Veb-sahifa (yoki web-sahifa) World Wide Webdagihipermatnlihujjatdir. Veb-sahifalar foydalanuvchiga veb-server tomonidan joʻnatiladi hamda ularni veb-brauzer yordamida koʻrish mumkin.[1]Veb-sayt bir domen nomidan foydalangan bir-biriga bogʻlangan koʻplab veb-sahifalardan iborat boʻladi. Veb-sayt yoki shunchaki sayt (inglizcha: website; web — „toʻr“ va site — „joy“) deb kompyuter tarmogʻidagi bir elektron manzilda joylashgan elektron hujjatlar majmuiga aytiladi. Elektron manzil domen yoki IP shaklida boʻladi. Veb-saytni veb-sahifadan farqlash lozim: veb-sahifa veb-saytdagi sahifalardan biri, xolos.
Web-sayt atamasi har kuni bir necha marta qulog’imizga chalinadi. Ushbu so’z internet manzil ekanligini bilamizku, ammo web-sayt tushunchasi, uning asl mohiyati, nima uchun kerakligi, nega bu qadar ommalashib borayotganligi va balki o’zimiz ham saytimizga ega bo’lishimiz kerakligi haqida o’ylab ko’rmaymiz…
Web-sayt – bu noyob manzil
Sayt yoki web-sayt inglizcha website: web – «o’rgimchak to’ri, tarmoq» va site – «joy, segment, tarmoqning bir qismi» degan ma’nolarni anglatadi.
Sayt – bu bitta domen nomidan foydalanadigan, bir-biriga bog’langan web-sahifalar to’plami. Web-saytlar shaxs, guruh, korxona yoki tashkilot tomonidan turli maqsadlarda yaratilishi mumkin. Barcha ommaviy web-saytlar butun dunyodagi internet to’rini tashkil qiladi.
Oddiy qilib aytganda, sayt – bu Internetda joylashgan, ba’zi ma’lumotlarni (matn, video, fotosuratlar, hujjatlar, musiqa va hk) o’z ichiga olgan manzil. Internet esa ushbu manzillar to’plamidir.
Ayni paytda turli xil web-saytlar mavjud: ta’lim, yangiliklar, forumlar, ijtimoiy tarmoqlar, elektron tijorat saytlari (onlayn-do’konlar), bloglar, lendinglar va h.k.
Web-sayt – nima uchun kerak?
Hozirda mijozlarga xizmat ko’rsatuvchi va o’z mahsulotlarini taklif etuvchi shaxslar, kompaniya va tashkilotlar o’z web-saytlariga egalar. Ho’sh, internetdagi sayt ular uchun nega keak?