7-mavzu. Favqulotda vaziyatlarda aholini muhofaza inshootlari


Radiatsiyaga qarshi yashirinish joylari



Yüklə 334,61 Kb.
səhifə2/3
tarix08.02.2023
ölçüsü334,61 Kb.
#83442
1   2   3
mavzu-7

Radiatsiyaga qarshi yashirinish joylari
Radiatsiyaga qarshi yashirinish joylari maqsad jihatidan maxsus turlarga kiradi. Bunday yashirinish joylari, hududlar radiofaol moddalar bilan zararlangan hollarda, odamlarni shikast yetkazuvchi ionlovchi nurlanish (shu qatorda neytron oqimlaridan ham), yorug'lik nurlanishidan va qisman portlash to'lqini zarbidan hamda odamlar tanasining ochiq joyidagi terisi va kiyimlarini radiofaol moddalar, kimyoviy zaharlovchi moddalar hamda baktyerial vositalardan himoya qiladi.
Radiatsiyaga qarshi yashirinish joylari dastavval imoratlar va inshootlarning yerto'la qavatlarida tashqil etiladi.
Bunday yashirinish joylari tinchlik davrida quriladi. Ammo, dushman hujumi ehtimoli kelib chiqsa, tezkorlik bilan qurilishi mumkin bo'lgan xillari barpo etiladi.
Radiatsiyaga qarshi yashirinish joylari uchun chuqurlikda bo'lgan barcha xonalar: yerto'lalar, o'ral, savbazotomborxonalari, yerostida qazilgan joylar, g'orlar hamda yer yuzidagi talablarga javob beradigan darajaga ega bo'lgan xomashyolardan qurilgan devorli binolar moslashtiriladi.
Radiatsiyaga qarshi mo'ljallangan yashirinish joylari himoyaviy xususiyatlarini ko'tarish maqsadida, derazalar va ortiqcha eshik o'rinlari devor bilan berkitiladi, torn usti va devor atroflariga tuproq uyumlarini tashkil qilinadi. Xonalarning zichligini ta'minlash uchun barcha tirqishlar, yoriqlar, devorlar va shipdagi tuynuklar, deraza va eshik kesaqilari, issiq va sovuq suv quvurlari o'tgan devor qismlari (teshiklari) yaxshilab sementli qorishma bilan suvaladi.
Radiatsiyaviy ta'sirga qarshi qurilgan yoki ayni maqsad yo'lida moslashtirilgan xonalar, shu yerda yashirinib yotgan odamlarni joylashtirish va dam olishlari uchun xonalarning balandligini inobatga olgan holda 1,2,3 qavatli to’kchalar (taxmonlar ko'zda tutiladi). Bu xonalarda tabiiy usul va texnik moslamalarni ishlatib, havoni harakatga keltirish usullarini qo'llab, havo yetkazilib beriladi.

. Yerto'la (panagohlik) maslangan).


30-50 tacha odamlarni yashira olishi mumkin bo'lgan berkinchoqlarda maktablar, litseylar, kollejlar va binolarning 1-qavati hamda yerto'lalar havoni yetkazib berish uchun tabiiy usuldan, ya'ni havo kirish va chiqish tuynuklari yordamida, qo'shimcha harakatlarsiz, xonadagi dimiqib ketgan havo almashtiriladi. Havo chiqishi uchun mo'ljallangan tuynuklar, havo kirib keladigan tuynuklarga nisbatan 1,5-2 metr baland bo'lishi nazarda tutiladi. Texnikani qo'llab, xonalarni shamollatib turish uchun tashqariga qaragan tuynuklar usti ayvon ko'rinishiga keltiriladi, ya'ni uning ustiga tomcha qilinadi; xonaga kirish tuynuklariga, radiofaol yog'in ro'y bergan hollarda, xonalarga ushbu moddalar kirib ketmasligi maqsadida, to'siq (zaslon) bilan ta'minlanadi. Ahvol mushqo`llashganida, havoning kirish tuynugi ushbu to'siq bilan berkitib qo'yiladi. Radiatsiyaga qarshi mo'ljallangan berkinchoqlar ichining jihozlanishi himoya yerto'lalariniki kabi bo'ladi.
Yashirinish joylari 50 tadan ortiq odamni sig'dira olsa, u holda havoni yetkazib berish, almashtirish masalalari texnika (ventilyatorlar) ishtirokida amalga oshiriladi. Bunday berkinchoqlar imoratlarning yerto'la, poydevor va 1- qavatlarida joylashgan bo'lib, tinchlik davrida ehtiyoj nuqtayi nazaridan havoni texnik vositalar orqali berilishi toza havo bilan ta'minlash imqoniyati bo'lmagan hollarda kuzatiladi.
Sog'liqni saqlash muassasalariga mo'ljallangan radiatsiyaga qarshi berkinchoqlarda, ular qancha odamni qabul qila olishidan qat'iy nazar, xonalar havosini almashtirish jarayoni texnik vositalarini qo'llash orqali bajariladi. Yetkazib beriladigan havo me'yori, himoya yer to'lalaridagi kabi bo'ladi. Radiatsiyaga qarshi yashirinish joylari isitish masalasi, umumiy isitish tizimi yoki mahaliy isitkichlar orqali amalga oshiriladi. Mahalliy isitkichlarga tanchaga o'xshash qurilmalar - kaminlar, usti himoyalangan elektr isitkichlari yoki xona ichiga qurilgan moslamalar kiradi.
Mazkur yashirinish joylarini suv bilan ta'minlash, umumiy suv quvurlari tizimi yoki artezian quduqlari orqali hal qilinadi. Umumiy suv berish tizimi bo'lmasa yoki biron sababga ko'ra ishlamay qolsa, u holda ichimlik suvini saqlovchi idishlar (baklar, usti yopiq chelaklar, bidonlar, xumlar, baklashkalar va boshqa idishlar) bilan ta'minlash va ularni saqlash uchun joylar ajratish lozim bo'ladi. Ichimlik suvining har bir yashirinib yotgan odam uchun miqdori - hajmi 1 kecha-kunduz hisobidan 3-4 litr mo'ljallanadi.Xojatxonalar najaslarni olib chiqib ketish imqoniyatini beradigan idishlar (parasha) bilan ta'minlanishi kerak yoki bo'lmasa, berkinchoqlarning ichida qazilgan o'ralar - holi joylardan foydalaniladi.
Radiatsiyaga qarshi berkinchoqlarni yoritish masalasi, tashqi elektr tizimi orqali yechiladi. Mabodo, bunday imqoniyat bo'lmasa, akkumulyator yoki velo (oyoq kuchi bilan ishlaydigan) genyeratorlar qo'llaniladi.
Rahbariyat joylashgan radiatsiyaga qarshi berkinchoqlarda, telefon vazifasini o'taydigan barcha moslamalar va zamonaviy telefonlar (uyali, selektor) o'rnatiladi, qolgan berkinchoqlarda esa radiolar o'rnatiladi. Hozirgi paytda ko'pchilikda shaxsiy uyali telefonlar bo'lgani bois, radiolar o'rnida, ayniqsa, uning yo'g'ida, uyali telefonlardan foydalanish man etilmaydi.
Radiatsiyaga qarshi berkinchoqlarning himoyaviy jihatlari, ular tomonidan ortiqcha bosimni qaytarish va himoya koeffitsiyenti bilan belgilanadi. Himoya koeffitsiyenti deganda, ularga tomon yo'nalgan ionlovchi nurlanish va neytron oqimini necha marta susaytira olishi, odamlarni ionlovchi nurlanish dozasini qanchaga pasaytira olishi tushuniladi.

Yüklə 334,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin