6-sinf tarix 1-mavzu: qadimgi dunyo tarixi bugungi kunda olimlar insoniyat tarixini



Yüklə 28,61 Kb.
səhifə3/3
tarix15.04.2023
ölçüsü28,61 Kb.
#98530
1   2   3
6 sinf 1-dars

ENEOLIT davri (miloddan 4-3 ming yil avval)
- inson ilk metal misdan foydalandi
- mis-tosh davri 3 mingyillik o‘rtalariga qadar davom etgan
- neolit davridagi oddiy paxsa imoratlar o‘rnini, xom g‘ishtdan qurilgan ko‘p xonali uylar egalladi
- O‘rta Osiyo janubida sug‘orma dehqonchillik vujudga keldi
- neolit davrida kulolchilik kashf etilgan bo‘lsa, bu davrda kulolchilik xumdonlaridan foydalanish va yasalgan sopol idishlarga turli suratlar chizish boshlandi.

BRONZA davri (miloddan 3 yarim – 1 ming yil avval)
- odamlar misni qalayi,qo‘rg‘oshin bilan birga qo‘shib bronzani xosil qilishdi
- ziroatchilik,chorvachilik va hunarmandchilikni rivoji natijasida ijtimoiy tuzum matriarxatdan patriarxatga o‘zgardi.
- 3 mingyillikdan patriarxat davri boshlandi.
- manzilgohlari :
- Zarafshon daryosi havzasidagi Zamonbobo yodgorligi.(bugungi Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida joylashgan bo‘lib qadimgi chorvador va dehqonlar manzilgohi. M.avv 3 mingyillik oxiri va 2 mingyillik boshlarida barpo etilgan).
- bugungi Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi Jarqo‘ton manzilgohi. Ilk shaxar ko‘rinishidagi xarobalar topilgan.Bu erda shuningdek dastlabki ibodatxona qoldiqlarini ko‘rish mumkin.
- Sopolitepa yodgorligi (Surhondaryo viloyati Muzrobod tumani).Bu manzilgohdan g‘allani saqlash uchun ishlatilgan juda ko‘p katta-katta sopol xumlar topilgan.Manzilgoh nomi ham shundan kelib chiqgan.
- bronza davri manzilgohlari bundan tashqari Xorazm viloyatidan ham topilgan
- odamlar bu davrda jamiki aylanuvchi buyumlarni, jumladan kulolchilik charxi va g‘ildirakni kashf qildilar.
TEMIR davri (miloddan 1-ming yil avval boshlangan)
- dastlab bu metaldan Kichik Osiyodagi xettlar foydalanishgan – m.avv XIV-XIII asrlarda
- keyinchalik bu metall Eron, Kavkazorti va Mesopatamiyaga yoyilgan
- temirni qazib olish, eritish va unga ishlov berish qiyinligi bois undan dastlab taqinchoqlar yasashda foydalanishgan.
- temirdan ishlangan taqinchoqlar va turli buyumlar Misr fir’avni Tutanxamon maqbarasidan va Kavkazdagi Maykop qo‘rg‘onidan topilgan.
- O‘rta Osiyoga temir m.avv IX-VIII asrlarda kirib keldi
- temirning kirib kelishi O‘rta Osiyoda m.avv IX-VIII asrlarda ilk davlat tuzilmalarining shakillanishiga sabab bo‘ldi
- m.avv 1 mingyillik boshlarida O‘rta Osiyo aholisi 4 ta tabaqaga ajralgan.Bular:
ruhoniylar, jangchilar,dehqonlar va hunarmandlar
-“Avesto”da jamiyat quydagicha tariflanadi:


1. NMANA – katta patriarxal oila;


2. VIS – urug’ jamoasi;


3. VARZANA – hududiy qo’shnichilik jamoasi;


4. ZANTU – qabila;

5. DAX’YU – qabilalar ittifoqi (ya’ni davlat)




Yüklə 28,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin