8-mavzu innovatsiyalarning sohalar bo`yicha turlari reja



Yüklə 162,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix23.06.2023
ölçüsü162,89 Kb.
#134592
  1   2   3   4
8-mavzu innovatsiyalarning sohalar bo`yicha turlari reja



8-mavzu 
INNOVATSIYALARNING SOHALAR BO`YICHA TURLARI 
Reja: 
1. Xizmatlar sohasidagi innovatsiyalar. 
2. Marketing innovatsiyalari. 
3. Narxlarni shakllantirishdagi innovatsiyalar. 
4. Tashkiliy va biznesni yoritishdagi innovatsiyalar. 
1. Xizmatlar sohasidagi innovatsiyalar 
Bozor iqtisodiyotida innovatsiyalarni tizimli taqdim etish uslubiyoti xalqaro 
standartlarga asoslangan, va ularga muvofiq innovatsiya deganda, bozorga kirib 
kelgan yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot, amaliyotda qo’llanilayotgan yangi 
yoki takomillashtirilgan texnologik jarayon yoki ijtimoiy xizmatlarga bo’lgan 
yangicha yondashuv ko’rinishidagi innovatsiyaviy faoliyat natijasi tushuniladi. 
Ushbu muammo bo’yicha ko’p sonli tadqiqotlar amalga oshirilgan bo’lishiga 
qaramasdan, bugungi kunda innovatsiyaviy faoliyat sohasida yagona, umumiy tarzda 
qabul qilingan terminologiya mavjud emas. Shuning uchun ham adabiyotlarni 
qisqacha tahlilini keltirish va innovatsiyaviy faoliyat sohasidagi asosiy 
tushunchalarni aniqlashtirish maqsadga muvofiq bo’ladi. 
 
8.1-rasm. Xizmat sohasidagi innovatsiyalar.
1

 
Xizmatlar sohasidagi mahsulotlar bo`yicha innovatsiyalar o`z ichiga 
quyidagilarni oladi:
- printsipial jihatdan yangi xizmatlarni ishlab chiqish va joriy etish;
- mavjud xizmatlarga yangi funktsiyalar va xususiyatlar qo`shish orqali uni 
takomillashtirish;
- xizmatlar bilan ta`minlashda (masalan, ularning samaradorligi va tezligi 
nuqtai-nazaridan) sezilarli darajada yaxshilanishlar. 
1
Michek E. Porter The Competitve Advantage of Nations, Harvard Busines Review, march-april 1990.
Xizmatlar sohasidagi
innovatsiyalari
Xizmatlar bilan 
ta`minlash 
darajasini
yaxshilash
Yangi 
funktsiyalar 
va 
xususiyatlar 
qo`shish
Yangi 
xizmatlarni 
ishlab chiqish 
va joriy etish


Xizmatlar sohasidagi jarayonlar bo`yicha innovatsiyalar xizmatlarni ishlab 
chiqarish va taqdim etishning yangi yoki sezilarli darajada takomillashtirilgan 
usullarini ishlab chiqish va joriy etishni o`z ichiga oladi.
2
Quyidagi o`zgartirishlar, agar ular yangi yoki sezilarli yaxshilangan 
xizmatlarni, ularni ishlab chiqarish va etkazib berish usullarini joriy etishga bevosita 
bog`liq bo`lmasa, texnologik innovatsiyalar hisoblanmaydi: 
• tashkiliy va boshqarish bo`yicha o`zgartirishlar (jumladan: boshqarishning 
ilg`or usullariga o`tish, jiddiy o`zgartirilgan tashkiliy tuzilishni joriy etish, 
tashkilotning iqtisodiy strategiyasida yangi yoki sezilarli o`zgartirilgan 
yo`nalishlarni amalga oshirish); 
• sifat standartlarini joriy etish. 

Yüklə 162,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin