7-mavzu. Favqulotda vaziyatlarda aholini muhofaza inshootlari


Oddiy yashirinish joylari



Yüklə 334,61 Kb.
səhifə3/3
tarix08.02.2023
ölçüsü334,61 Kb.
#83442
1   2   3
mavzu-7

Oddiy yashirinish joylari.
Bular shunday qurilmalarki, ular odamlarni yorug`lik nurlanishidan himoya qilish bilan birga, ularga ta'sir etuvchi ionlashgan nurlanish va ommaviy qirg'in qurollarining eng vahimalisi bo'lgan yadro qurolining portlash zarbidan ham muhofaza qiladi. Ularga usti ochiq va yopiq yoriqlar, xandaqlar hamda yerto'lalar va tezda tayyorlanishi mumkin bo'lgan boshqa qurilmalar talluqlidir.
Oddiy turldagi yashirinish joylari ishonchli himoya jihatlariga ega bo'ladi. Masalan, ochiq yoriq (32-rasm) portlash to'lqini zarbi, yorug'lik nurlanish va ionlovchi nurlanish ta'sirini 1,5-2 marta, radiofaol moddalar bilan zararlangan joylarda ehtimoliy nurlanishni 2-3 barobar kamaytiradi. Usti yopilgan yoriqlar yorug'lik nurlanishidan to'la-to'kis ravishda, portlash to'lqinidan esa, 2-3 karra, ionlovchi nurlanish va radiatsiyaviy nurlanishdan 200-300 karra himoya qiladi. Ular, odam tanasining ochiq joylari va kiyimlarini radiofaol, kimyoviy zaharlovchi moddalar va baktyeriologik vositalar bilan ifloslanishidan saqlanish imqoniyatini beradi.Oddiy panagoh (yoriq).Yoriqlarni qurish maqsadida quriladigan joylar, mavjud imoratlar balandligiga hissa uzoqroq masofalarda, yerigan qor hamda yomg'ir suvlari bosib (to'lib) qolmaydigan yerlar tanlanadi.
Dastavval, yoriqlar usti ochiq bo'ladi. U ko'rinish jihatidan ilon izili xandaqni eslatadi. Uning ma'lum qismlari to'g'ri chiziqli yo'nalishda bo'lib, o`zunligi 15 metrgacha belgilanadi, chuqurligi 1,8-2 metr, pastki qismining eni 80 santimetr, yuqori qismining eni esa 110-120 santimetrni tashqil qiladi. Ular 10-15 ta (me'yorga ko'ra) dan 50 tagacha (eng ko'pi bilan) odamga mo'ljallanadi. Yoriqlarning o`zunligini aniqlashda kishi boshiga ajratiladigan uzunlik 50-60 sm ni hisobga olinadi.
26-jadval
Yarim susaytiruvchi qavat (Kos), sm





Zararlanish manbalari

Zichligi, g/sm,

Yarim susaytiruvchi qavat, sm

Gamma-nurlaridan

Gamma-bo'linishlaridan

1

Qor

0,4

50

_

2

Daraxt

0,7

15-30

10-15

3

Suv

1,0

14-20

3-6

4

Tuproq, yer

1,6

10-14

11-14

5

Beton

2,3

6-12

9-12

6

Bron (zirx)

7,8

2-3

5-12

7

Po'lat

7,8

2,8-3

5-12

8

Qo'rg'oshin

1 1,3

1,4-2

9-12

Yoriqlarni qurish, joylarga mos darajada keladigan reja asosida boshlanadi. Dastavval, asosiy yo'nalish belgilanadi va unga yoriqning umumiy o`zunligi tushiriladi. Chiziqlar egri joylarda yo'qolib ketmasligi uchun qoziqlar qoqilib, ular orasiga kanop tortiladi (trassirovka). Keyinchalik, asosiy yo'nalish bo'yicha, ikki tomonga tagi va yuqori qismlarining o'lchamlari belgilanadi. Belgilab olingan chiziqlar bo'yicha 5-7 sm chuqurlikda yer kavlanadi. Yoriqning ichini qazish uchun belgilangan chiziqdan ozgina ichkaridan ish boshlanadi. Qazish jarayoni chuqurlasha borgan sari, yoriq devorlari tekislanib, siyqalanadi va kerakli o'lchamlarga yetkaziladi. Keyinchalik yoriq devorlari taxtalar, sinchlar, qamish yoki boshqa mavjud narsalar bilan mustahkamlanadi. Shundan so'ng yoriqlar usti xodalar, shpallar yoki kichik o'lchamli temir-beton moslamalar (plita) bilan berkitiladi. Bu narsalar ustiga suv o'tqazmaydigan narsalar – to’l, ruber oid, xlorvinil choyshabi (plenka) yoki lo'mboz yotqiziladi. Yoriqlar tomining himoya koeffitsiyentni ko'tarish maqsadida, yana 50-60 sm qalinlikda tuproq yotqiziladi. Natijada, yoriq tomining qalinligi kamida 60-70 sm ni tashqil qiladi.
Yoriqlarga kiriladigan yo'l uning o`zunligiga nisbatan 90°ni, ya'ni to'g'ri burchakni tashqil qilishi kerak. Kirish yo'llari 1-2 bo'Iishi mumkin.
Berkinchoqlar 50 tadan ortiq odamni sig'dira olsa, u holda havoni yetkazib ber ish, almashtirish masalalari texnika (ventilyatorlar) ishtirokida amalga oshiriladi. Bunday berkinchoqlar imoratlarning yerto'la, poydevor va 1-qavatlarida joylashgan bo'lib, tinchlik davrida ehtiyoj nuqtayi nazaridan havoni texnik vositalar orqali berilishi toza havo bilan ta'minlash imqoniyati bo'lmagan hollarda kuzatiladi.
Sog'liqni saqlash muassasalariga mo'ljallangan radiatsiyaga qarshi berkinchoqlarda, ular qancha odamni qabul qila olishidan qat'iy nazar, xonalar havosini almashtirish jarayoni texnik vositalarini qo'llash orqali bajariladi. Yetkazib beriladigan havo me'yori, himoya yerto'lalaridagi kabi bo'ladi. Radiatsiyaga qarshi berkinchoqlarni isitish masalasi, umumiy isitish tizimi yoki mahaliy isitkichlar orqali amalga oshiriladi. Mahalliy isitkichlarga tanchaga o'xshash qurilmalar-kaminlar, usti himoyalangan elektr isitkichlari yoki xona ichiga qurilgan moslamalar kiradi.
Mazkur berkinchoqlarni suv bilan ta'minlash, umumiy suv quvurlari tizimi yoki artezian quduqlari orqali hal qilinadi. Umumiy suv berish tizimi bo'lmasa yoki biron sababga ko'ra ishlamay qolsa, u holda ichimlik suvini saqlovchi idishlar (baklar, usti yopiq chelaklar, bidonlar, xumlar, baklashkalar va boshqa idishlar) bilan ta'minlash va ularni saqlash uchun joylar ajratish lozim bo'ladi. Ichimlik suvining har bir yashirinib yotgan odam uchun miqdori - hajmi 1 kecha-kundo`z hisobidan 3-4 litr mo'ljallanadi.
Xojatxonalar najaslarni olib chiqib ketish imqoniyatini beradigan idishlar (parasha) bilan ta'minlanishi kerak yoki bo'lmasa, berkinchoqlarning ichida qazilgan o'ralar - holi joylardan foydalaniladi.
Radiatsiyaga qarshi berkinchoqlarni yoritish masalasi, tashqi elektr tizimi orqali yechiladi. Mabodo, bunday imqoniyat bo'lmasa, akkumulyator yoki velo (oyoq kuchi bilan ishlaydigan) genyer atorlar qo'llaniladi.
Rahbariyat joylashgan radiatsiyaga qarshi berkinchoqlarda, telefon vazifasini o'taydigan barcha moslamalar va zamonaviy telefonlar (uyali, selektor) o'rnatiladi, qolgan berkinchoqlarda esa radiolar o'rnatiladi. Hozirgi paytda ko'pchilikda shaxsiy uyali telefonlar bo'lgani bois, radiolar o'rnida, ayniqsa, uning yo'g'ida, uyali telefonlardan foydalanish man etilmaydi.
Radiatsiyaga qarshi berkinchoqlarning himoyaviy jihatlari, ular tomonidan ortiqcha bosimni qaytarish va himoya koeefitsiyenti bilan belgilanadi. Himoya koeffitsiyenti deganda, ularga tomon yo'nalgan ionlovchi nurlanish va neytron oqimini necha marta susaytira olishi, odamlarni ionlovchi nurlanish dozasini qanchaga pasaytira olishi tushuniladi.
Yoriqlarni qurish maqsadida quriladigan joylar, mavjud imoratlar balandligiga 2 xissa o`zoqroq masofalarda, yerigan qor hamda yomg'ir suvlari bosib (to'lib) qolmaydigan yerlar tanlanadi.
Dastavval, yoriqlar usti ochiq bo'ladi. U ko'rinish jihatidan ilon izili xandaqni eslatadi. Uning ma'lum qismlari to'g'ri chiziqli yo'nalishda bo'lib, o`zunligi 15 metrgacha belgilanadi, chuqurligi 1,8-2 metr, pastki qjsmini eni 80 santimetr, yuqori qismining eni esa 110-120 santimetrni tashqi qiladi. Ular 10-15 ta (me'yorga ko'ra) dan to 50 tagacha (eng ko'pi bilan) odamga mo'ljallanadi. Yoriqlarning o`zunligini aniqlashda kishi boshiga ajratiladigan o`zunlik 50-60 sm ni hisobga olinadi.
Yoriqlarni qurish, joylarga mos darajada keladigan reja asosida boshlanadi. Dastavval, asosiy yo'nalish belgilanadi va unga yoriqning umumiy o`zunligi tushiriladi. Chiziqlar egri joylarda yo'qolib ketmasligi uchun qoziqlar qoqilib, ular orasiga kanop tortiladi (trassirovka). Keyinchalik, asosiy yo'nalish bo'yicha, ikki tomonga tagi va yuqori qismlarining o'lchamlari belgilanadi. Belgilab olingan chiziqlar bo'yicha 5-7 sm chuqurlikda yer kavlanadi. Yoriqning ichini qazish uchun belgilangan chiziqdan ozgina ichkaridan ish boshlanadi. Qazish jarayoni chuqurlasha borgan sari, yoriq devorlari tekislanib, siyqalanadi va kerakli o'lchamlarga yetkaziladi. Keyinchalik yoriq devorlari taxtalar, sinchlar, qamish yoki boshqa mavjud narsalar bilan mustahkamlanadi. Shundan so'ng yoriqlar usti xodalar, shpallar yoki kichik o'lchamli temir-beton moslamalar (plita) bilan berkitiladi. Bu narsalar ustiga suv o'tqazmaydigan narsalar - tol, ruber oid, xlorvinil choyshabi (plenka) yoki lo'mboz yotqiziladi. Yoriqlar tomining himoyaviy koeefitsiyentni ko'tarish maqsadida, yana 50-60 sm qalinlikda tuproq yotqiziladi. Natijada, yoriq tomining qalinligi kamida 60-70 sm ni tashqil qiladi.
Yoriqlarga kiriladigan yo'l uning o`zunligiga nisbatan 90°ni, ya'ni to'g'ri burchakni tashqil qilishi kerak. Kirish yo'llari 1-2 bo'Iishi mumkin.
Yüklə 334,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin