va poyabzal hajmi 40 foizgacha, parfyumeriya, kosmetika va sintetik kir yuvish vositalari hajmi – 50, baliq va go’sht konservalari hajmi – 35, sari yog’ va margarin hajmi – 40-45, vino-aroq mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 60 foizgacha yetadi.
Natijada yetakchi mahalliy va xorijiy tovar ishlab chiqaruvchilar– tovar belgilari egalari har yili ko’radigan zararlar 1,5 milliard AQSH dollaridan ko’pni tashkil qiladi. Qalbakilashtirishning bir necha asosiy usullari aniqlangan:

  1. Ochiq soxtakorlik (qalbakichilik), ya’ni tashqi shaklni va savdo rusumini qalbakilashtirish. Tovlamachilikning mazkur usuli plastinkalar, audio- va videokassetalar, kompakt-disklar bilan savdo qilishda tez-tez uchrab turadi.

  2. Taqlid qilish – mashhur ishlab chiqaruvchining rusumi ostida sotish. Ayniqsa bunday qalbakilashtirish keng iste’mol qilinadigan tovarlar (tikuvchilik mahsulotlari, soatlar va h.k.) uchun xos. Bunday tovarlar narxi, qoidaga ko’ra, haqiqiy (asl) tovarlar narxidan ancha arzon bo’ladi, bu odatda xaridorni, ayniqsa tajribasiz yoki boshqalarning zaifligidan foydalanib boylik orttiruvchi xaridorni o’ziga jalb qiladi.

3. Ilgarilab ketish – tovardan kichik o’zgarishlar qilib, shu jumladan savdo rusumining yozilishida va aytilishida kichik o’zgarishlar qilib (masalan, Panasonic o’rniga Pavasonic, Sony o’rniga Syni) nusxa ko’chirish. Bunda tovar asl nusxaga juda yaqin bo’ladi.

  1. Sotish tamoyillarini buzish – tovar belgilarini ro’yxatga olish to’g’risidagi qonun hujjatlariga amal qilmaslik.

Standartlashtirish va sertifikatlash sifatsiz tovarning bozorga kirib kelishiga va so’ngra iste’molchiga yetib borishiga to’siq qo’yadi.
Tovar bozorlarini kontrafakt mahsulotlardan himoyalash quyidagi yo’nalishlar bo’yicha amalga oshiriladi:
- sertifikat va muvofiqlik belgisining mavjudligini va haqiqiyligini nazorat qilish (muvofiqlik belgisining golografik himoyasini ishlab chiqish va yupqa plyonka texnologiyasini qo’llash);
- tovarda (yoki uning upakovkasida) kosibchilik sharoitida qiyin qalbakilashtiriladigan unsurlarning mavjudligi;

  • tovarlarni firma savdo nuqtalari orqali bozorga olib chiqish;

  • ishlab chiqaruchi, savdo qiluvchi va vositachitashkilotlarning kontrafakt mahsulotlarni sotganlik uchun javobgarlik darajasini oshirish.

"Iste’molchilar huquqlarini himoyalash to’g’risida"gi Qonun belgilangan tartibda muvofiqlik belgisi bilan markalanmagan, sertifikatlanishi shart bo’lgan tovarni (shu jumladan import qilinadigan tovarni) sotishni taqiqlaydi.
Muvofiqlik belgilarining qo’llanilishini nazorat qilish bilan qonuniy asosda muvofiqlik belgisini identifikatsiyalash uchun maxsus texnik qurilmalar bilan jihozlangan hududiy ma’muriy organlar shug’ullanishlari kerak.



Yüklə 89,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin