74 toshkent viloyati angren shahri hududidagi yirik kimyoviy ishlab chiqarish korxonalari va ularning ahamiyati



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix16.12.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#181644
  1   2
Xoshimxanova M.A.



74 
TOSHKENT VILOYATI ANGREN SHAHRI HUDUDIDAGI YIRIK KIMYOVIY 
ISHLAB CHIQARISH KORXONALARI VA ULARNING AHAMIYATI 
Xoshimxanova M.A. 
TDTU Olmaliq filiali dotsenti 
Shamsuddinov L.O 
Samatov S.O 
Jadilova D 
2
Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali talabalari 
 
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Toshkent viloyatining mahsus industrial zonasi 
hisoblangan Angren shahrining asosiy yirik kimyoviy ishlab chiqarish korxonalari, 
ularning ishlab chiqarish turlari va korxonalarning sanoatdagi ahamiyati oʻrganildi. 
Kalit soʻzlar

Industrial, kaolin, koʻmir, metallurgiya, rezinotexnika, kauchuk, 
polimer, elastomer, shina, mineral, birikma. 
 
Kirish qismi. 
Hozirgi rivojlangan davrda Respublikamizda juda ko„p turdagi 
ishlab chiqarish zavod-korxonalari qurilgan va yana yangilari barpo etilmoqda. 
Bunga misol Toshkent viloyatining asosiy 2 katta ishlab chiqarish quvvatiga ega bo 
„lgan Olmaliq va Angren shaharlarini misol qilishimiz mumkin. Chunki bu ikki 
shaharda deyarli barcha turdagi ishlab chiqarish turlari mavjud. 
Asosiy qism.
Toshkent viloyati Angren shahri, O „zbekistonning kimyo va 
metallurgiya sohasidagi eng muhim markazlardan biridir. Chunki shaharning ichida 
juda ko „pgina ishlab chiqarish korxonalari, sexlari va katta zavodlari mavjud. 
Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov Farmoniga 
binoan 
2012 yilning aprel oyida tashkil etilgan “Angren” maxsus industrial zonasiga 
sarflangan investitsiyalarning hajmi 5 yil mobaynida 182,5 mln. AQSh dollaridan 
ortib ketgan. 
Shu qisqa muddat davomida “Angren” maxsus industrial zonasida “Angren 
quvur zavodi”, “EGL-NUR” MChJ, “Angren Shakar”, “Uz Shindong Silicon”, “Uz-
Prista Recycling” kabi 11ta korxona faoliyati yoʻlga qoʻyilib, oʻz mahsulotlarini ishlab 
chiqarmoqda. 
2016 yil yanvar-avgust oylarida ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi 618,4 mlrd. 
soʻmni, eksport qilingan mahsulotlar hamji esa 6,7 mln. AQSh dollarini tashkil etdi, 
deyiladi “Angren” MIZ xabarida. Unga koʻra, 2016 yilning oxirigacha “Angren” 
MIZda 7 ta ishlab chaqarish korxonalari foydalanishga topshiriladi. Bu yerda tashkil 
qilingan korxonalarga, kiritilgan sarmoyaga qarab 3 yildan 7 yilga qadar soliq 


75 
imtiyozlari beriladi. 300 mingdan 3 mln dollarga qadar sarmoya kiritganlarga 3 
yilgacha, 3 
– 10 mln dollar sarmoya kiritganlarga – 5 yil, 10 mln dollardan ortiq 
sarmoya kiritganlarga esa 
– 7 yil davomida soliq imtiyozlari taqdim etiladi. 
Bu shaharda bir nechta kimyo va metallurgiya zavodlari faoliyat yuritadi va turli 
xildagi mahsulotlar ishlab chiqariladi. Quyidagi kimyo va metallurgik ishlab chiqarish 
sohalari Toshkent viloyati Angren shahrida koʻp ishlab chiqariladigan mahsulotlarni 
oʻz ichiga oladi: 
Angren oltin saralash fabrikasi 
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati Angren oltin saralash fabrikasi, 
Oʻzbekistonning Olmaliq shahrida joylashgan bir metallurgik sanoat korxonasi 
hisoblanadi. Bu fabrika, oltin rudalarini saralash, qayta ishlash va yuqori sifatli oltin 
mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan faoliyat yuritadi. 
Oltin saralash fabrikasi, qimmatli metallarni ajratish va oltin mineralini 
rudasidan 
tashqariga 
ajratish 
jarayonlarini oʻz ichiga oladi. Bu 
jarayonlarda 
kimyoviy 
va 
metallurgik usullar ishlatiladi. Oltin 
rudalarining saralash jarayonida, 
qurilma 
va 
uskunalar 
orqali 
rudalardagi oltin minerali ajratiladi. 
Soʻnggi 
bosqichlarda 
oltin 
rudalarining tozalash va qayta 
ishlash jarayonlari amalga oshiriladi. Bu jarayonlarda kimyoviy reaksiyalardan 
foydalaniladi va mineraldan oltin birikmalar holatida hosil qilib ajratiladi. 
Angren birinchi rezinotexnika zavodi 
Rezinotexnika zavodi rezina tarkibli materiallar ishlab chiqarish uchun xususiy 
ishlab chiq
arish qurollariga ega boʻlgan korxonalardan biri hisoblanadi. Bu zavod 
elastomer materiallarining ishlab chiqarilishini amalga oshirish, uni qayta ishlash va 
qoʻllashga tayyorlashning muhim qismini oʻz ichiga oladi. 
Rezinotexnika 
zavodida 
kauchuk tarkibli materiallar ishlab 
chiqarish 
uchun 
murakkab 
texnologik jarayonlar ishlatiladi. Bu 
jarayonlar 
orasida 
kauchuk 
va 
polimerlarining 
tayyorlanishi, 
materiallarni qayta ishlash, preslash 
va 
shakllantirish 
jarayonlari, 
tarkibiy 


76 
modifikatsiya va boshqa jarayonladan foydalaniladi. 
Rezinotexnika zavodlarida ishlab chiqariladigan mahsulotlar 2 yo„nalishdagi ko 
„p tarmoqli mahsulotlar hisoblanadi. Bu ikki yo „nalishlardan biri rezina lentalari 
boʻlsa, ikkinchi tur asosiy mahsulot esa qishloq xo „jaligi va yengil avtomobillar 
shinalarini ishlab chiqarish hisoblanadi. Bu ishlab chiqarilgan mahsulotlarning 
foydalanish sohalari: avtomobilsozlik, qishloq xo„jaligi, sement ishlab chiqarish
minerallarni qayta ishlash korxonalari, yengil sanoat korxonalari va hokazo. 
Angren k
oʻmir koni 
Toshkent viloyati Ohangaron 
vodiysidagi koʻmir koni Qurama va 
Chotqol toglari etagida joylashgan. 
Geologik kon qidiruv ishlari 1934-
yildan boshlangan bo„lib, dastlabki 
shaxta 
1940-yilda 
ishga 
tushirilgan. Koʻmirli havzaning 
maydoni 
qariyb 
70 
km². 
Aniqlangan 
zahirasi 
860 

chuqurlikkacha boradi va 1,9 mlrd. 
tonnaga boradi (Oʻrta Osiyodagi 
barcha koʻmir zahirasining qariyb 1/4 qismi). Koʻmir yura yotqiziqlari orasida 
joylashgan bo„lib, uning qatlami juda serbar, qalinligi yer yuzasiga nisbatan 20 m 
dan chuqurlikdan 130 m gacha yetadi. Koʻmir B
2
markasiga mansub bo„lib, yonish 
issiqligi 13,9 MJ/kg ni tashkil etadi. Koʻmir asosan ochiq usulda (2,5 mln. t) va 
qisman yer ostidan (0,5 mln. t) qazib olinadi. Bundan tashqari „Yerostigaz“ 
stansiyasida koʻmir gazga aylantirilib, yiliga 50 mln. m
3
gaz ishlab chiqariladi. Koʻmir 
bilan birga kaolin ham qazib olinadi. Qatlamlar orasida portlandsement, flyus, burt 
hamda kanalizatsiya quvurlari ishlab chiqarish uchun xom ashyo boʻladigan asbest 
kabi jinslar koʻp hisoblanadi. 
Angren kaolin zavodi 
Boyitilgan kaolin olish boʻyicha Oʻrta Osiyoda yagona fabrika Toshkent tumani 
Angren shahrida joylashgan. 
Korxona kaolinni hoʻl usul bilan boyitish uchun texnologik liniyaga ega, loyihani 
ishlab chiqish chogida kaolin ishla
b chiqarish boʻyicha jahon amaliyotining eng 
zamonaviy yutuqlari hisobga olingan. Xom ashyoni yetkazib beruvchi birlamchi 
boyitilmagan kaolinning alohida qazib olinishini ta‟minlaydi, bu esa korxonaga faqat 
sifatli boyitilgan kaolin ishlab chiqarish imkoniyatini beradi. Yuqori sifat, texnologik 
koʻrsatkichlarning barqarorligini texnologik jarayonning barcha doiralarida ekspress-


77 
tahlillar oʻtkazish uchun eng yangi sinov asboblari bilan jihozlangan fizik-kimyoviy 
laboratoriya asosidagi nazorat tizimi kafolatlaydi. 
“Angren Kaolin” MCHJ korxonasi quyidagi mahsulotlarni ishlab chiqaradi: 
- AKF- 78 kaolini, kaolin paxtasi, yuqori sifatli keramika, kabel, plastmassa, 
elektr texnikasi (izolatorlar), lok-
boʻyoq, parfumeriya mahsulotlarini ishlab chiqarish 
uchun xom a
shyo koʻrinishida, shuningdek qogʻoz, koagulyantlar ishlab chiqarishda 
toʻldirgich sifatida ishlatiladi. 
- Keramika mahsulotlari va chinni uchun AKS-30 kaolini. U sanitar-texnik 
keramika, devorlarni ichkaridan va tashqaridan qoplash uchun taxtachalar, oʻtga 
chidamli materiallar, keramikadan esdalik buyumlari va oq loy gishtini ishlab 
chiqarishda xom ashyo koʻrinishida ishlatiladi. 
AKT-
10 kaolini maishiy kimyoning tozalash vositalari, sun‟iy qatron, yelim, 
rezina texnika mahsulotlari, kabel mahsulotlari va plastmassalarni ishlab chiqarish 
uchun ishlatiladi. 
XULOSA 
Ushbu maqolani yozish davomida tajribamiz davomida ishlab chiqqan 
zamonaviy pedagogik ta‟lim texnologiyasini mukammallashtirishga yordam 
beradigan dasturlar haqida ma‟lumotlar berib oʻtdik. Bunda aynan ustoz va talabalar 
tomonidan eng yaxshisi deb topilgan iSpring dasturi va uning yondosh dastrulari 
haqida ma‟lumot berib oʻtdik. 

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin