ko’rinishlari hisoblanadi. Idealning mazmuni har xil, hatto qarama-qarshi bo’lishi
mumkin: texnokratik illyuziyalar, ommaviy iste’mol jamiyati ideali, axborot
jamiyati ideali, xususiy mulk va ekspluatasiyasiz umumiy tenglik jamiyati va h.k.
Tarixning mazmunini aniqlash yo’lidagi izlanish rang-barang ekanligiga qaramay,
uning har bir talqini aholi muayyan qismining orzu-umidlariga mosdir. Tarixning
mazmuni tushunchasining eng teran talqinlarini XX asr faylasuflari –K.Yaspers
taklif qilgan . U jahon tarixining mazmunini davrlarning umuminsoniy aloqalarga
asoslanadigan mazmun jihatidan bog’lanishida ko’radi. Mazkur bog’lanishning
mavjudligini tarixning mazmunini aks ettiradigan dunyoviy vaqt o’qi kafolatlaydi.
U Sharq va G’arb madaniyatlarining umumiy asosi hisoblanadi. Yaspers jahon
tarixida tillarning vujudga kelishi, mehnat qurollari ixtiro qilinishi, olovdan
foydalanishga kirishilishi kabi to’rt bosqichini farqlaydi:. Vaqt o’qining
boshlanishi Hindiston, Xitoy, Yunoniston ,Markaziy Osiyo, Eron buyuk
madaniyatlari deyarli bir vaqtda vujudga kelgan miloddan avvalgi 800 va 200
yillar oralig’idagi davrga mos keladi. Yevropada fan-texnika davrining boshlanishi
mazkur madaniyatlarning davomi (ma’lum ma’noda esa ularning ziddi) bo’lgan.
To’rtinchi bosqichda insoniyatning birligi vujudga keladi. Bu davrda jamiyat
insonga munosib bo’lgan asoslar va tamoyillarga muvofiq rivojlanadi.
Totalitarizmdan butunlay voz kechishga asoslangan huquqiy davlat mazkur
birlikning kafili hisoblanadi. Tarixning mazmuni – umuminsoniy madaniyatni va
vaqt o’qining avvalida shakllangan an’analarni saqlash va rivojlantirishdadir.
Bugungi kunda jamiyatning globallashuvi munosabati bilan tarixning
mazmuni haqidagi masala yana kun tartibidan o’rin olmoqda. Zamonlar va xalqlar
aloqasini, xalqlar o’rtasidagi hamjihatlikni qaror toptiradigan, ajdodlarning
ma’naviy merosini saqlash va ko’paytirishni, hozirgi avlodlarning erkinligi va
ijodiy imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishni ta’minlaydigan qadriyatlar tizimiga
qarab mo’ljal oluvchi g’oyalar yana muhim ahamiyat kasb etmoqda.
XIX asrda falsafadan sosiologiya ajralib chiqa boshladi. Mazkur fan jamiyatni
tushunishga nisbatan falsafiy yondashuvlarni asosan tan oladi va ayni vaqtda o’z
predmeti va tadqiqot metodlariga ega.
O.Kont. Ijtimoiy tadqiqotlarning obyektivligiga erishish lozim, degan g’oyani
himoya qilgan O.Kont (1798-1857) fan sifatidagi sosiologiya asoschisi. U
sosiologiyani ikki qismga ajratadi: birinchi qism ijtimoiy statikani, ya’ni ijtimoiy
tizimlarning mavjudlik shartlarini va ularning amal qilish qonunlarini, ikkinchi
qism esa – ijtimoiy dinamikani, ya’ni jamiyatning rivojlanish va o’zgarish
qonunlarini o’rganadi. Ijtimoiy statika – odam organizmining tuzilishiga o’xshab
ketadigan jamiyat «anatomiyasi»dir. Kont jamiyatda oila, din, davlat kabi muhim
institutlarni farqlaydi. U jamiyat rivojlanishining uch bosqichi qonunini ta’riflaydi.
Mazkur bosqichlar insoniyat aqliy rivojlanishining uch bosqichiga mos keladi:
teologik bosqich (u qadimgi davr va ilk O’rta asrlarni qamrab oladi va XIII asrda
tugaydi), metafizik bosqich (XIV-XVIII asrlar) va pozitiv bosqich (XIX asrda
boshlanadi).
Dostları ilə paylaş: