164.Buxoriy ,,Men sendan ko’rgan foyda sen mendan ko’rgan foydadan ortiqroq’’deya hurmat bildirgan inson kim edi? at-Termiziy
165.Shamsuddin az-Zahabiyning qaysi asarida ,,at-Termiziy o’z ustozining vafoti tufayli qattiq qayg’uga botib kop yig’laganidan hatto ko’zlari ko’r bo’lib qolib’uzoq yillar ko’zi ojiz holda yashadi’’ deya yozgan? ,,Tazkirat ul-Hufoz’’ asarida
166.al-Buxoriy ,,Men ilmni xor qilib, uni hokimlar eshigi oldiga olib bormayman,kimga ilm kerak bo’lsa,o’zi izlasin…’’ degan javobni kimga aytadi? Buxoro amiri Xolid ibn Ahmad az-Zuhaliyga
167.Buxoriy necha yoshida vafot etadi? 60 yoshida
168.Payg’ambarimizni ko’rgan va u kishi bilan suhbatda bo’lgan kishilar qanday atalgan? Sahobalar
169.Hadisning matn qismi deganda nima nazarda tutiladi? Hadisning mazmuni
170.Imom Buxoriy,,Al- jome as-sahih’’kitobi ustida necha yil ishlagan? 16-yil
171.Imom Buxoriyning ,,Al-jome as-sahih’’ kitobiga nechta hadis kiritilgan? 7397 ta
172.Qaysi muhaddis olim ,,muhaddislar imomi’’ , ,,muhaddislar sultoni’’ unvonini olgan? Imom al-Buxoriy
173.Onayi zorim uchun bo’ynimni eggan tevaman, Tevaga mingan onam horsalar ham men charchamam. Ushbu bayt qaysi hadisdan olingan? Ota-ona haqini ado qilish haqida
174 ,,Al-jome’ as-sahih’’asari yana qaysi nom bilan mashhur? ,,Sahih aj-Buxoriy’’
175.Oybek qachon va qayerda tug’ilgan ? 1905-yil 10-yanvarda Toshkentning Govkush mahallasida
176.Oybekni adabiyotga mehr qo’yishiga kim sababchi bo’ldi? Onasi Shahodatbonu
177.,,Namuna’’ nomli boshlang’ich maktabda kim tahsil olgan? Oybek
178. Oybekning umr yoldoshi kim edi? Zarifa Saidnosirova
179.Oybek 30-yillarda qanday dostonlar yaratdi? ,,Dilbar davr qizi’’, ,,O’ch’’ , ,,Baxtigul va Sog’indiq’’ , ,,Navoiy’’