7-mavzu. Avtotransport korxonalarida moliyaviy natijalar koʻrsatkichlarining hisobi va ularni moliyaviy hisobotda aks ettirishning xususiyatlari



Yüklə 85,47 Kb.
səhifə4/10
tarix18.04.2023
ölçüsü85,47 Kb.
#99723
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
7-mavzu matni 8 sem

Daromad (foyda) soligʻiga tortiladigan foyda (zarar) koʻrsatkichi soliq toʻlagunga qadar boʻlgan foyda (zarar) summasiga «Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish toʻgʻrisida nizom»ning 1-ilovasida keltirilgan doimiy farqlar va begʻaraz olingan mulk summalarini qoʻshish, shuningdek ushbu nizomning 2-ilovasida keltirilgan vaqtinchalik farqlar, olingan dividendlar hamda daromad (foyda) soligʻi boʻyicha soliq qonunchiligida koʻzda tutilgan imtiyozlar summalarini chegirish yoʻli bilan topiladi.


Avtotransport korxonalarida sof foyda va uni ishlatilishining hisobi.

Avtotransport korxonalarining hisobot davr (chorak, yil)dagi sof foydasi (qoplanmagan zarari) ularning tashkiliy-huquqiy maqomiga koʻra turlicha aniqlanadi. Chunonchi, umumdavlat soliqlarini toʻlovchi avtotransport korxonalarida sof foyda (qoplanmagan zarar) soliq toʻlagunga qadar boʻlgan foyda (zarar) summasidan hisoblangan daromad (foyda) soligʻi hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infrastrukturani rivojlantirish soligʻi summasini ayirish orqali topiladi. Aylanmadan olinadigan soliq toʻlovida ishlovchi avtotransport korxonalarining sof foydasi ularning soliq toʻlagunga qadar boʻlgan foyda (zarar) summasidan hisoblangan aylanmadan olinadigan soliq summasini ayirish orqali topiladi.


Avtotransport korxonalarining sof foydasi (zarari) 9910 «Yakuniy moliyaviy natija» schyotida barcha daromad va xarajatlar, daromaddan undiriladigan soliqlar toʻliq aks ettirib boʻlingach, uning yopilishiga qadar kredit hamda debet oboroti summalari oʻrtasidagi farqdan iborat boʻladi. Ushbu schyotning yopilishiga qadar boʻlgan kredit oborot summasining debet oborot summasidan katta boʻlishi transport korxonasida sof foydaga erishilganlikni, uning debet oborot summasining kredit oborot summasidan katta boʻlishi esa transport korxonasining hisobot davrni zarar bilan yakunlaganligini bildiradi. Erishilgan sof foyda buxgalteriya hisobida quyidagi yozuv bilan aks ettiriladi:

Yüklə 85,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin