7-mavzu: ferdinand de sossyurning lingvistik nazariyasi. Tilshunoslikda strukturalizm reja



Yüklə 18,43 Kb.
səhifə2/4
tarix20.11.2023
ölçüsü18,43 Kb.
#163324
1   2   3   4
Ferdinand de sossyurning lingvistik nazariyasi. Tilshunoslikda s-fayllar.org

Amerika strukturalizmi-deskriptiv tilshunoslik nomi bilan ham yuritiladi, tilga belgilar sistemasi sifatida qaraydi, tilshunoslikda tovush va ma’noni farqlaydi.
Kopengagen strukturalizmi- glossematika nomi bilan yuritiladi, til sinxron sof munosabatlarning mavhum sistemasi sifatida beriladi. Bunda har bir konkret tilning o’ziga xosligi, xususiyatlari inkor etiladi.
What is the meaning of structuralism in linguistics?

1 – TOPSHIRIQ: QUYIDAGI SAVOLLARGA JAVOB BERING, MISOL KELTIRING VA IZOHLANG.
1. Ferdinand de Sossyur kim va uning qanday asarlarini bilasiz?
Ferdinand de Sossyur kim va uning qanday asarlarini bilasiz?
Ferdinand de Sossyur – buyuk tilshunos, shveysariyalik fransuz, “Umumiy tilshunoslik” fundamental asarining muallifi, “til sistemadir”, “til va nutq dialektik munosabatdadir” kabi qator g`oyalarning asoschisi. F. de Sossyur tilshunoslikdagi sotsiologik ta'limot va sotsiologik lingvistika asoschisi. F. de Sossyurning mashhur “Umumiy tilshunoslik kursi” asari orqali tilshunoslikda strukturalizmning asosiy g`oyalari dunyoga keldi. F. de Sossyur til hodisasini sistemali hodisa ekanligini va til sistemasini tashkil etgan belgilarni asoslab berdi.
2. Ferdinand de Sossyur qaysi ta’limotga asos solgan?

Ferdinand de Sossyurning sotsiologik ta`limotiga asos solgan. Sossyurning tilning ijtimoiy xususiyati haqidagi qarashlari tilshunoslikda keskin burilish bo'lishiga olib keldi. Xususan, uning Til material emas, balki formadir degan fikri Praga, Kopengagen, Amerika struktural maktablarining shakllanishida asosiy omil bo'ldi. Sossyur fikricha,insonning nutq faoliyati ko'p qirrali hodisa bo'lib, falsafa, psixologiya, fiziologiya, antropologiya, matematika va boshqa fanlar bilan bog'liq. Sossyur til bilan nutq o’rtasidagi o'zaro bog'lanishni e'tirof etsada, ularni til lingvistikasi va nutq lingvistikasi tarzida alohida o'rganishni, bunda tilshunoslik asosan til lingvistikasi bilan shug'ullanishi, nutq lingvistikasi esa fizika, fiziologiya, psixologiya kabi fanlarda o'rganilishi kerak, deb hisoblaydi.


3. F.de Sossyurning qaysi asari “Yevropa tillaridagi unlilar siatemasini o’rganishga” bag’ishlangan?

“Hind-Yevropa tillaridagi dastlabki unli tovushlarning sistemasining tadqiqi” nomli asari.


4. F.de Sossyur tilshunoslikni nechta turga ajratadi va bular qaysilar?

Tilshunoslik ikkiga: ichki lingvistika va tashqi lingvistikaga ajraladi


5 F. de Sossyur fikricha til nutqdan qaysi belgilariga ko’ra farqlanadi?

1) Til - ijtimoiy, umumiy, nutq esa individual hodisa.


2) Til sistem, nutq esa asistem hodisa.
3)Til potensial (yashirin imkoniyat), nutqesa real voqelik.
4) Til sinxron, nutq esa diaxron, tarixiy hodisa.
5) Til - mohiyat, nutq - hodisa.
6) F.de Sossyur tilda 2 ta aspekt sinxroniya va diaxroniyani farqladi. Ushbu tushunchalar haqida nimalarni bilasiz?

Sossyur tilda 2 aspektni: sinxroniya va diaxroniyani farqlaydi. Uning fikricha, til sistemasi va strukturasini o'rganishda ayniqsa sinxron aspektning ahamiyati katta, tilshunoslik fanining bosh vazifasi til hodisalarining bugungi kundagi holatini o'rganishdir va bu tilning tarixini, boshqa tillar bilan qiyosini o'rganishdan avval bo'lishi kerak.


7) Struktural tilshunoslik qachon yuzaga keldi va uning asosiy g’oyasi nimadan iborat?

Strukturalizm atamasi va tushunchasi dastlab golland faylasufi X.I.Boasning 1939 yilda nashr qilingan maqolasida tilga olingan bo'lib, u tilni belgilar sistemasi sifatida o'rganuvchi, tilshunoslikning asosiy komponentlari - fonetika, grammatika, leksika o'rtasidagi o'zaro bog’lanish va munosabatlarni tekshiruvchi, tilning tuzilishi to'g'risidagi ta'limot hisoblanadi.Strukturalizm tilni faqat tarixiy tomondan va qiyoslab o'rganishni cheklash, har bir tilni grammatik qurilishi va amal qilishi nuqtai nazaridan o'rganishni ilgari suradi.


8) Praga strukturalizm maktabining asosiy g’oyasi nimadan iborat?

Praga struktural maktabining funksional lingvistika deb atalishiga sabab u tildagi har bir elementning o'z funksiyasi mavjud, deb hisoblaydi. Ushbu maktab namoyondalari tilning morfologik tuzilishi, sintagmalar, lingvistik nominatsiyalarni jiddiy o'rgandilar, sintagmatikani alohida nazariya sifatida ilgari surib, gap bo'laklarini an'anaviy o'rganuvchi sintaksisga qarama-qarshi qo'ydilar. Xususan, o'zaro mantiqiy munosabatlarda gap bo'laklarining aktual qismlarga bo'linishi to'g'risidagi Mateziusning ta'limoti katta obroga ega bo'ldi.


9) Amerika strukturalizm maktabining asoschisi kim?

Ushbu lingvistik maktab Amerikaning mashhur lingvisti va antropologi Frans Boas (1858-1942) ilmiy qarashlari asosida 1933-1957 yillarda AQShda vujudga keldi.


10) Kopengagen strukturalizmi maktabining asosiy g’oyasi nimadan iborat?

Tilshunoslikdagi bu yo`nalish glossematikadeb ham ataladi. Kopengagen strukturalizmining asoschisi Lui Yelmslev (1899-1965) bo`lib, o`zi yaratgan maktabga 1936 yilda glossematika nomini berdi. Bu bilan olim tilga, til hodisalariga avvalgi tilshunosliktadqiqotchilardan farqli yangicha nuqtayi nazardan yondashayotganligini alohida qayd etadi.


Glossematiklarda til sinxron - hozirgi bir davrdagi sof munosabatlarning mavhum sistemasi sifatida beriladi. Bunda har bir konkret tilning o`ziga xosligi, xususiyatlari inkor qilinadi. Ular «tilshunos tilning real elementlari orasidagi o`zaro munosabatni emas, balki tildagi zamon va makon chegarasi bo`lmagan munosabatlar strukturasinigina tekshirishi lozim, degan universal tahlimotni yaratmoqchi bo`ladilar.
11) Strukturalizm nima? lot. structure — tuzilish, joylashish, tartib) u tilni belgilar sistemasi sifatida o'rganadi. Strukturalizm atamasi va tushunchasi dastlab golland faylasufi X.I.Boasning 1939 yilda nashr qilingan maqolasida tilga olingan bo‘lib, u tilni belgilar sistemasi sifatida o‘rganuvchi, tilshunoslikning asosiy komponentlari – fonetika, grammatika, leksika o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanish va munosabatlarni tekshiruvchi, tilning tuzilishi to‘g‘risidagi ta’limot hisoblanadi. Bu aslida Ferdinand de Sossyur tomonidan bildirilgan g‘oya asosida yuzaga kelgan lingvistik yo‘nalish bo‘lib, XX asrning 30- yillaridan struktural lingvistika maqomini oldi va Chexoslovakiya hamda Daniya olimlari tomonidan rivojlantirildi. Strukturalizm tilni faqat tarixiy tomondan va qiyoslab o‘rganishni cheklash, har bir tilni grammatik qurilishi va amal qilishi nuqtai nazaridan o‘rganishni ilgari suradi.

12) Kopengagen strukturalizmi yana qanday nom bilan ataladi? Tilshunoslikdagi bu yo`nalish glossematika deb ham ataladi.

13) Ferdinand de Sossyur belgining qanday xususiyatlarini ko‘rsatgan?

1.Til belgi – semiotik tizim: tilning tuzilishi pog‘onali,unda har bir belgi mavjud strukturaning ichki munosabatidir


2. Tilning asosiy birliklari - fonema va morfemalar, ular o‘rtasidagi paradigmatik va sintagmatik munosabatlar til birliklarining asosiy tuzilish shakllari hisoblanadi.
3. Tilni o‘rganishda diaxronik metodlarga qaraganda sinxronik tavsif metodlari afzalroqdir.
4. Til birligi tarkibini lingvistik tavsif qilishda lingvistik tadqiqotlar birinchi o‘rinda turadi.
14) Kopengagen strukturalizmi qachon va qayerda tashkil topgan?

Kopengagen strukturalizmi XX asrda - 30 yillarning boshlarida Daniyada tashkil topdi.


15) Amerika strukturalizm maktabi asoschisi kim?
Ushbu lingvistik maktab Amerikaning mashhur lingvisti va antropologi Frans Boas (1858-1942) ilmiy qarashlari asosida 1933-1957 yillarda AQShda vujudga keldi



Yüklə 18,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin